Ortga qaytish Chop etish

Estoniyada jamoat kutubxonalari faoliyatini taşkil etiş tizimi isloh qilinmoqda

Estoniyada jamoat kutubxonalari faoliyatini taşkil etiş tizimi isloh qilinmoqda

Joriy yilning 18-noyabr kuni Estoniya parlamenti – Riygikogu hukumat taşabbusi bilan işlab çiqilgan “Jamoat kutubxonalari töğrisida”gi qonun loyihasini ma’qulladi. Mazkur qonun jamoat kutubxonalari tarmoğini boşqariş va ular faoliyatini taşkil etiş tizimini isloh qilişga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, har bir munitsipalitet hududidagi barça jamoat kutubxonalari yagona boşqaruv tizimiga birlaştiriladi. Şuningdek, ular faoliyatini muvofiqlaştiriş va axborot almaşinuvini ta’minlaş maqsadida umummilliy kutubxona ma’lumotlar bazasi joriy etiladi. Amaldagi uçta alohida axborot tizimi örniga yagona ma’lumotlar bazasini şakllantiriş nazarda tutilgan. Unga jamoat kutubxonalari bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot, ixtisoslaştirilgan va maktab kutubxonalari ham ixtiyoriy ravişda ulanişi mumkin.

Kutubxonalarni boşqariş va muvofiqlaştirişning yangi tartibi

Islohot doirasida Estoniya Milliy kutubxonasiga jamoat kutubxonalari sohasidagi umummilliy vazifalarni amalga oşiriş vakolatlari beriladi. Ilgari mazkur vazifalar 15 ta hududiy kutubxona tomonidan muvofiqlaştirilgan bölsa, yangi tartibga köra, barça munitsipal jamoat kutubxonalari Milliy kutubxonaning teng huquqli hamkorlariga aylanadi.

Bunda kutubxonalar tarmoğini taşkil etiş mahalliy özini özi boşqariş organlari vakolatida saqlab qolinadi. Biroq tarmoqni şakllantirişda aholi soni, ziçligi va tarkibi, şuningdek, hududiy ehtiyojlar asosiy mezonlar sifatida belgilanadi.

Milliy kutubxona zimmasiga milliy xizmatlarni yaratiş, boşqariş va rivojlantiriş, hisobotlarni yiğiş va tahlil qiliş, sohaviy maslahatlar beriş, xodimlar malakasini oşirişni muvofiqlaştiriş hamda naşrlarni markazlaşgan tartibda xarid qiliş vazifalari yuklatiladi. Şu bilan birga, har bir jamoat kutubxonasi öz fondi uçun naşrlarni mustaqil tanlaş huquqini saqlab qoladi.

Kutubxona xodimlariga qöyiladigan malaka talablari

Qonun bilan kutubxonaçilarning kasbiy malakasiga doir talablar ham belgilandi. Unga köra, kutubxonaçi, qoida tariqasida, oliy kasbiy ma’lumotga ega bölişi lozim. Bunday ma’lumot mavjud bölmagan taqdirda, boşqa oliy ma’lumot va kutubxonaçi kasbiga ega böliş talab etiladi.

Şu bilan birga, mahalliy hokimiyat organlariga xodimning avvalgi iş tajribasi va mehnat faoliyati davomida orttirgan kompetensiyalarini ham inobatga oliş imkoniyati beriladi. Bu yetarli tajribaga ega, biroq belgilangan kasbiy malaka talablariga töliq javob bermaydigan, zarur ta’lim yoki kasbiy tayyorgarlikni egallaşga tayyor mutaxassislarni işga qabul qiliş imkonini beradi.

Bundan taşqari, parlament tomonidan kutubxona foydalanuvçilari ma’lumotlarini tekşiriş tartibini soddalaştiriş va kutubxona ma’lumotlar bazalaridan foydalaniş qoidalarini aniqlaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritildi. Islohotni amalga oşirişga tayyorgarlik köriş maqsadida qonun normalarining kuçga kiriş muddatlari ham keçiktirildi.

Qonunning qabul qilinişi

Qonun loyihasi yuzasidan parlamentda turli siyosiy partiyalar vakillari fikr bildirdilar. Ovoz beriş natijalariga köra, 52 nafar deputat qonunni yoqlab, 19 nafari qarşi ovoz berdi, 1 nafar deputat esa betaraf qoldi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Estoniya tajribasi Özbekistonda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillaştiriş, ular örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş va xizmatlar sifatini oşiriş nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.

Xususan, jamoat kutubxonalarini yagona elektron ma’lumotlar bazasiga birlaştiriş, naşrlarni xarid qiliş jarayonlarini markazlaştiriş bilan birga kutubxonalarning öz fondlarini mustaqil şakllantiriş huquqini saqlab qoliş, şuningdek, xodimlarning kasbiy malakasini baholaşda iş tajribasi va amaldagi kompetensiyalarini inobatga oliş kabi yondaşuvlarni milliy qonunçilikni takomillaştirişda örganiş mumkin.

Bunday mexanizmlarni joriy etiş axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida boşqaruv samaradorligini oşiriş, resurslardan oqilona foydalaniş va aholi uçun kutubxona xizmatlarining hududiy jihatdan qulayligini ta’minlaşga xizmat qilişi mumkin.