MAQOLA

Yöldoş JÖRAYEV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori
Davlatimiz rahbari yaqinda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uçraşuvda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda ularning natijalariga töxtalib, qança zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng sönggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bölmaydi, deya ta’kidladi.
Darhaqiqat, islohotlarimizning asosiy maqsadlaridan biri ham fuqarolarning, uning ijtimoiy maqomi va istiqomat joyidan qat’i nazar, sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqini amalda ta’minlaşdan iboratdir. Bunda, albatta, malakali kadrlarning örni beqiyos.
Inson huquqlari töğrisida söz yuritilganda, köpinça siyosiy va fuqarolik erkinliklari ustuvor qöyiladi. Vaholanki, insonning jismoniy hamda ruhiy soğlomligi ta’minlanmagan makonda boşqa barça huquq va erkinliklar öz amaliy qimmatini yöqotadi. Şu bois yurtimizda tibbiy xizmatlar kölamini kengaytiriş va markazdan yiroqda joylaşgan hududlarda yaşovçi aholi uçun ham sifatli tibbiy yordamni yaqin hamda hamyonbop qiliş insonparvar siyosatning markazida turadi.
Konstitutsiyamizga köra, fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olişga haqli. Şu maqsadda davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam paketini joriy etiş, raqamlaştiriş asosida şaffof va integratsiyalaşgan tizimni yölga qöyiş, mahallalar miqyosida birlamçi böğin va skrining tizimini jadal rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovordir.
Raqamlarga murojaat qilaylik. Sönggi ön yilda 10 mln. aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilib, 58 mingta örin qöşildi, tibbiy xizmatlar hajmi uç baravar oşdi. Ilgari faqat xorijda körsatiladigan yuzdan ortiq murakkab xizmatlar — tuğma yurak nuqsonlari jarrohligi, tana a’zolari transplantatsiyasi, robot yordamidagi operatsiyalar endi yurtimizda amalga oşirilyapti. Oilaviy şifokor modeli 28 tumanda sinovdan ötkazilib, 7 mln. aholi muayyan şifokorga biriktirildi. Bu tumanlarda kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositalari bepul berilmoqda. 2027-yilda model yana 100 ta tumanga joriy etiladi, bepul dorilar röyxati 73 turga, tekin tahlillar esa 36 turga yetkaziladi.
Soğliqni saqlaş davlat siyosatining strategik ustuvorligiga aylangani moliyalaştirişda ham körinadi. Prezidentimiz 28-avgust kuni e’lon qilgan milliy dasturga köra, aholi salomatligi bilan boğliq davlat xarajatlari kelgusi beş yilda yalpi içki mahsulotning 5 foiziga yetkaziladi.
Muloqotda soğliqni saqlaş tizimini yanada takomillaştiriş va uni xalqaro standartlarga moslaştiriş böyiça ustuvor yönalişlar belgilab berildi. Xususan, ta’lim, quriliş, sanitariya-gigiyena, bemor xavfsizligi va xodimlar madaniyatini qamrab oladigan “Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari” joriy etiladi. Mazkur qadamlar bemorlarning huquqlarini himoyaga oliş bilan bir qatorda, soha mutaxassislarining maqomini yuksaltirişga ham xizmat qiladi. Bu, avvalo, sohani institutsional qöllab-quvvatlaş asosida şifokorlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini mustahkamlaş, kasbiy xavf-xatarlarni kamaytiriş hamda ularning mehnatini munosib rağbatlantirişni nazarda tutadi.
Şu bilan birga, raqamlaştiriş orqali ortiqça byurokratiyaga barham beriş, davlat tibbiy suğurtasini keng joriy etiş va bemorlar uçun ajratilayotgan mablağlarning şaffofligini ta’minlaş közda tutilmoqda. Davlat şifoxonalaridagi xizmatlar haqi suğurta tizimi orqali tölanadi, şifokor va hamşiralar iş haqini belgilaşda esa bemorlar mamnunligi asosiy mezonlardan biriga aylanadi.
Davlatimiz rahbari nutqida preventiv tibbiyot masalasiga ham alohida e’tibor berildi. Bu yondaşuv kasallikni davolaşdan köra uning oldini olişga urğu beradi, mahalla darajasida skrining hamda profilaktik köriklarni tizimli yölga qöyişni talab qiladi. Masalan, oşqozon, yöğon içak, prostata va öpka saratonini erta aniqlaş dasturi Samarqanddan boşlanib, 2028-yilda barça hududlarga tatbiq etiladi. Beş viloyatda amalga oşirilayotgan infarkt hamda insultga qarşi dastur natijasida beş oyda erta ölim holatlari 15 foizga kamaydi.
Yana bir muhim jihat, tibbiyotni yanada isloh qilişda ilm-fan, ta’lim va xodimlarning kasbiy mahoratini oşiriş bilan bevosita boğliq. Şundan kelib çiqib, 2027-yildan tibbiyot oliygohlari talabalari haftada uç kun bemor bilan işlaşni örganadi, tor mutaxassisliklar böyiça rezidentura bepul böladi. Tibbiy ta’lim sifatini oşiriş, xorijiy yetakçi markazlar bilan tajriba almaşiş, yuqori texnologiyali amaliyotlarni mahalliylaştiriş asosiy vazifalardan biri qilib belgilandi.
Soğliqni saqlaş tizimining samaradorligi bevosita unda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati va ma’naviy-ruhiy holatiga boğliq. Inson salomatligiga mas’ul bölgan, keçayu kunduz fidoyilik körsatayotgan şifokor va hamşiralarning ijtimoiy maqomini oşiriş, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasini ta’minlaş — davlat siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Bu borada qonunçilikda aniq kafolat ham mavjud.
Tibbiyot xodimlari bilan ötkazilgan samimiy muloqot soğliqni saqlaşga qaratilgan islohotlar faqatgina sohaviy yangilaniş emas, balki umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy-huquqiy taraqqiyotning mantiqiy davomi ekanini körsatadi. Mazkur jarayonda parlament zimmasiga ham mas’uliyatli vazifalar yuklanadi.
❝ Zero, bioetika va biotexnologiya, davlat tibbiy suğurtasi, tibbiyot xodimlarining huquqiy maqomi hamda ijtimoiy himoyasiga oid qonunçilik bazasini takomillaştiriş, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini parlament nazorati orqali izçil örganib boriş bugungi kun talabidir. ❞
Yöldoş JÖRAYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori