Ortga qaytish Chop etish

Suv tejovçi texnologiyalar kafolati qonun himoyasiga olinadi

MUNOSABAT

Oybek QÖŞBOQOV

Oybek QÖŞBOQOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori

Konstitutsiyamizning 68-moddasiga köra, yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanadi, ulardan oqilona foydalaniş zarur va ular davlat muhofazasidadir. Suv resurslariga talab yil sayin ortib borayotgan bugungi şaroitda bu konstitutsiyaviy talab qişloq xöjaligida har bir tomçi suvni tejaş vazifasi bilan bevosita boğlanadi.

Şu yil 11 noyabrda Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga “Davlat boji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga özgartiriş va qöşimça kiritiş haqida”gi qonun loyihasini kiritdi. Loyiha Qonunçilik palatasida birinçi öqişda muhokama qilindi. Hajmi ixçam bölsa-da, bu hujjat suv tejovçi texnologiyalarni joriy etayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarning huquqini himoya qilişda muhim huquqiy mexanizm yaratadi.

Davlat rahbari taşabbusi bilan boşlangan islohot

Suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2017 yildan izçil davlat siyosatiga aylandi. Şu yil 3 fevralda Davlatimiz rahbariga taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2017 yilgaça bu texnologiyalar jami 19 ming gektarda joriy etilgan edi. Bugun ularning qamrovi 2,6 million gektarga, ya’ni suğoriladigan yerlarning 60 foiziga yetdi, har yili 2,5 milliard kub metr suv tejalmoqda.

Qonun loyihasiga ilova qilingan ma’lumotnomaga köra, 2017-2025 yillarda 664,3 ming gektarda tomçilatib, 122,6 ming gektarda yomğirlatib, 73 ming gektarda diskret suğoriş texnologiyalari joriy qilindi, 1,6 million gektar maydon lazer yordamida tekislandi. Buning uçun jami 9 trillion söm, şu jumladan 4 trillion söm imtiyozli kredit yönaltirildi. Joriy yilning özida Agrobankning 1,4 trillion sömlik imtiyozli krediti hisobidan 134,7 ming gektarda tomçilatib, 26,7 ming gektarda yomğirlatib, 104 ming gektarda diskret suğoriş texnologiyalari örnatildi, 303 ming gektar yerda lazerli tekislaş ötkazildi.

Davlatimiz rahbarining 2026 yil 5 fevraldagi “Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-47-son qarori bu yönalişda yangi bosqiçni boşlab berdi. Qarorda 2026-2028 yillarda suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan maydonlarni 3,5 million gektarga yetkaziş va şu hisobiga har yili 5 milliard kub metr suvni tejaş vazifasi qöyilgan. Joriy yilda tijorat banklari bu maqsadlar uçun 2,6 trillion söm kredit ajratişi belgilangan. 1 oktabrdan bunday texnologiyalar tasdiqlangan minimal talab va me’yorlar asosida majburiy tartibda örnatilmoqda, nasos va filtr qurilmalarini maxsus raqamli QR-kod bilan işlab çiqariş tartibi joriy etildi.

Qarorning muhim yangiliklaridan biri pudratçilar mas’uliyatiga tegişli. Suv tejovçi texnologiyalarni qurib bergan pudrat taşkilotlari har bir loyihaga kamida ikki yillik kafolat muddati berişi va beş yil davomida servis xizmatini körsatişi majburiy etib belgilandi. Bu talab ijrosi ustidan nazorat Suv xöjaligi ob’yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasiga yuklatildi. Qarorning 14-bandi “b” kiçik bandida şu inspeksiyani fermerlar manfaatida sudga murojaat qilganda davlat bojidan ozod etiş uçun qonunga özgartiriş kiritiş vazifasi berilgan. Muhokama etilayotgan loyiha aynan şu topşiriq ijrosi sifatida işlab çiqildi.

Muammo qayerda edi

Texnologiyalar kölami kengaygani sari ularni örnatiş sifati bilan boğliq muammolar ham yuzaga çiqa boşladi. Qonun loyihasining tuşuntiriş xatida qayd etilişiça, ayrim pudrat korxonalari qurilmalarga kafolat bermagan, servis xizmatini körsatişda kamçiliklarga yöl qöygan. Natijada ayrim fermerlar joriy qilingan tizimlardan suğoriş mavsumida foydalanmagan.

Örganişlar muammo kölamini körsatdi. 1 020 ta fermer xöjaligi bilan 167 ta pudrat korxonasi örtasida tuzilgan şartnomalar böyiça 917,7 milliard söm imtiyozli kredit ajratilgan. Şundan 560,9 milliard sömi maqsadsiz sarflangani, ya’ni texnologiya umuman joriy qilinmagani aniqlangan. Bu ajratilgan mablağning qariyb 61 foizi demakdir. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2024-2026 yillarda 309 ta qişloq xöjaligi mahsuloti yetiştiruvçining 3 848 gektardan ortiq maydonida tizim qurib bergan pudratçilar kafolat bermagan va servis xizmatini körsatmagan.

Bunday holatda fermer öz haqini sud orqali talab qilişi mumkin. Ammo iqtisodiy sudga nomulkiy xususiyatdagi da’vo arizasi uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobari miqdorida davlat boji tölanadi. 1 sentabrdan bazaviy hisoblaş miqdori 440 ming söm etib belgilangani hisobga olinsa, bu 4,4 million söm demakdir. Bunga texnik ekspertiza va yuridik yordam xarajatlari qöşiladi. Kredit yuki ostida qolgan va tizimdan foydalana olmayotgan fermer uçun bu sezilarli tösiq. Suğoriş tizimidagi nuqsonni isbotlaş maxsus texnik bilim talab etişini ham unutmaslik kerak.

Loyiha nimani nazarda tutadi

Loyiha bilan Qonun 9-moddasining birinçi qismi yangi 7¹-band bilan töldirilmoqda. Unga köra, Suv xöjaligi ob’yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi va uning hududiy boşqarmalari mahalliy va xorijiy pudrat taşkilotlari tomonidan suvni tejaydigan suğoriş texnologiyalarini örnatiş, ularning sifatiga kafolat beriş va servis xizmat körsatiş bilan boğliq şartnoma majburiyatlari bajarilmagani yuzasidan qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilar manfaatini közlab iqtisodiy sudlarga da’vo kiritganda davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi.

Normaning doirasi aniq belgilangan. Ozodlik texnologiyani örnatiş, kafolat va servis böyiça şartnoma majburiyatlari bajarilmagan hollar bilan çeklanadi. Loyiha 9-moddaning ikkinçi qismiga ham özgartiriş kiritadi. Da’vo töliq yoki qisman rad etilsa, davlat boji inspeksiyadan rad etilgan talab miqdoriga mutanosib ravişda undiriladi. Bu qoida inspeksiyani har bir da’voni puxta asoslaşga undaydi va asossiz da’volarning oldini oladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

Keça qanday edi-yu, endi qanday böladi

Şu paytgaça pudratçi bilan nizo kelib çiqqanda fermer unga qarşi yolğiz kuraşardi. U davlat bojini öz hisobidan tölaşi, nuqsonni isbotlaş uçun ekspertiza buyurtma qilişi, sud jarayonida malakali yuristlarga ega pudrat taşkilotiga qarşi çiqişi kerak edi. Bunday şaroitda ayrim fermerlar sudga murojaat qilişdan voz keçib, işlamaydigan tizim va qaytarilişi lozim bölgan kredit bilan qolişi mumkin edi.

Qonun qabul qilingaç, fermer manfaatini texnik bilim va vakolatga ega davlat organi himoya qiladi. Inspeksiya kafolat va servis majburiyatlari bajarilişini nazorat qiladi, qoidabuzarlikni hujjatlaştiradi va zarur bölsa, davlat bojisiz sudga murojaat etadi. Pudratçilar uçun bu kafolat majburiyati amalda ijro etilişini anglatadi. Şartnoma intizomi mustahkamlanadi, imtiyozli kredit mablağlari maqsadli işlatiladi, joriy etilgan tizimlar esa dalada işlab turadi.

