MAQOLA

Amirullo TUXLIBOYEV
Parlament tadqiqotlari instituti bölimi boşliği
Sammitlar yakunlanadi, bayonotlar qabul qilinadi, hujjatlar imzolanadi. Ammo çegara postida navbat kutayotgan haydovçi, qöşni mamlakat bozoriga mahsulot olib çiqmoqçi bölgan tadbirkor yoki diplomi narigi tomonda ham tan olinişini istagan yoş mutaxassis uçun asosiy savol ertasi kuni tuğiladi. Xöş, mening hayotimda nima özgaradi?
Mintaqaviy hamkorlikning haqiqiy bahosi ana şu savolga beriladigan javob bilan ölçanadi. Oliy darajada erişilgan kelişuv bilan oddiy inson hayoti örtasida qonun, byudjet va nazorat bosqiçlari bor, ularning barçasi parlamentdan ötadi. Şu bois parlament diplomatiyasining bugungi vazifasi davlatlararo muloqotni protokol uçraşuvlaridan aniq muammolar yeçimiga olib kelişdir.
Bugungi mintaqaviy kun tartibi sönggi yillarda taşqi siyosatda amalga oşirilgan islohotlarning natijasidir. Mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil noyabrda Samarqandda BMT şafeligida ötgan xalqaro konferensiyada ilgari surgan taşabbusi bilan boşlangan. Birinçi uçraşuv 2018 yil 15 martda Ostonada bölib ötdi. Öşandan beri bu format mintaqa muammolarini mintaqa davlatlarining özi muhokama qiladigan doimiy maydonga aylandi.
Bu siyosatning natijasi raqamlarda ham körinadi. 2017-2025 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 3,1 baravar oşib, 8,3 milliard dollarga yetdi. Mintaqa davlatlari sarmoyasi iştirokidagi korxonalar soni yetti baravardan ziyod köpayib, 2026 yil iyun holatiga 2 384 taga yetdi. 2017 yilda mintaqa davlatlaridan 2,1 million dollar investitsiya kirgan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç 1,3 milliard dollarni taşkil etdi. Prezidentimiz 28 avgustda davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda Markaziy Osiyoda ahil qöşniçilik, strategik şeriklik va döstlik aloqalarini kengaytirişda tarixiy yutuqlarga erişilganini ta’kidladi.
Mintaqaviy kun tartibi Özbekistonning öz taraqqiyot maqsadlari bilan ham hamohang. Davlatimiz rahbari öşa marosimda kelgusi ön yillikni milliy yuksaliş davri deb atab, yettita milliy dasturni e’lon qildi. Ularning yettinçisi Özbekistonning tinçlik va döstlik diyori, bağrikeng ölka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirişga qaratilgan. 2026 yil 16 fevraldagi Farmon bilan yangilangan “Özbekiston – 2030” strategiyasining beşinçi yönalişi “Xavfsiz va tinçliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izçil davom ettirişga bağişlangan. Yangilangan strategiyada keyingi beş yilda qöşni mamlakatlar bilan savdo aylanmasini 1,5 baravar oşiriş közda tutilgan.
Hamkorlikning parlament yönalişi ham şakllandi. 2023 yil 10 fevralda Qozoğistonning Turkiston şahrida Markaziy Osiyo davlatlarining birinçi Parlamentlararo forumi ötkazilib, Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi. 2025 yil 16 noyabrda Toşkentda bölib ötgan yettinçi Maslahat uçraşuvida Ozarbayjonning bu formatga tölaqonli iştirokçi sifatida qöşilişi bir ovozdan qöllab-quvvatlandi. Prezidentimiz öşanda Maslahat uçraşuvlarini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” degan strategik platformaga aylantirişni va 2035 yilgaça möljallangan mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini qabul qilişni taklif etgan edi.
2026 yil 8 oktabrda Turkmanistonning «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötdi. Ozarbayjon bu uçraşuvda ilk bor tölaqonli iştirokçi sifatida qatnaşdi va Maslahat uçraşuvlarida raislikni qabul qilib oldi. Yakunda Qöşma bayonot qabul qilindi, bir qator köp tomonlama hujjatlar imzolandi.
Prezidentimiz sammitda savdodagi tösiqlarni izçil bartaraf etiş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, yirik transport loyihalarini muvofiqlaştiriş, energetika, suv va ekologiya sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça takliflarni ilgari surdi. Davlatimiz rahbari keltirgan «Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot» formulasi bu taşabbuslarning özagini taşkil etadi. Bir neça mamlakat korxonalari yakuniy mahsulotni birgalikda yaratsa, oddiy savdoga qaraganda mustahkamroq iqtisodiy aloqalar vujudga keladi.
