Ortga qaytish Chop etish

Qozoğistonda ilk bor AI-Quryltai sun’iy intellekt platformasi yordamida qonun loyihasi işlab çiqildi

Qozoğistonda ilk bor AI-Quryltai sun’iy intellekt platformasi yordamida qonun loyihasi işlab çiqildi

«Bolalarning raqamli va axborot xavfsizligi töğrisida»gi yangi qonun loyihasi huquqiy tahlil qiliş qobiliyatiga ega sun’iy intellekt modeli örnatilgan AI-Quryltai intellektual platformasi yordamida işlab çiqilgan ilk qonun loyihasi böldi. Bu haqda Qurultoy vitse-spikeri Dinara Zakiyeva Hukumat soati davomida ma’lum qildi.

Mazkur platforma yordamida bolalarning raqamli va axborot muhitidagi xavfsizligining bugungi holati kompleks tahlil qilinib, natijalari qonun loyihasini işlab çiqayotgan deputatlarga taqdim etildi. Tahlil asosini katta hajmdagi ma’lumotlar, fuqarolar murojaatlari, ota-onalar, ekspertlar va jamoatçilik vakillari tomonidan kötarilgan muammolar, şuningdek, mavjud xavf-xatarlarni baholaş hamda xalqaro tajribani örganiş natijalari taşkil etdi.

Bundan taşqari, 800 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni öz içiga olgan ma’lumotlar bazasiga asoslangan AI-Quryltai platformasining maxsus öqitilgan huquqiy modeli ilk bor bevosita qonun loyihasi matnini şakllantiriş jarayonida qöllanildi. Bu qonunçilikka kiritilayotgan özgartirişlarning qamrovi va töliqligini oşiriş, şuningdek, huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etiş imkonini berdi.

Dinara Zakiyeva bu borada quyidagilarni ta’kidladi:

“Masalan, platforma yordamida yangi tahdidlar va raqamli texnologiyalarning rivojlanişi hisobga olingan holda, bolalarni raqamli va axborot muhitida himoya qilişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar işlab çiqildi.

Uşbu çora-tadbirlar barça platformalarda “ota-ona nazorati” mexanizmini joriy etişni nazarda tutadi. Ya’ni bolalar uçun kontentni filtrlaş tizimi joriy etiladi. Natijada tegişli markirovkadan va tekşiruvdan ötmagan barça raqamli va axborot mahsulotlari, ilovalar hamda öyinlar bolalar uçun foydalanişga taqdim etilmaydi.

Şuningdek, platformalar zimmasiga barça raqamli mahsulotlar, jumladan, ilovalar va öyinlarni markirovkalaş, ularni tekşiruvdan ötkaziş, şuningdek, tahdidlar va qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bloklaş böyiça talablar belgilaş taklif etilmoqda.

Jami 120 dan ortiq tuzatişlar işlab çiqildi”.

Şu bilan birga, qonun loyihasini tayyorlaş jarayonida AI-Quryltai platformasi yordamida şakllantirilgan barça takliflar taklif etilgan huquqşunoslar, axborot va raqamli xavfsizlik sohalari ekspertlari iştirokida loyihani işlab çiqayotgan deputatlar tomonidan tekşirilib, qöşimça ravişda takomillaştirildi.

Hozirgi vaqtda qonun loyihasi Hukumat xulosasini oliş uçun yuborilmoqda. Uni yanada takomillaştiriş işlari Qurultoydagi işçi guruh doirasida davom ettiriladi.

Umuman olganda, davlat rahbarining topşiriğiga asosan joriy yil boşida qabul qilingan “Qozoğiston bolalari” konsepsiyasi vazifalarini amalga oşiriş doirasida Qurultoy deputatlari tomonidan uçta qonun loyihasi işlab çiqildi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Sönggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanişi davlat boşqaruvi va qonun ijodkorligi jarayonlarini raqamli transformatsiya qilişning muhim yönalişlaridan biriga aylandi. Xususan, sun’iy intellektdan foydalaniş davlat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, normativ-huquqiy hujjatlar sifatini yaxşilaş, huquqiy tahlil va ekspertiza jarayonlarini takomillaştiriş uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Özbekiston Respublikasida ham mazkur yönalişni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Özbekiston — 2030” strategiyasida raqamli texnologiyalarni davlat boşqaruviga keng joriy etiş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Şuningdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2026-yil 13-apreldagi 1941-V-son qarori bilan parlament faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça 2026–2029-yillarga möljallangan çora-tadbirlar belgilangan. Unda qonun ijodkorligi, parlament nazorati va saylovçilar bilan işlaş jarayonlarida SI imkoniyatlaridan foydalaniş nazarda tutilgan.

Qonun ijodkorligida sun’iy intellektni qöllaş qonun loyihalarini intellektual tahlil qiliş, huquqiy böşliqlar va ziddiyatlarni aniqlaş, xorijiy qonunçilik tajribasini örganiş, huquqiy ekspertiza sifatini oşiriş hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ehtimoliy ta’sirini baholaş imkonini beradi. Biroq bunday texnologiyalardan foydalaniş algoritmik şaffoflik, ma’lumotlar xavfsizligi, inson nazorati va yuridik javobgarlikni ta’minlaşning huquqiy mexanizmlarini ham işlab çiqişni taqozo etadi.

Xorijiy mamlakatlar, xususan, Qozoğistonning AI-Quryltai platformasi tajribasi qonun ijodkorligi jarayonida intellektual texnologiyalardan foydalanişning amaliy imkoniyatlarini namoyon etmoqda.

Şu munosabat bilan, Özbekistonda qonun ijodkorligi jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş, ulardan foydalaniş çegaralari va prinsiplarini belgilaş, inson nazorati hamda algoritmik hisobdorlik mexanizmlarini şakllantiriş muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur holat uşbu yönalişda kompleks ilmiy tadqiqotlar olib boriş, milliy qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqiş zaruratini belgilaydi.