MUNOSABAT

Saida MAXMATQULOVA
Doktarant
Davlatimiz rahbarining Iordaniyaga taşrifi çoğida suyukli nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubini yoş tadqiqotçi sifatida bir neça bor qayta öqidim. Unda mehribon boboning ögitlari bilan birga ilm-fanga yuksak ehtirom, bilimni millat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvçi kuçi deb biliş falsafasi mujassam. Ayniqsa, “Ilm-fan yangiliklarini sinçkovlik bilan kuzatib, ularning mohiyatini anglaşga harakat qil!” degan da’vat ilm yöliga qadam qöygan har bir izlanuvçi uçun dasturilamaldir.
Maktubda tilga olingan buyuk ajdodlarimiz biz uçun faqat faxr manbai emas, balki ilmiy metodning tirik maktabidir. Abu Rayhon Beruniy tog‘ balandligini kuzatiş va trigonometrik hisob-kitob orqali yer radiusini aniqlagan, uning natijasi zamonaviy qiymatdan bor-yöği bir foizça farq qiladi. Mirzo Uluğbek Samarqand rasadxonasida yillar davomida olib borilgan kuzatuvlar asosida 1018 yulduzdan iborat katalog tuzgan, bu jadval aniqlik böyiça XVI asrgaça tengsiz bölib qolgan. Bu misollar ilmning oltin qoidasini eslatadi: haqiqat kuzatuv, tajriba va aniq hisob-kitob bilan isbotlanadi. “Asling-nasling” degan hikmatga munosib böliş uçun biz, yoş tadqiqotçilar, aynan şu ilmiy halollik va sinçkovlikni meros qilib olişimiz kerak.
Prezidentimiz bolaligi paxta dalalarida ötganini eslab, davlat rahbari bölgaç, birinçi galda bolalarni dalalardan maktab partasiga qaytarganini yozadi. Bu qaror ortida bobo mehri bilan birga çuqur ilmiy haqiqat ham bor. Nobel mukofoti sovrindori Gari Bekker “inson kapitali” nazariyasi orqali bilimga sarflangan mablag‘ xarajat emas, daromad keltiradigan sarmoya ekanini asoslab bergan. Yana bir Nobel laureati Jeyms Xekman esa bu sarmoya bolalikning ilk yillarida eng katta samara berişini körsatgan. Olimning boşqa bir xulosasi ham maktub bilan hamohang: inson salohiyati faqat aql-zakovat bilan emas, sabot, muloqot könikmasi va özini tuta biliş bilan ham ölçanadi. Maktubda yetuk inson bölib ulğayiş “avvalo, özingizga, iroda va sabot-matonatingizga boğliq” ekani ta’kidlangani ham bejiz emas.
Zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan unumli foydalaniş, ammo ularga qaram bölib qolmaslik haqidagi nasihat ham ilmiy tadqiqotlarda öz tasdiğini topmoqda. Massaçusets texnologiya instituti (MIT) olimlarining 2025-yilda e’lon qilingan tadqiqotiga köra, inşo yozişda doimiy ravişda sun’iy intellektga tayangan iştirokçilar tört oy davomida miya faolligi, til va xulq-atvor körsatkiçlari böyiça izçil ortda qolgan. Olimlar bu holatni “kognitiv qarz” deb atagan. Avval mustaqil yozib, söngra sun’iy intellektdan yordamçi sifatida foydalanganlar esa faolroq fikrlagani qayd etilgan. Demak, texnologiya tafakkurning örnini bosmasligi, balki uni boyitişi kerak.
Ilmda deyarli har bir kaşfiyot ortida önlab muvaffaqiyatsiz urinişlar yaşiringan. Gipoteza tasdiqlanmaydi, tajriba kutilgan natijani bermaydi, maqola tahririyatdan qaytadi. Tadqiqotçi uçun bu yengiliş emas, balki izlanişning navbatdagi bosqiçi. Çunki notöğri yölni aniqlaş ham töğri yölga bir qadam yaqinlaşiş demakdir. Maktubdagi “Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir” degan sözlar şu ma’noda ilm ahlining şioriga aylanişi kerak. “Heç qaçon yengildim dema!” degan da’vat esa laboratoriyada ham, kutubxonada ham birdek yangraşi lozim.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, ötgan yil yakunida mamlakatimizda men kabi 8 326 nafar tayanç doktorant ilmiy izlaniş olib borgan, PhD darajasiga ega tadqiqotçilar soni esa 15,5 ming nafarga yetgan. Prezidentimiz yurtimizdagi millionlab öğil-qizlar qalbida daholarning ölmas ruhi yaşayotganiga imoni komil ekanini yozadi. Bu işonçni oqlaş-biz, yoş olimlarning burçimiz.
❝ Zero, ilm-Vatan kelajagiga qöyilgan eng işonçli sarmoya, uning samarasi esa bugungi izlanişlarimiz va ertangi kaşfiyotlarimiz bilan ölçanadi. ❞
Saida MAXMATQULOVA,
Doktarant