Ortga qaytish Chop etish

Mahalliy Kengaşlar faoliyatida fuqarolar iştirokini kengaytiriş – demokratik islohotlarning muhim bosqiçi

MUNOSABAT

Zotan

Zotan
xalq manfaatlari qarorlar qabul qiliş jarayonining markazida turgan, fuqarolar ovozi eşitilgan va davlat organlari faoliyati jamoatçilik uçun oçiq bölgan jamiyatdagina demokratik islohotlar özining amaliy natijasini namoyon etadi

Mamlakatimizda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan keng kölamli ortga qaytmas islohotlarning markazida inson qadrini uluğlaş, davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini oşiriş hamda fuqarolarning davlat va jamiyat boşqaruvidagi iştirokini kengaytiriş kabi ustuvor maqsadlar turibdi. Ayniqsa, sönggi yillarda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining mustaqilligini mustahkamlaş, ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişdagi rolini oşirişga qaratilgan islohotlar izçil davom ettirilmoqda.

Prezidentimizning 2026 yil 16 noyabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati kafolatlarini kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi PF–247-son Farmoni uşbu yönalişdagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladigan muhim huquqiy hujjat böldi.

Mazkur Farmonda mahalliy Kengaşlarning vakolatlarini kengaytiriş, deputatlar faoliyati kafolatlarini kuçaytiriş, davlat organlari rahbarlarining hisobdorligini oşiriş hamda qarorlar qabul qiliş jarayonida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaşga qaratilgan qator çora-tadbirlar belgilandi.

Ayniqsa, Farmonning 10-bandida belgilangan yangilik fuqarolarning davlat va jamiyat boşqaruvidagi iştirokini kengaytiriş nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega. Unga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan boşlab fuqarolarning Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari Kengaşlari sessiyalarida kuzatuvçi sifatida iştirok etiş amaliyoti joriy etiladi. Bu esa aholiga öz hududi hayotiga daxldor masalalarning muhokama qilinişi va qarorlar qabul qilinişi jarayonlarini bevosita kuzatiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Uşbu yangilikning ahamiyati şundaki, fuqarolar mahalliy vakillik organlari faoliyati bilan bevosita tanişiş, öz hududi taqdiriga daxldor masalalar qanday muhokama qilinayotganini kuzatiş hamda deputatlar faoliyati haqida xolis tasavvur hosil qiliş imkoniyatiga ega böladi.

Zero, mahalliy Kengaşlarda qabul qilinadigan qarorlar aholining kundalik hayoti bilan bevosita boğliq. Hududiy byudjet mablağlarining taqsimlanişi, içimlik suvi va yöl infratuzilmasi, ta’lim va tibbiyot muassasalari faoliyati, aholi bandligi hamda ekologik muammolar kabi masalalar aynan şu darajada muhokama qilinadi.

Şu ma’noda, fuqarolarning Kengaş sessiyalarida iştirok etişi, avvalo, qaror qabul qiliş jarayonining oçiqligini ta’minlaş, deputatlarning saylovçilar oldidagi mas’uliyatini oşiriş va davlat organlariga bölgan jamoatçilik işonçini mustahkamlaş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorijiy davlatlar tajribasi ham mahalliy vakillik organlari faoliyatida jamoatçilik iştirokini ta’minlaş demokratik boşqaruvning muhim şartlaridan biri ekanligini körsatadi. Jumladan, Buyuk Britaniyada mahalliy kengaşlar majlislari, qonunda belgilangan istisnolardan taşqari, jamoatçilik uçun oçiq hisoblanadi. Polşada fuqarolarning mahalliy kengaşlar sessiyalari va komissiyalari yiğilişlarida qatnaşiş, şuningdek, majlis bayonnomalari bilan tanişiş huquqi kafolatlangan. Gruziyada esa fuqarolar munitsipal kengaşlarning oçiq majlislarida oldindan ruxsat olmasdan iştirok etişi, belgilangan tartibda savollar va fikr-mulohazalar bildirişi mumkin. Estoniyada ham mahalliy kengaşlar majlislarining oçiqligi qonunçilik darajasida mustahkamlangan. Uşbu tajriba şuni körsatadiki, mahalliy vakillik organlari faoliyatining oçiqligi faqat axborot oliş imkoniyati bilan çeklanmay, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş va qarorlarning asosli qabul qilinişiga xizmat qiladi.

Şu nuqtai nazardan, mamlakatimizda joriy etilayotgan yangi tartibni mahalliy Kengaşlar bilan fuqarolar örtasidagi institutsional muloqotni yanada mustahkamlaş yölidagi muhim qadam sifatida baholaş mumkin.

❝ Bunda sessiyalarda kuzatuvçi sifatida iştirok etiş tartibining aniq, tuşunarli va barça uçun teng imkoniyatlar asosida taşkil etilişi alohida ahamiyatga ega. ❞

Zotan,
xalq manfaatlari qarorlar qabul qiliş jarayonining markazida turgan, fuqarolar ovozi eşitilgan va davlat organlari faoliyati jamoatçilik uçun oçiq bölgan jamiyatdagina demokratik islohotlar özining amaliy natijasini namoyon etadi