
INSTITUT YANGILIKLARI
2026-yil 11-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutida Qonunçilik palatasining Mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasi bilan uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuv avvalida joriy yilning ötgan ön oyida qömitada muhokama qilingan qonun loyihalari va masalalarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Qömitaning nazorat-tahlil yönalişidagi işlariga ham töxtalib ötildi.
Şundan söng qömita faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaşga bölgan ehtiyojlar körib çiqildi. Ijtimoiy sohada qonun ijodkorligi va parlament nazoratini tadqiqot natijalari bilan ta’minlaş masalasi suhbatning asosiy mavzusi böldi. Deputatlar qonun loyihalarini körib çiqiş va qabul qilişda ilmiy va axborot-tahliliy ma’lumotlarga, xorijiy tajriba tahliliga ehtiyoj katta ekanini qayd etib, bu borada takliflar bildirdi.
Muloqot davomida bandlik, mehnat munosabatlari, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya yönalişlarida qömita uçun dolzarb bölgan tadqiqot mavzulari muhokama qilindi. Institut tayyorlaydigan ilmiy-tahliliy materiallarda qaysi körsatkiçlar aks etişi zarurligi yuzasidan fikr almaşildi.
Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatçilikka yetkaziş masalasi ham muhokama qilindi. Bu işda özaro muloqotning turli şakllaridan foydalaniş katta foyda berişi ta’kidlandi.
💬 Uçraşuv yakunida ustuvor tadqiqot mavzulari, zarur körsatkiçlar va tahliliy materiallarga qöyiladigan talablar belgilab olindi.
📸 FOTOLAVHA