Parlament tadqiqotlari institutida tadqiqotchilarning takliflari muhokama qilindi






Joriy yilning 13-iyun kuni Parlament tadqiqotlari institutida Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchilarining takliflari muhokamasi tashkil etildi.
Tadqiqotchilar tomonidan jinoyat protsessida dalillarning maqbulligi va ishonchliligini ta’minlash masalalari, ekstremistik xususiyatdagi jinoyatlarni oldini olishning kriminologik jihatlari, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etishni takomillashtirish kabi masalalarga oid takliflar muhokama qilindi.
Tadqiqotchilar tomonidan mamlakatimizda sohaning amaldagi holati, mavjud muammolar, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi, xalqaro standartlar, shuningdek, sohani rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokama yakunida mustaqil izlanuvchilarga takliflarni shakllantirishda, ilmiy tadqiqotni samarali, puxta amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.





















