
INSTITUT YANGILIKLARI
Xabar qilib kelayotganimizdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitalari Parlament tadqiqotlari instituti xodimlari uçun sohaviy öquv seminarlarini ötkazib kelmoqda. Navbatdagi şunday uçraşuv Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi bilan bölib ötdi.
Uçraşuvda byudjet jarayoniga keng örin ajratildi. Byudjet muhokamalarida deputatlarga qanday tahlillar zarurligi xususida fikr almaşildi. Iqtisodiy qonun loyihalarini baholaşda qömitaning Institutdan kutayotgan natijalari ham muhokama qilindi.
Deputatlar iqtisodiy qonun loyihalarini qabul qilişda ilmiy va axborot-tahliliy ma’lumotlar, şuningdek, xorijiy tajriba yuzasidan takliflar bildirdilar.
Qömitaning nazorat-tahlil faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaş masalasi alohida körib çiqildi. Qonunlar qabul qilingaç, ularning mazmun-mohiyatini OAV orqali aholiga tuşuntiriş zarurligi ham tilga olindi. Buning uçun muloqotning turli şakllarini qöllaş yaxşi natija berişi qayd etildi.
💬 Yakunda tomonlar ustuvor tahliliy mavzularni hamda zarur ma’lumotlarning mazmuni va sifatiga qöyiladigan talablarni kelişib oldilar.
📸 FOTOLAVHA