
INSTITUT YANGILIKLARI
2026-yil 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutida “Kitob — tafakkur va kasbiy salohiyat maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir ötkazildi. Unda Institut xodimlari, olimlar, soha mutaxassislari va yoşlar iştirok etdi.
Tadbir kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantiriş, kasbiy bilim va könikmalarini muntazam boyitib boriş, ilğor xorijiy tajribani örganiş hamda ilmiy tafakkurni parlament faoliyati bilan uyğunlaştiriş masalalariga bağişlandi.
Dastlab iştirokçilarga Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino hayotidan keltirilgan misollar orqali buyuk allomalarning ilmga intilişi, mutolaaga bölgan munosabati va umr davomida bilim olişga bölgan ehtiyoji yoritildi. Şuningdek, parlament tadqiqotlari tizimining şakllanişi va rivojlanişida kutubxonalar hamda ilmiy-tahliliy markazlarning örni oçib berildi.
Ma’ruza davomida kasbiy bilimlarni çuqurlaştiriş va dunyoqaraşni kengaytirişga xizmat qiladigan adabiyotlar qatorida Si Szinpinning “Davlat boşqaruvi töğrisida”, Jon Styuart Millning “Vakillik boşqaruvi haqida mulohazalar”, Monteskyoning “Qonunlar ruhi haqida” asarlari hamda “Temur tuzuklari”da ilgari surilgan davlat boşqaruvi, vakillik nazorati, qonun ustuvorligi va maslahatlaşuvga oid ğoyalarning mazmun-mohiyati, şuningdek, ularning bugungi kun uçun ahamiyati haqida fikr yuritildi.
Şuningdek, Endryu Heyvudning siyosiy ğoyalar tahliliga oid asari asosida siyosiy partiyalarning söl, markaz va öng ğoyaviy yönalişlari, ularning nazariy asoslari, mazmun-mohiyati va öziga xos xususiyatlari tahlil qilindi.
💬 Ma’ruzalarda kitob mutolaasining şaxsiy va kasbiy kamolotdagi ahamiyati, siyosiy jarayonlarni çuqur anglaş va tahlil qilişda nazariy bilimlarning örni, şuningdek, xorijiy tajribani milliy şaroitga moslaştirişning ilmiy-amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
📸 FOTOLAVHA