MUNOSABAT

Dmitriy RAXMANOV
Parlament tadqiqotlari institutining Sud-huquq sohasida tadqiqotlar bölimi boşliği, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD)
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining hududlarda xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oşiriş jarayonlarini monitoring qiliş, investitsiyaviy samaradorlikni baholaş hamda investorlar bilan işlaş mexanizmlarini takomillaştiriş yuzasidan parlament söroviga javobi muhokama qilindi.
Mazkur masala 3-noyabr kuni Qonunçilik palatasining yalpi majlisida ham körib çiqildi.
Fraksiya yiğilişida deputatlar tomonidan jalb etilgan investitsiyalar hajmi bilan bir qatorda, ularning amaldagi natijadorligini baholaş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xorijiy investitsiyalar iştirokida qaysi loyihalar amalga oşirilgani, ularning dastlab belgilangan maqsadlariga qay darajada erişilgani, sarflangan mablağlarning iqtisodiy qaytimi va hududlar rivojiga qöşayotgan hissasi yuzasidan savollar bildirildi.
Şuningdek, fraksiya a’zolari tomonidan investitsiya loyihalariga kiritilgan mablağlar va erişilgan natijalarni özaro taqqoslaş, ularning iqtisodiy samarasini aniq körsatkiçlar asosida baholaş, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, ekologik toza texnologiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilişga yönaltirilgan investitsiyalarning natijadorligini örganiş masalalari kötarildi.
Vazirlik tomonidan taqdim etilgan javobda investitsiya loyihalarini raqamli monitoring qiliş mexanizmlari, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati, xorijiy kreditlar iştirokida amalga oşirilayotgan loyihalar hamda ularning iqtisodiy natijalariga oid batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Şu bilan birga, fraksiyadagi muhokamalar parlament nazorati amaliyoti uçun muhim bölgan yana bir masalani körsatdi. Parlament sörovining natijadorligi, avvalo, uning aniq maqsadga yönaltirilgani, olingan javob va ma’lumotlarning şu maqsadga erişişdagi amaliy ahamiyati hamda ulardan kelib çiqadigan xulosalar bilan belgilanadi.
E’tiborlisi, fraksiya yiğilişlarida deputatlar tomonidan bu kabi masalalar ilgari ham kötarilgan. Bu holat parlament sörovlarining maqsadi, predmeti va kutilayotgan natijalarini yanada aniq belgilaş zaruratiga e’tibor ortib borayotganini körsatadi.
Darhaqiqat, parlament sörovi davlat organlari faoliyati töğrisida ma’lumot oliş vositasigina emas. U muayyan sohadagi muammolarni aniqlaş, qabul qilingan qarorlar ijrosini baholaş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş hamda zarur hollarda qonunçilikni takomillaştirişga xizmat qiluvçi parlament nazorati mexanizmlaridan biridir.
Şu nuqtai nazardan, parlament söroviga javob olinişi bilan nazorat jarayoni öz nihoyasiga yetmaydi. Taqdim etilgan ma’lumotlar tahlili yangi savollarni yuzaga keltirişi, ayrim masalalarni çuqurroq örganiş yoki keyingi parlament sörovlari orqali ularga aniqlik kiritiş zaruratini keltirib çiqarişi mumkin.
Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasida bölib ötgan muhokama ham parlament sörovlarini tayyorlaşda aniq maqsad va vazifalarni belgilaş, olingan javoblarni esa dastlab közlangan natijalar nuqtai nazaridan baholaş muhimligini yana bir bor namoyon etdi.
❝ Bunday yondaşuv parlament nazoratining izçilligini ta’minlaş, uning amaliy natijadorligini oşiriş hamda davlat organlari bilan muloqotni yanada aniq maqsadlarga yönaltirişga xizmat qiladi. ❞
Dmitriy RAXMANOV,
Parlament tadqiqotlari institutining Sud-huquq sohasida tadqiqotlar bölimi boşliği, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD)