
INSTITUT YANGILIKLARI
Tadbirda Institut xodimlari qömitaning asosiy vazifalari, qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati yönalişidagi faoliyati bilan yaqindan taniştirildi. Şuningdek, joriy yilning ötgan ön oyi davomida qömitada muhokama qilingan qonun loyihalari va dolzarb masalalarning mazmun-mohiyati, ularning agrar tarmoq va suv xöjaligini rivojlantirişdagi ahamiyati yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqotda qömita faoliyatini, jumladan, nazorat-tahlil tadbirlarini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek, agrar va suv xöjaligi sohalarida qonunçilik normalarini qöllaş amaliyotini örganiş Institut va qömita hamkorligidagi dolzarb tadqiqot yönalişlari sifatida belgilandi.
Qömita deputatlari tomonidan hamkorlikni yanada tizimli taşkil etiş yuzasidan takliflar bildirildi. Xususan, qömitaga qonun loyihalari kelib tuşganidan boşlab Institut tomonidan ularning huquqiy va ilmiy ekspertizasi yuzasidan xulosalar tayyorlaş, şuningdek, qömita va Institutning iş rejalarida özaro hamkorlikda amalga oşiriladigan vazifalar, ularning muddatlari va natijalarini aniq belgilaş zarurligi ta’kidlandi.
💬 Seminar yakunida qömita faoliyatining ustuvor yönalişlaridan kelib çiqib, hamkorlikdagi tadqiqotlarni taşkil etiş, qonun loyihalarini ilmiy asoslaş va parlament nazorati tadbirlarini tahliliy jihatdan qöllab-quvvatlaş böyiça amaliy takliflar muhokama qilindi.
📸 FOTOLAVHA