
Joriy yilning 13-noyabr kuni Qozoğiston Qurultoyi Byurosi “Onlayn-platformalar va mass-media masalalari böyiça ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini Qurultoyning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritdi. Mazkur loyiha Hukumat tomonidan işlab çiqilib, sentabr oyida parlamentga kiritilgan bölib, 16 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaşga qaratilgan.
Qonun loyihasiga muvofiq, “Onlayn-platformalar va onlayn-reklama töğrisida”gi qonunni yangi modda bilan töldiriş taklif etilmoqda. Unga köra, 16 yoşga tölmagan foydalanuvçilarni onlayn-platformalarda röyxatdan ötkaziş taqiqlanadi. Bunda tezkor xabar almaşiş xizmatlari (messenjerlar) mazkur taqiqdan mustasno etiladi.
Şuningdek, qonun loyihasida onlayn-platformalar vakolatxonalarini majburiy hisobga qöyiş, onlayn ta’lim kurslari mualliflari (onlayn-kouçlar) faoliyatiga alohida talablar belgilaş hamda Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksga tegişli özgartirişlar kiritiş nazarda tutilmoqda.
Qonunçilik taşabbusining asoslantirilişida Avstraliyaning 2024-yil oxirida 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaşga doir tajribasi hamda Yevropa parlamentining tegişli tavsiyalari keltirilgan.
Özbekiston uçun dolzarbligi
Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötiş uçun eng kam yoş çegarasi qonunçilik darajasida belgilanmagan. Xususan, “Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonunning 17-moddasida axborot mahsulotlarining yoş toifalari (0+, 7+, 12+, 16+, 18+) belgilangan. Mazkur Qonunning 19-moddasida esa axborot mahsulotlarini tegişli dasturiy-apparat vositalarisiz tarqatişga doir çeklovlar nazarda tutilgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötiş uçun yoş çegarasi, şuningdek, veb-sayt egalari va provayderlarning mazkur yönalişdagi alohida majburiyatlari belgilanmagan.
Şuningdek, “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganlarning şaxsga doir ma’lumotlariga işlov beriş uçun ularning ota-onalari, vasiylari yoki homiylarining roziligi talab etiladi. Biroq raqamli xizmatlardan foydalanişda alohida yoş çegarasi hamda onlayn-platformalar tomonidan foydalanuvçilarning yoşini tekşiriş mexanizmi nazarda tutilmagan.
Özbekistonda ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini huquqiy tartibga soliş masalasi kun tartibiga qöyilgan. Şu nuqtai nazardan, Özbekistonda tegişli qonun loyihasini işlab çiqişda Qozoğiston tajribasini, ayniqsa, foydalanuvçilarning yoşini tekşiriş mexanizmini belgilaş zaruratini hisobga oliş maqsadga muvofiq. Bunda bosqiçma-bosqiç yondaşuv asosida ijtimoiy tarmoq (onlayn-platforma) tuşunçasini mustahkamlaş, 16 yoşga tölmagan şaxslarning ularda röyxatdan ötişini çeklaş imkoniyatlarini körib çiqiş mumkin.