MUNOSABAT

Nuriddin SOTIVOLDIYEV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub" nomli samimiy murojaatida davlat rahbarining hayotiy tajribasi, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, farzandlar kelajagiga daxldorlik hamda yoş avlod uçun muhim bölgan hayotiy qadriyatlar çuqur mazmun bilan ifoda etilgan. Ayniqsa, Prezidentning "Mendan “Bobojon, hozir sizga nima köproq yetmaydi?” deb sörasang, heç ikkilanmay “Vaqt yetmaydi, vaqt!” deb javob beraman", degan sözlari maktubning asosiy ğoyasini özida mujassam etgan.
Maktubda davlatimiz rahbari nabirasi nega xorijiy safarlarga tez-tez çiqişi haqidagi oddiy, bolalarga xos savoliga javob berar ekan, zimmasidagi mas’uliyat nafaqat oilasi va yaqinlari, şuningdek, millionlab yurtdoşlari, ayniqsa, yoş avlodning kelajagi bilan boğliq ekanini ta’kidlaydi. Xalqning tinç va farovon hayotini ta’minlaş, mamlakat taraqqiyotiga erişiş, yurtdoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş yölidagi sa’y-harakatlar davlat xizmati zamiridagi yuksak mas’uliyatni yaqqol namoyon etadi.
Murojaatning muhim jihatlaridan biri — bolalar va yoşlarning ta’lim-tarbiyasi, ilm-ma’rifatga intilişi hamda ularda milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş masalasiga alohida e’tibor qaratilganidir. Prezidentimiz öz bolaligidagi maşaqqatlarni yodga olib, bugungi avlod bunday qiyinçiliklarni boşdan keçirmasligi, zamonaviy maktab va boğçalarda ta’lim olib, öz iqtidorini namoyon etişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarni qayd etadi. Şu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz — Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek va Alişer Navoiy merosiga murojaat qilib, yoşlarni ajdodlarga munosib voris bölişga çorlaydi.
Maktubda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan oqilona foydalaniş, xorijiy tillarni örganiş, vaqtni qadrlaş, intizomli böliş, qiyinçiliklar oldida sabr va matonat körsatiş kabi fazilatlar ham yoş avlod kamolotining muhim şartlari sifatida talqin etilgan. Ayniqsa, vaqtni ortga qaytarib bölmaydigan bebaho boylik sifatida qadrlaşga oid fikrlar har bir insonni öz imkoniyatlaridan unumli foydalanişga undaydi.
Fikrimizça, mazkur maktubning ahamiyati şundaki, unda davlat va jamiyat taraqqiyoti, oilaviy tarbiya, milliy qadriyatlar va yoşlar kamoloti özaro uzviy boğliq holda yoritilgan. Undagi hayotiy saboqlar nafaqat yoşlar, balki ota-onalar, ustoz-murabbiylar va keng jamoatçilik uçun ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Xususan, maktub mazmunini ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik soatlari va yoşlar bilan uçraşuvlar doirasida muhokama qiliş ularda vaqtga mas’uliyatli munosabat, bilimga intiliş va Vatanga sadoqat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Zotan, yoş avlodning qanday inson bölib voyaga yetişi nafaqat bugun yaratilayotgan imkoniyatlarga, balki ularning ilm olişi, vaqtni qadrlaşi, öz oldiga yuksak maqsadlar qöyişi va Vatan ravnaqiga daxldorlik hissi bilan yaşaşiga ham boğliq.
❝ Maktubning asosiy ğoyasi ham har bir avlod vakili öz hayoti, bilimi va mehnati bilan yurti kelajagiga munosib hissa qöşişi lozimligini anglatadi. ❞
Nuriddin SOTIVOLDIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi