Ortga qaytish Chop etish

Мa’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy tartibda foydalangan shaxs tortilishiga oid norma qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi

Majlisda qonun loyihasidagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy tartibda foydalangan shaxs tortilishiga oid norma qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mas’ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilish taklif etildi. Ammo deputatlar tomonidan ushbu normaga doir turli fikrlar bildirilib, korrupsiya holatlari kelib chiqishi mumkinligi qayd etildi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi ovozga qo‘yildi va yetarli ovoz to‘plamaganligi tufayli rad etildi.