Vyetnam Milliy majlisi normativ-huquqiy hujjatlar töğrisidagi qonunni yangi tahrirda qabul qildi

2026-yil 20-noyabrda Vyetnam Milliy majlisi “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunni qabul qildi. Qonun 2027-yil 1-martdan kuçga kiradi. Unda “huquq normasi” tuşunçasiga ta’rif berildi va normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuçiga köra örni belgilandi. Dastlab bekor qiliş taklif etilgan beş turdagi hujjat, jumladan, Milliy majlis, uning Doimiy qömitasi va Hukumat qarorlari saqlab qolindi.
Qonun loyihasini tayyorlaşdan oldin unda nazarda tutilayotgan yeçimlarni baholaş tartibi özgardi. Sakkizta vazirlik va idora 15 kun içida öz vakolatiga kiruvçi masalalar böyiça yozma xulosa beradi. Masalan, Moliya vazirligi taklifni amalga oşiriş uçun mablağ manbalarini, Taşqi işlar vazirligi uning xalqaro şartnomalarga muvofiqligini, Adliya vazirligi esa Konstitutsiya va qonunlarga mosligini baholaydi. Har bir idora öz xulosasining sifati uçun javob beradi. Hukumat tayyor qonun loyihasini Milliy majlisga kiritişdan oldin Adliya vazirligi uni huquqiy ekspertizadan ötkazadi.
Milliy majlis yiğila olmaydigan va keçiktirib bölmaydigan hollarda uning Doimiy qömitasi yoki Hukumat qonun yoxud parlament qarorining ayrim qoidalarini vaqtinça özgartiriş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin. Hukumat bunday qarorni Doimiy qömitaning roziligi bilan qabul qiladi. Qarorda qaysi qoidalar özgarişi va ular kimlarga tatbiq etilişi aniq körsatiladi. Şoşilinç tartibda ham huquqiy ekspertiza va parlament qömitasida körib çiqiş bosqiçlari saqlanadi. Qaror köpi bilan bir yil amal qiladi. Tegişli özgartirişlar Milliy majlisning eng yaqin sessiyasiga kiritiladi. Parlament ularni ma’qullamasa, vaqtinçalik qaror öz kuçini yöqotadi.
Özbekiston uçun dolzarbligi
Özbekistonning “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonuni 30-moddasiga köra, manfaatdor idoralar qonun loyihasini, qoida tariqasida, yetti iş kuni içida kelişadi. 31-moddaga muvofiq, bu muddat buzilsa, idora rahbari şaxsan javob beradi. Vyetnam tajribasi asosida Özbekistonda ham qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlaş bosqiçida qaysi idora qaysi masala böyiça asoslantirilgan yozma xulosa berişi va uning sifati uçun javobgarligini aniq belgilaş mumkin.
Şuningdek, fuqarolar yoki tadbirkorlarga yangi majburiyat yuklaş zaruratini birinçi öqişda baholaş maqsadga muvofiq. Vyetnamda Adliya vazirligi taklif etilayotgan ma’muriy tartib-taomilning zarurligini baholaydi. Özbekistonda PF–111-son Farmon ham muqobil yeçimlarni baholaşni nazarda tutadi. Masalan, yangi ruxsatnoma joriy etiş taklif qilinsa, mas’ul qömita öz xulosasida u qaysi xavfning oldini olişini, xabardor qiliş tartibi nega yetarli emasligini va ruxsatnoma oliş tadbirkorga qança vaqt va mablağga tuşişini körsatişi lozim.




