Bu yondaşuv amaldagi qonunçilikka ham mos. “Davlat boji töğrisida”gi Qonunning 9-moddasiga köra, Özbekiston fermerlar kengaşi va uning hududiy kengaşlari fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari manfaatini közlab qilingan da’volar böyiça iqtisodiy sudlarda davlat bojidan ozod etilgan. Yangi norma bu himoyani suv tejovçi texnologiyalar sohasida texnik nazorat vakolatiga ega ixtisoslaşgan davlat organi bilan töldiradi.

Parlament muhokamasida

Loyiha har tomonlama kelişilgan holda parlamentga kiritildi. U 21 ta vazirlik va idora, jumladan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, Özbekiston fermerlar kengaşi, Savdo-sanoat palatasi va Oliy sud bilan kelişilgan, Adliya vazirligining ijobiy xulosasi olingan. Loyihada korrupsiyaga olib keluvçi omillar aniqlanmagan.

Suv xöjaligi masalalari parlament nazoratida doimiy turibdi. Noyabr oyida Qonunçilik palatasida ötkazilgan “Hukumat soati”da suv xöjaligi vaziri deputatlarning savollariga javob berdi. Fikrimizça, loyihani keyingi öqişlarga tayyorlaşda bir neça amaliy jihatga e’tibor qaratiş maqsadga muvofiq. Inspeksiya fermer arizasini qabul qiliş va körib çiqiş tartibi hamda muddatlari qonunosti hujjatida aniq belgilanişi, Özbekiston fermerlar kengaşi bilan hamkorlik mexanizmi işlab çiqilişi lozim. QR-kod va sun’iy yöldoş orqali kuzatuv tizimlari ma’lumotlarini sudda dalil sifatida foydalaniş imkoniyatini ham körib çiqiş kerak.

Xorijiy tajriba

Davlat organlarini sud xarajatlaridan ozod qiliş köplab mamlakatlarda qöllaniladi. Germaniyaning “Sud xarajatlari töğrisida”gi qonunining 2-moddasiga köra, oddiy sudlar hamda moliya va ijtimoiy sudlardagi işlarda Federatsiya, federal yerlar va ularning byudjeti hisobidan boşqariladigan davlat muassasalari sud xarajatlarini tölaşdan ozod qilingan. Ispaniyada 2012 yil 20 noyabrdagi 10/2012-son qonunning 4-moddasiga köra, davlat ma’muriyati, avtonom hamjamiyatlar, mahalliy hokimiyat organlari va ularga böysunuvçi davlat organlari sud yiğimidan ozod. Mamlakatda suv resurslarini boşqaradigan daryo havzalari konfederatsiyalari ham ana şunday davlat organlari qatoriga kiradi.

Bu mamlakatlarda ozodlik davlat organining maqomiga qarab beriladi. Özbekistonda tanlangan yöl ança maqsadli. Inspeksiya faqat fermerlar manfaatida va aniq belgilangan şartnoma majburiyatlari yuzasidan qilingan da’volar böyiça davlat bojidan ozod böladi. Rad etilgan talab uçun bojning undirilişi bu imtiyozdan foydalanişda mas’uliyatni saqlab qoladi.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, bir neça muhim natijaga erişiladi. Fermerning sudga murojaat qiliş huquqi moliyaviy tösiqdan xalos böladi, pudratçilarning kafolat va servis majburiyatlari uçun mas’uliyati oşadi, suv tejovçi texnologiyalarga yönaltirilayotgan davlat va kredit mablağlari himoyalanadi.

Eng muhimi, bu özgartiş PQ-47 qarorida belgilangan maqsadlarning, ya’ni 2028 yilgaça 3,5 million gektarda suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va har yili 5 milliard kub metr suvni tejaş vazifasining huquqiy kafolatiga aylanadi. Örnatilgan har bir tizim işlab tursa, tejalgan suv ham, fermer mehnati ham, davlat mablaği ham öz samarasini beradi.

❝ Konstitutsiyamizdagi suvni umummilliy boylik sifatida asraş talabi şu tariqa aniq huquqiy mexanizm bilan mustahkamlanadi. ❞

Oybek QÖŞBOQOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori