
TAHLIL
Şişa gumbaz, teskari qubba va oroldagi parlament: dunyoning eng qiziqarli parlament binolari
Parlament binosi, şunçaki deputatlar yiğiladigan joy emas. Uning şakli, materiali, hatto qayerga qurilgani ham davlat öz parlamentini qanday tasavvur qilişini körsatadi. Ba’zi binolar şaffoflikni, boşqalari xalq hokimiyat ustida turişini, yana birlari esa milliy ğururni ifodalaydi.
Quyida ana şunday önta bino haqida hikoya qilamiz, söngida esa Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining binosiga töxtalamiz. Har bir binoga oid ma’lumotlar şu parlamentning öz rasmiy manbalaridan olingan, havolalar maqola oxirida keltirilgan.
1. Germaniya. Reyxstag binosi: xalq deputatlar ustidan yuradi
Reyxstag binosining şişa gumbazi va tom terrasi. Foto: © Deutsçer Bundestag. Manba: bundestag.de
Berlindagi Reyxstag binosi XIX asr oxirida qurilgan va 1894-yil dekabrda oçilgan. Uning peştoqiga “Dem Deutsçen Volke” — “Nemis xalqiga” degan yozuv bitilgan. Bino murakkab tarixni boşdan keçirgan. 1933-yil fevralidagi yonğin Germaniyada parlament demokratiyasining tugaşiga işora bölgan.
Germaniya birlaşgaç, 1991-yilda Bundestag 338 ga qarşi 320 ovoz bilan öz qarorgohini Bonndan Berlinga köçirişga qaror qildi. Xalqaro tanlov natijasida britaniyalik me’mor Norman Foster binoni qayta qurdi va uning ustiga zamonaviy şişa gumbaz örnatdi. Yangilangan bino 1999-yil 19-aprelda tantanali ravişda topşirildi.
Qiziq fakt. Gumbazning balandligi 23,5 metr, diametri 40 metr. Uni qurişga 800 tonna pölat va 3 000 kv. metr şişa işlatilgan. Taşrif buyuruvçilar gumbaz içidagi aylanma yölaklar böylab yuqoriga kötarilib, pastdagi majlislar zalini kuzatişi mumkin. Gumbaz markazidagi oynali konus esa zalga tabiiy yoruğlik va havo yetkazib beradi.
Nimani anglatadi? Bundestagning özi gumbazni parlament islohoti, şaffoflik va oçiqlik ramzi deb ataydi. Aynan şu gumbaz tufayli Bundestag dunyodagi eng köp taşrif buyuriladigan parlamentga aylangan.
2. Vengriya. Budapeştdagi Mamlakat uyi: 40 kilogramm oltin va ikki teng zal
Budapeştdagi Vengriya parlamenti binosi (Országház).
Dunay böyidagi bu bino 17 yil davomida (1885–1902-yillarda) qurilgan va bugun Vengriya hamda Budapeştning ramziga aylangan. Loyiha muallifi — me’mor Imre Steindl. Qurilişda asosan venger materiallaridan foydalaniş va mahalliy hunarmandlarni jalb qiliş maqsad qilingan, bezaklarda esa Karpat havzasi ösimliklari aks ettirilgan.
Bino ölçamlari ham hayratlanarli. Umumiy maydoni qariyb 18 ming kv. metr, hajmi 473 ming kub metr. Rasmiy ma’lumotga köra, bu hajmga ellikta olti qavatli turar joy binosi siğadi. Qurilişga 40 millionga yaqin ğişt işlatilgan, fasadni Vengriya tarixidagi buyuk şaxslarni tasvirlovçi 90 ta haykal bezab turadi. Bino Dunay sohili panoramasining asosiy unsuri sifatida YuNESKO Butunjahon merosi tarkibiga kiritilgan.
Qiziq fakt. Bezak uçun 22–23 karatli 40 kilogrammga yaqin oltin sarflangan.
Nimani anglatadi? Gumbazning ikki tomonida quriliş davridagi quyi va yuqori palata zallari joylaşgan. Ikkala zal hajmi va şakli jihatidan bir xil — bu ikki palataning teng huquqliligini bildiradi. Ular örtasidagi gumbaz esa qonun çiqaruvçi hokimiyatning birligini ifodalaydi.
3. Braziliya. Milliy Kongress: biri oçiq, biri teskari qubba
Braziliyadagi Milliy Kongress binosi: çapda Senatning pastga qaragan gumbazi, öngda Deputatlar palatasining oçiq “kosasi”. Manba: Braziliya Milliy Kongressi rasmiy sayti (congressonacional.leg.br)
Bu bino Braziliyaning yangi poytaxti bilan bir kunda (1960-yil 21-aprelda) oçilgan. Uni me’mor Oskar Nimeyer loyihalagan. Gorizontal asosiy bino ustida ikkita gumbaz turadi: kiçigi pastga qaragan, uning ostida Federal Senatning majlislar zali joylaşgan; kattasi yuqoriga oçilgan, bu Deputatlar palatasining zali. Ularning orqasida 28 qavatli ikkita minora qad rostlagan. Biri palataga, ikkinçisi Senatga tegişli.
Nimeyer bu loyiha ustida 1957-yilda kamida beş oy işlagan, öşa davrdan 130 varaq turli eskiz saqlanib qolgan. Ba’zi variantlarda gumbazlar umuman bölmagan, ba’zilarida esa ular pastga qaragan. Me’mor Kongress binosini Braziliyadagi eng sevimli işi deb atagan.
Qiziq fakt. Xalq orasidagi maşhur talqinga köra, palata gumbazi kattaroq, çunki deputatlar soni köp, yuqoriga oçilgani esa xalq vakillari xalq tilaklarini tinglaşga oçiq ekanini bildiradi. Nimeyerning özi esa gumbazlarning joylaşuvi “faqat estetika” ekanini aytgan.
Nimani anglatadi? Ikki xil şakl bu yerda ikkita alohida palata borligini körsatadi, lekin ikkalasi ham bitta umumiy asosga tayanadi.
4. Avstraliya. Kanberradagi Parlament uyi: xalq hukumatdan yuqorida
Avstraliya Parlament uyining havodan körinişi: ikki egri devor va maysa bilan qoplangan tom. Foto: DPS Auspic. Manba: Avstraliya parlamentining Ta’lim boşqarmasi (peo.gov.au)
Avstraliya parlamenti binosi tepalik ustiga emas, tepalik içiga qurilgan. Quriliş jarayonida bir million kub metr tuproq va toş olib taşlangan. Bino qurib bölingaç, tuproq qayta tom ustiga yotqizilgan, tepalik şakli tiklangan va ustiga maysa ekilgan. Loyiha 28 mamlakatdan kelgan 329 ta taklif orasidan tanlangan. Bino 1988-yil 9-mayda oçilgan va qurilişi 1,1 milliard Avstraliya dollariga tuşgan.
Me’mor Romaldo Jurgola ğoyani şunday izohlagan: agar bino tepalik ustiga qurilsa, bu hukumatning xalqqa majburlab yuklanişini anglatar edi. Şuning uçun u tepalik bilan uyğunlaşib, xuddi haqiqiy demokratiya kabi yer bağridan ösib çiqişi kerak edi.
Qiziq fakt. Binoda 4 500 ta xona va 22 kilometr yölak bor, ustidagi bayroq ustunining balandligi 81 metr. Bino 200 yil xizmat qilişga möljallangan.
Nimani anglatadi? Taşrif buyuruvçilar binoning maysali tomida yura oladi. Avstraliya parlamentining Ta’lim boşqarmasi buni şunday izohlaydi: bu xalq hukumatdan yuqorida turişini ramziy ifodalaydi.
5. Bangladeş. Jatiya Sangsad Bhaban: yoruğlik va suv me’morçiligi
Dakkadagi Bangladeş Milliy parlamenti binosi (Jatiya Sangsad Bhaban).
Dakkadagi Bangladeş parlamenti binosini amerikalik me’mor Luis Kan loyihalagan, u 1962–1982-yillarda qurilgan. Majmua 215 akr (taxminan 87 gektar) hududni egallaydi va dunyodagi eng yirik qonunçilik majmualaridan biri hisoblanadi. Binoni uç tomondan köl örab turadi. Rasmiy saytda bu Bangladeşning daryolarga boy tabiatini aks ettirişi ta’kidlangan.
Me’mor jazirama quyoş va tabiat injiqliklaridan himoyalaniş uçun oddiy derazalar örniga fasadda çuqur ayvonlar va ulkan, töğri geometrik şakldagi oçiqliklar yaratgan. Aynan şu oçiqliklar binoning eng taniş qiyofasiga aylangan.
Qiziq fakt. Majlislar zalining balandligi 117 fut (taxminan 36 metr). Parabolik tom ostidagi tirqişdan tuşgan kunduzgi yoruğlik devorlardan qaytib, zalga taraladi. Sun’iy yoritiş esa kunduzgi yoruğlikka tösqinlik qilmaydigan qilib öylangan. Bino 1989-yilda Ogaxon me’morçilik mukofotiga sazovor bölgan.
Nimani anglatadi? Luis Kan uçun asosiy unsur yoruğlik bölgan. Uning öz sözlari bilan aytganda, u yiğiliş zaliga “yoruğlik beruvçi unsur” kiritgan.
6. Şri-Lanka. Kotte: köl örtasidagi oroldagi parlament
Diyavanna köli örtasidagi orolda joylaşgan Şri-Lanka parlamenti. Foto: © Parliament of Sri Lanka. Manba: parliament.lk
Kolombodagi eski parlament binosiga joy yetişmay qolgaç, Şri-Jayavardenepura-Kotte şahrida, Diyavanna köli örtasidagi 16 akrlik kiçik orolda yangi parlament majmuasi qurildi. Quriliş 1979-yilda boşlangan, bino 1982-yil 29-aprelda tantanali ravişda oçilgan.
Boş me’mor şrilankalik Jeffri Bava, qurilişni esa ikki Mitsui kompaniyasidan iborat yapon konsorsiumi 26 oyda bajargan. Rasmiy ma’lumotga köra, binoning barça me’moriy yeçimlarida Şri-Lanka an’analariga ustuvorlik berilgan.
Qiziq fakt. Majlislar zalining kiriş eşigi misdan yasalib, kumuş bilan qoplangan. Zalda Şri-Lanka Konstitutsiyasining muqaddimasi uç tilda — sinhal, tamil va ingliz tillarida öyib yozilgan.
Nimani anglatadi? Majmua atrofida an’anaviy uslubdagi “ambalam”lar — dam oliş ayvonçalari qurilgan. Ular siyosatçilar va saylovçilarni bir-biriga yaqinlaştiriş, suhbat uçun joy yaratiş maqsadida barpo etilgan.
7. Buyuk Britaniya. Vestminster saroyi: yonğindan keyin qayta tuğilgan ramz
Londondagi Vestminster saroyi — Britaniya parlamentining qarorgohi.
1834-yilda tasodifiy yonğin eski Vestminster saroyini deyarli butunlay yoqib yubordi. Faqat bir neça qism, jumladan, Vestminster zali omon qoldi, u bugun ham parlamentning eng qadimiy binosi hisoblanadi. Yangi bino uçun e’lon qilingan tanlovda me’mor Çarlz Barri ğolib çiqdi. Içki bezaklarni (öymakor panellar, gulqoğozlar, sopol pol plitkalari, mebel va hatto eşik tutqiçlarigaça) gotika uyğonişi uslubining ustasi Ogastes Pyujin yaratdi.
Poydevor toşi 1840-yilda qöyildi. Lordlar palatasi yangi zalga 1847-yilda, Jamoalar palatasi esa 1852-yilda köçib ötdi, bino asosan 1870-yilda nihoyasiga yetdi. 1941-yil may oyida havo hujumi Jamoalar palatasi zalini vayron qildi, uni me’mor Jayls Gilbert Skott qayta tikladi.
Qiziq fakt. Saroydagi Viktoriya minorasi 1860-yilda qurib bitkazilganda dunyodagi eng baland va eng katta törtburçak minora deb e’lon qilingan. Bayroq ustuni asosigaça balandligi 98 metr. Maşhur soat minorasi bugun Yelizaveta minorasi deb ataladi, “Big Ben” esa uning içidagi qönğiroqning nomi.
Nimani anglatadi? Saroy 1987-yilda YuNESKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. Parlamentning Vestminster saroyi böyiça qöşma qömitasi uni köpçilik Britaniya demokratiyasining ramzi deb biladigan bino sifatida ta’riflaydi.
8. Ruminiya. Buxarestdagi Parlament saroyi: rekordlar binosi
Buxarestdagi Parlament saroyi (Palatul Parlamentului).
Buxarestdagi Parlament saroyi Nikolae Çauşesku hukmronligi davrida, mamlakat oğir iqtisodiy qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan paytda qurilgan. Maqsad barça markaziy davlat organlarini bitta binoga jamlaş edi. Boş me’mor — 28 yoşida bino uçun ötkazilgan tanlovlarda ğolib çiqqan Anka Petresku.
1980-yildan boşlab quriliş uçun Buxarest hududining beşdan bir qismi buzib taşlangan. Eng qizğin davrda 20 mingga yaqin işçi keça-kunduz uç smenada mehnat qilgan, qurilişda jami 100 mingdan ortiq kişi qatnaşgan. 1989-yil inqilobi paytida bino 60 foizga tayyor edi, işlar 1992–1996-yillarda sekinroq sur’atda davom ettirilgan.
Qiziq fakt. Binoning umumiy maydoni 365 ming kv. metr. Deputatlar palatasi saytiga köra, bino fuqarolik maqsadidagi ma’muriy binolar orasida dunyoda birinçi, hajmi böyiça esa uçinçi örinda turadi. Uzunligi 270 metr, kengligi 245 metr, balandligi 84 metr, yer ostiga yana 16 metr çuqurlikka tuşadi. Qurilişga bir million kub metr marmar işlatilgan.
Nimani anglatadi? Totalitarizmni uluğlaş uçun qurilgan bu bino bugun Deputatlar palatasi, Senat, Konstitutsiyaviy sud va Qonunçilik kengaşiga qarorgoh bölib xizmat qiladi. Rasmiy saytda ta’kidlanganidek, u şu institutlar orqali demokratiya ramziga aylangan.
9. Uels. Senedd: şişa devorlar va fors “şamolgir”i
Kardiff körfazi sohilidagi Senedd binosi. Manba: Uels parlamentining rasmiy sayti (senedd.wales)
Uels parlamentining binosi Kardiff körfazi sohilida joylaşgan. Uni lord Riçard Rojers va Ayvan Xarbor loyihalagan, bino 2006-yil 1-martda Uelsning homiysi Avliyo Devid kunida oçilgan. Qiziği şundaki, bino uçun yer 150 yilga ramziy 1 funt sterlingga ijaraga olingan.
Binoning devorlari şişadan qilingan. Rasmiy saytdagi izohga köra, bu içkarida olib borilayotgan işning şaffofligini bildiradi. Jamoatçilik siyosatçilarning işini köra oladi, deputatlar esa taşqi dunyoga qarab işlaydi.
Qiziq fakt. Majlislar zali ustidagi ulkan voronka zalga kunduzgi yoruğlik va toza havo olib kiradi. Uning tepasidagi, şamol yönalişiga qarab buriladigan qalpoq qadimgi fors texnologiyasidan ilhomlanib yaratilgan. Bu bizning mintaqamizga ham taniş bölgan an’anaviy badgir (şamolgir) uslubini eslatadi. Bino 100 metr çuqurlikdagi 27 ta quduqli yer issiqlik nasosi, biomassa qozoni va yomğir suvini yiğiş tizimi bilan jihozlangan. U Uelsda BREEAM tizimi böyiça “a’lo” ekologik bahoni olgan birinçi bino bölgan.
Nimani anglatadi? Rasmiy saytda binoning asosiy tamoyillari sifatida oçiqlik, şaffoflik va ekologik barqarorlik körsatilgan.
10. Yevropa parlamenti: bitta parlament, uçta şahar
Strasburgdagi Lui Veys binosi — Yevropa parlamentining rasmiy qarorgohi. Foto: Fred Marvaux. © European Union 2017 – Source: EP. Manba: Yevropa parlamentining Multimedia markazi
Yevropa parlamentining rasmiy qarorgohi Fransiyaning Strasburg şahrida joylaşgan. Biroq qömitalar Bryusselda yiğiladi, parlament kotibiyati esa Lyuksemburgda işlaydi. Bu tartibni 1992-yilda a’zo davlatlar hukumatlari bir ovozdan belgilagan, 1997-yilda esa u Yevropa Ittifoqi şartnomasiga kiritilgan.
Natijada 720 nafar deputat har oy (avgustdan taşqari) tört kunlik yalpi sessiya uçun Strasburgga yöl oladi, qöşimça sessiyalar esa Bryusselda ötkaziladi. Masalan, 2026-yilga 15 ta yalpi sessiya rejalaştirilgan: 12 tasi Strasburgda, 3 tasi Bryusselda.
Qiziq fakt. Parlamentning 2009-yildagi rasmiy ma’lumotiga köra, işni Bryussel va Strasburg örtasida taqsimlaş har bir asosiy yalpi sessiya uçun qöşimça 10 million yevroga yaqin xarajat talab qilgan. Bu tartibni özgartiriş uçun barça a’zo davlatlar bir ovozdan yangi şartnoma qabul qilişi va uni öz parlamentlarida ratifikatsiya qilişi kerak.
Nimani anglatadi? Strasburg 1952-yildan beri Yevropa parlamentçilarining yiğiliş joyi bölib kelgan va Fransiya bilan Germaniya yaraşuvining ramzi hisoblanadi. Şu bilan birga, 2012-yilda parlament deputatlarining 78 foizi a’zo davlatlarni bu masalaga oid pozitsiyasini qayta körib çiqişga çaqirgan.
Bizda-çi? Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Toşkentdagi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi binosi.
Toşkentdagi Oliy Majlis binosi 1997-yilda şişa va betondan qurilgan, qimmatbaho marmar turlari bilan qoplangan. Bugun unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faoliyat yuritadi. Loyiha muallifi — me’mor Valeriy Akopjanyan. Toşkent şahar hokimligining rasmiy saytida qayd etilişiça, loyiha ustida işlagan jamoa turli mamlakatlarning parlament binolarini örgangan va Şarq me’morçiligining an’anaviy kompozitsiya usullarini qöllagan.
Bino tomonlari 86 metrlik kub şaklida. Oq kub va uning qora tusli oynalari ustida diametri 35 metr, balandligi 11,5 metr bölgan feruza rang gumbaz qad rostlagan. Balandligi 32 metr bölgan majlislar zali 350 nafar deputatga möljallangan, ikkinçi qavatda jurnalistlar va diplomatlar uçun joylar ajratilgan. Bino yonida Adiblar xiyoboni joylaşgan “Milliy bogʻ” va xalq hunarmandlari ustaxonalari joylaşgan Abulqosim madrasasi bor.
Oliy Majlis Senati 2021-yil noyabr oyidan Islom Karimov köçasidagi yangi binoda işlamoqda. Prezidentning rasmiy saytida ma’lum qilinişiça, buning uçun olti qavatli eski bino tubdan rekonstruksiya qilingan va qöşimça ob’ektlar qurilgan. Binoda Oliy Majlis palatalarining qöşma majlislari uçun milliy naqşlar bilan bezatilgan, 280 örinli zal taşkil etilgan.
Qiziq fakt. Qonunçilik palatasi binosini 36 ta ustunga tayangan, har biri 18 metr balandlikdagi soyabonli ayvonlar örab turadi. Odatda bino içida böladigan ayvon bu yerda taşqariga çiqarilgan: bu binoning tantanavorligini kuçaytiradi va unga yengillik baxş etadi. Bino ramziy ahamiyatga ham ega: 1998-yilda Markaziy bank “OLIY MAJLIS BINOSI” yozuvi tuşirilgan 100 sömlik kumuş esdalik tanga çiqargan.
Nimani anglatadi? Oliy Majlis binosi jahon parlament me’morçiligi tajribasini milliy an’analar — ayvon, gumbaz va naqş bilan uyğunlaştiradi. Senatning yangi binosini közdan keçiriş çoğida Prezident Şavkat Mirziyoyev zalga quyoş nuri tuşib turişi iştirokçilarning kayfiyati va işiga yaxşi ta’sir qilişini ta’kidlagan.
Bir qaraşda
Xulosa örnida
Bu binolarning barçasini bitta umumiy jihat birlaştiradi: ularning har biri öz davrida parlament va jamiyat örtasidagi munosabat qanday bölişi kerakligi haqidagi tasavvurni aks ettiradi.
XIX asrda qurilgan Vestminster va Budapeşt binolari millat qudrati va ğururini namoyon etişga intilgan. XX asr oxiri va XXI asr binolari — Berlin gumbazi, Kanberraning maysali tomi, Kardiffning şişa devorlari — boşqa ğoyani ilgari suradi: parlament xalqqa oçiq va şaffof bölişi, fuqaro esa uning işini öz közi bilan köra olişi kerak.
Manbalar
Bundestag — From the Parliamentary Council to the most visited parliament in the world.
Bundestag — Reiçstag dome: visitor registration (gumbaz rasmi manbasi).
Bundestag (arxiv) — Reiçstag, roof, dome.
Bundestag (arxiv) — The conversion: looking to the future.
Bundestag (arxiv) — The Bundestag at a glance (PDF).
Országgyűlés — About the House of Parliament.
Országgyűlés — Az Országház leírása.
Congresso Nacional — Arquitetura (rasm manbasi).
Câmara dos Deputados — Palácio do Congresso Nacional completa 65 anos.
Senado Notícias — Rascunhos do Congresso desmontam ideia de que obras nasciam sem esforço.
Câmara dos Deputados — Visiting the Çamber.
Parliament of Australia — Take in some history.
Parliamentary Education Office — Why is there grass on the roof of Parliament House? (rasm manbasi).
Parliamentary Education Office — How long did it take to build the Parliament House?.
Parliamentary Education Office — Australian Parliament House opened.
Parliament of Australia — Appendix 1: Facts and statistics.
Bangladeş Parliament — Bangladeş Parliament Building.
Bangladeş Parliament — Architect and Parliament.
Bangladeş Parliament — History and Building.
Bangladeş Parliament (50 yillik) — Architecture Parliament.
Parliament of Sri Lanka — Parliament Building at Diyawanna completes 40 years (rasm manbasi).
Parliament of Sri Lanka — Evolution of the Parliamentary System.
UK Parliament — Designing a New Palace of Westminster.
UK Parliament — House of Lords building.
UK Parliament — A purpose-built home (Victoria Tower).
UK Parliament — Restoration and Renewal of the Palace of Westminster (Joint Committee report).
UK Parliament Heritage Collections — The Architects: Barry, Pugin and Scott.
Camera Deputaților (CIC) — Clădirea Palatului Parlamentului.
Senedd Cymru — The Senedd: a landmark building.
Senedd Cymru — Senedd at 15 (rasm manbasi).
Senedd Cymru — Five surprising facts about the Senedd.
European Parliament — Why does Parliament move between Brussels and Strasbourg?.
European Parliament — The European Parliament: organisation and operation.
European Parliament — Parliament adopts its calendar for 2026.
European Parliament — FAQ about MEPs and the European Parliament, 2009 (PDF).
European Parliament — Report on the location of the seats of the EU Institutions (2013).
European Parliament Multimedia Centre — Louise Weiss building (rasm manbasi).
Toşkent şahar hokimligi — Legislative Çamber of the Oliy Majlis Building.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti — Senatning yangi binosi qurilişi közdan keçirildi (15.01.2021).
Kun.uz — Qonunçilar qarorgohi: Özbekiston Senatining yangi binosiga fotosayohat (17.02.2022).
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki — “Oliy Majlis binosi” esdalik tangasi (1998).
💬 Rasmlar tegişli parlamentlarning rasmiy saytlaridan olingan, mualliflik huquqi ularning egalariga tegişli. Yevropa parlamenti rasmidan foydalaniş şarti: manbani körsatiş majburiy.