Şu maqsadda 2027 yilda qadimiy Xivada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini ötkaziş hamda qöşma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik kuzatib boriş platformasini yaratiş taklif qilindi. Platforma masalasini Savdo va investitsiyalar vazirlari kengaşi Aşxoboddagi navbatdagi yiğilişida körib çiqadi. Toşkentda taklif etilgan 2035 yilgaça möljallangan keng qamrovli mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi esa, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, işçi vositaga aylanişi kerak.
Davlatimiz rahbari Maslahat uçraşuvlari faoliyatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy bazani takomillaştirişni ham taklif qildi va Döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani tuziş tartib-taomillari yakunlanganini qayd etdi. Xalqaro şartnomalarni ratifikatsiya qiliş esa Konstitutsiyamizga köra Oliy Majlis palatalarining vakolatidir.
Avazada ilgari surilgan taşabbuslarning heç biri öz-özidan amalga oşmaydi. Qöşma işlab çiqariş uçun texnik talablar bir-biriga mos kelişi, bojxona tartiblari soddalaşişi, investor huquqlari çegaraning har ikki tomonida birdek himoyalanişi zarur. Bularning barçasi qonunçilik masalasidir.
Parlament diplomatiyasining kuçi uning vakillik tabiatida. Deputat va senator saylovçi, tadbirkor, mahalla bilan doimiy muloqotda böladi va hamkorlikka tösiq bölayotgan muammoni birinçilardan bölib eşitadi. Qöşni mamlakatdagi hamkasbi bilan muntazam aloqa esa masalaning narigi tomondan qanday körinişini anglaşga yordam beradi. Bir tomonda oddiy ma’muriy talab sanalgan tartib ikkinçi tomondagi fuqaro yoki korxona uçun jiddiy tösiqqa aylanişi mumkin.
Tasavvur qilaylik, ikki mamlakat örtasida mahsulot taşiyotgan korxona bir xil mazmundagi hujjatni çegaraning har ikki tomonida alohida-alohida rasmiylaştirişga majbur. Bunday masala sammit kun tartibiga çiqmaydi, lekin korxona uçun hamkorlikning «narxi»ni aynan u belgilaydi. Ikki parlamentning tegişli qömitalari tadbirkorlar, bojxona xodimlari va mutaxassislar iştirokida muammoni örgansa, manzara oydinlaşadi. Tösiq qonun normasidan kelib çiqayotgan bölsa, normani özgartiriş taklifi tayyorlanadi. Gap huquqni qöllaş amaliyotida bölsa, mas’ul idoraning axboroti eşitiladi va tuzatiş çoralari belgilanadi.
Konstitutsiyamizning 93-moddasi Oliy Majlis palatalariga qonunlar qabul qiliş, xalqaro şartnomalarni ratifikatsiya qiliş, içki va taşqi siyosatning asosiy yönalişlarini belgilaş, Davlat byudjetini qabul qiliş vakolatlarini bergan. Demak, parlament taşqi siyosatni belgilaşda ham, uni amalga oşirişda ham bevosita iştirok etadi. Avaza hujjatlaridagi har bir vazifaga şu nuqtai nazardan qaraş örinli. Qaysi masala qonunçilikni takomillaştirişni, qaysisi byudjet muhokamasini, qaysisi mas’ul idoralar axborotini eşitişni talab qiladi? Yangi taşabbuslarning fuqarolar, tadbirkorlik va davlat xarajatlariga ta’siri ham oldindan baholanişi lozim.
2026 yil 29 oktabrda Duşanbeda “Markaziy Osiyoda tinçlik, xavfsizlik va farovonlik yölida birdamlik” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlarining törtinçi Parlamentlararo forumi bölib ötdi va Duşanbe deklaratsiyasi qabul qilindi. Forumda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva davlat rahbarlari erişgan kelişuvlar ijrosini huquqiy ta’minlaş va nazorat qilişni, mahalliy kengaşlar örtasidagi hamkorlikni kengaytirişni taklif qildi. Forumda savdo tösiqlarini kamaytiriş, qöşma işlab çiqariş va transport yölaklarini rivojlantiriş, suvdan oqilona foydalaniş masalalari ham muhokama qilinib, «yaşil» özgarişlar va suvni tejaşning huquqiy mexanizmlari böyiça qöşma parlament muhokamasini ötkaziş taklifi ilgari surildi.
Forum doirasida Senat Raisining Qozoğistonning bir palatali parlamenti Qurultoy Raisi Aybek Dadebay bilan uçraşuvi ham e’tiborga molik. Unda qöşma parlamentlararo komissiya tuziş imkoniyatini körib çiqiş, 2027-2028 yillarga möljallangan “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş, qömitalar örtasidagi aloqalarni jonlantiriş va davlat rahbarlari kelişuvlarining ijrosini muntazam muhokama qilib boriş takliflari ilgari surildi. Sun’iy intellektni tartibga soliş va şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça tajriba almaşiş ham közda tutildi.
Bunday işni qanday taşkil etiş mumkin? Dunyodagi parlamentlararo tuzilmalar tajribasi bu savolga tayyor andaza bermasa-da, sinovdan ötgan usullarni körsatadi.
Şimoliy Kengaşda deputatlar kiritgan har bir taklif avval tegişli qömitaga yuboriladi. Qömita milliy idoralardan fikr söraşi, ekspertlar iştirokida eşituv ötkazişi, zarurat bölsa işçi guruh tuzişi mumkin. Şundan keyin qömita öz tavsiyasini Prezidium yoki sessiya muhokamasiga kiritadi, ular esa uni hukumatlarga yoki Şimoliy Vazirlar Kengaşiga yöllaydi. Qömitalar milliy parlamentlardagi tegişli qömitalar bilan ham hamkorlik qiladi. Bu tajribadan çiqadigan xulosa oddiy. Tavsiya eşitilişi uçun uning ortida dalil turişi kerak.
Markaziy Osiyoda ham, aytaylik, transport tartiblarini soddalaştiriş böyiça qöşma tavsiya tayyorlaşdan oldin amaldagi qoidalarni taqqoslaş, xarajatlarni hisoblaş va taşuvçilarning fikrini eşitiş lozim. Şunda tavsiya muammoni, uning sababini va taklif etilayotgan yeçimni birdek qamrab oladi.
ASEAN Parlamentlararo assambleyasi (AIPA) tajribasi boşqa savolga javob beradi. Qabul qilingan qarorning keyingi taqdiri nima böladi? Aipaning 2007 yildagi 28-Boş assambleyasi qarori bilan tuzilgan AIPA Kokusi doirasida a’zo parlamentlar rezolyutsiyalar ijrosini kuzatib boradi va qonunçilikni uyğunlaştiriş böyiça umumiy taşabbuslar tayyorlaydi. AIPA Kotibiyati ma’lumotiga köra, 2026 yil iyul holatiga 2017-2026 yillarda qabul qilingan 273 ta rezolyutsiyaning 85,53 foizi bajarilgan. ASEAN sammitlari çoğida davlat rahbarlari va AIPA vakillari örtasida muloqot ötkazib kelinadi.
Xorijiy tajribadan Markaziy Osiyo şaroitiga mosini tanlab oliş mumkin. Nazarimizda, bunda ikki amaliy qadam samara beradi.
Birinçisi, manfaatdor parlament qömitalari örtasida oliy darajadagi kelişuvlar böyiça kelişilgan iş rejasini işlab çiqişni doimiy amaliyotga aylantiriş foydali. Unda har bir muhokamaning mavzusi, kutilayotgan natija va masalaga qaytiş muddati körsatilişi lozim. Özbekiston va Qozoğiston parlamentlari örtasida 2027-2028 yillarga möljallab işlab çiqilişi taklif etilgan “yöl xaritasi” bunday rejaning amaliy körinişidan biri.
Ikkinçisi, har bir qöşma tadbir avvalgi tavsiyalar böyiça nima qilingani haqidagi axborotdan boşlansa, va’da bilan natija örtasidagi farq darhol közga taşlanadi. AIPA tajribasidagi kabi tavsiyalar ijrosi foizda ölçab borilsa, bu farqni jamoatçilik ham köra oladi.
Navbatdagi Maslahat uçraşuvlari arafasida parlament qömitalari aniqlagan huquqiy tösiqlar va ularning yeçimlari yuzasidan umumlaştirilgan takliflar tayyorlaşi mumkin.
❝ Tabiiyki, har bir mamlakat bunday takliflarni öz konstitutsiyaviy vakolatlari va milliy tartib-taomillari doirasida körib çiqadi. ❞
Amirullo TUXLIBOYEV,
Parlament tadqiqotlari instituti bölimi boşliği