
INSTITUT YANGILIKLARI
2026-yil 9-noyabr kuni Parlament tadqiqotlari institutida “Özbekistonda ekologik sanoat parklarini rivojlantiriş: davlat siyosati böyiça muloqot va xabardorlikni oşiriş” mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Tadbir BMTning Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti (YuNIDO) Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda amalga oşirayotgan pilot loyiha doirasida taşkil etildi.
Tadbirda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Milliy statistika qömitasi, Soliq qömitasi, Energetiklar milliy assotsiatsiyasi, şuningdek, ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari va soha ekspertlari iştirok etdi.
Davra suhbatidan közlangan maqsad ekologik sanoat parklarining huquqiy maqomi, faoliyatini taşkil etiş xususiyatlari hamda ularning afzalliklarini muhokama qilişdan iborat böldi.
Tadbirni Parlament tadqiqotlari instituti direktori Akrom Toşpulatov, GIZning Barqaror iqtisodiy rivojlaniş dasturi menejeri Korneliya Skokov, Özbekistondagi loyiha komponenti rahbari Igor Yeromenko va YuNIDO loyihasi rahbari Tatyana Çernyavskaya kiriş sözi bilan oçdi.
Ta’kidlanganidek, ekologik sanoat parki deganda korxonalar özaro hamda mahalliy aholi bilan hamkorlik qiliş orqali iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaradorlikni oşirişga intiladigan sanoat hududi tuşuniladi. Amalda bu xizmatlar va resurslardan birgalikda foydalaniş, energiya va suv iste’molini kamaytiriş, korxonalar örtasida materiallar almaşinuvini yölga qöyişni anglatadi. Bunday parklarga qöyiladigan xalqaro talablar YuNIDO, Jahon banki guruhi va GIZ tomonidan işlab çiqilgan «Ekologik sanoat parklar böyiça xalqaro asosiy mezonlar»da belgilangan.
Qayd etiş joizki, loyihaning 2023–2025-yillarda amalga oşirilgan birinçi bosqiçida baholaş işlari, manfaatdor tomonlar bilan maslahatlaşuvlar va institutsional tahlillar ötkazildi. Resurslardan samarali foydalaniş böyiça amaliy tajriba töplandi, mavjud böşliqlar tahlil qilindi. Şuningdek, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqildi.
Loyihaning ikkinçi bosqiçida Farğona va Urgutdagi pilot sanoat zonalarini qöllab-quvvatlaş davom ettiriladi, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida ekologik sanoat parklari yondaşuvlarini qöllaş imkoniyatlari örganiladi. Bundan taşqari, yangi taşkil etiladigan sanoat zonalaridan birini ekologik sanoat parki konsepsiyasi asosida rejalaştiriş imkoniyati baholanadi.
Birinçi sessiyada ekologik sanoat parklarini rivojlantiriş böyiça “yöl xaritasi”, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining joriy holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. YuNIDO xalqaro eksperti Dik van Birs ekologik sanoat parklarini rivojlantiriş böyiça xorijiy tajriba haqida ma’lumot berdi. Bu jarayonda davlat organlari, sanoat parklari ma’muriyatlari va boşqa manfaatdor tomonlar qanday vazifalarni bajarişiga töxtaldi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti vakili Sergey Çepel ekologik sanoat parklarini hududiy rivojlaniş nuqtai nazaridan körib çiqiş va bu yönalişda ilmiy tadqiqotlar hamda dalillarga asoslangan ma’lumotlar zarurligini qayd etdi.
💬 Tadbir yakunida iştirokçilar mamlakatimizda ekologik sanoat parklari faoliyatini yölga qöyiş muhim ahamiyat kasb etişi, şu bois uning huquqiy asoslarini rivojlantiriş zarurligini qayd etib, bu borada ilmiy tadqiqotlarni amalga oşirişda hamkorlik qilişga kelişib olindi.
📸 FOTOLAVHA