Ortga qaytish Chop etish

Qizil Yarim oy jamiyatining maqomi töğrisidagi qonun qabul qilindi

Qizil Yarim oy jamiyatining maqomi töğrisidagi qonun qabul qilindi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisining yalpi majlisida “Turkiya Qizil Yarim oy jamiyati töğrisida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun bilan jamiyat Jeneva konvensiyalari hamda Xalqaro Qizil Xoç va Qizil Yarim oy harakatining asosiy tamoyillari asosida mamlakat içida va xorijda faoliyat yurituvçi xalqaro insonparvarlik taşkiloti sifatida belgilandi. Uning nomi, bayroği va timsoli himoya qilinadi. Jamiyat xorijiy milliy jamiyatlar hamda Qizil Xoç va Qizil Yarim oy xalqaro tuzilmalaridan keladigan insonparvarlik yordamini qabul qiluvçi yagona vakolatli taşkilot hisoblanadi.

Jamiyatning tamoyillari, tuzilmasi, a’zolik tartibi va organlari vakolatlari Turkiya Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ustav bilan belgilanadi. Ofatlar va favqulodda vaziyatlar paytida jamiyatdan yoki kapitalining yarmidan köpi unga tegişli bölgan kompaniyalardan birinçi yordam xizmatlari, ofat logistikasi va vaqtinçalik boşpana mahsulotlarini davlat xaridlari töğrisidagi qonun talablaridan taşqari xarid qiliş mumkin böladi.

Davlat organlari jamiyatga transport vositalaridan taşqari köçar mol-mulkni berişi, maşina va uskunalarni esa bepul topşirişi mumkin. Yordam takrorlanişining oldini oliş uçun Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligidagi ijtimoiy yordam ma’lumotlari protokol asosida jamiyat bilan almaşilişi mumkin. Davlat tibbiyot muassasalariga yetkazib berilgan qon komponentlari uçun tölovlar Ijtimoiy ta’minot instituti tomonidan bevosita jamiyatga ötkaziladi.

Şuningdek, favqulodda vaziyatlar, ofatlar, uruş va qurolli mojarolar paytida dalada bevosita işlayotgan xodimlarga pul kompensatsiyasi tölanişi mumkin. Jamiyat ilmiy va tibbiy asbob-uskunalar importida bojxona bojlaridan ozod qilinadi. Bunday tovarlarni 5 yil davomida bojxona organi ruxsatisiz boşqa şaxsga beriş yoki boşqa maqsadda foydalaniş taqiqlanadi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda Özbekiston Qizil Yarim oy jamiyati faoliyatining huquqiy asoslari Prezidentning 1992-yil 28-maydagi PF–411-sonli “Özbekiston Qizil Yarim oy jamiyati töğrisida”gi Farmonida belgilangan. Unga köra jamiyat insonparvarlik sohasida davlatga ixtiyoriy yordam körsatadi, davlat esa uning huquq va vakolatlarini kafolatlaydi.

2004-yil 29-apreldagi 615-II-sonli “Qizil yarim oy va qizil xoç timsollaridan foydalaniş hamda ularni himoya qiliş töğrisida”gi Qonun esa timsollar, farqlovçi signallar hamda “Qizil Yarim oy” va “Qizil Xoç” nomlaridan foydalaniş va ularni himoya qiliş bilan boğliq munosabatlarni tartibga soladi.

Demak, jamiyat faoliyatining asoslari 30 yildan ortiq vaqt avval qabul qilingan Farmon bilan belgilanganligini inobatga olib, uning maqomi, vakolatlari va imtiyozlarini qonun darajasida mustahkamlaş masalasi dolzarb hisoblanadi.

Umumiy yönaliş sifatida, Özbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining maqomi, vazifalari, davlat organlari bilan hamkorligi va imtiyozlarini belgilovçi alohida qonun qabul qiliş maqsadga muvofiq.

Muqobil yönaliş sifatida, ijtimoiy yordamning takrorlanişiga yöl qöymaslik maqsadida jamiyatga şaxsga doir ma’lumotlar himoyasini ta’minlagan holda ijtimoiy himoya sohasidagi davlat axborot tizimlari ma’lumotlaridan foydalaniş imkonini beriş mumkin.