
INSTITUT YANGILIKLARI
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutida Qonunçilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi rahbariyati va a’zolari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Unda qömitaning asosiy faoliyat yönalişlari, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida muhokama qilingan qonun loyihalari va körib çiqilgan masalalar, şuningdek, qonun ijodkorligi va parlament nazorati faoliyatini ilmiy-tahliliy jihatdan ta’minlaş ehtiyojlari muhokama qilindi.
Şuningdek, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, jamoatçilik nazoratining ta’sirçanligini oşiriş, qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlarida fuqarolar iştirokini kengaytiriş, jamoatçilik fikrini örganiş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda uşbu yönalişlarda xorijiy tajribadan foydalaniş istiqbollariga e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida hamkorlikning kelgusi ustuvor yönalişlari ham belgilab olindi. Xususan, qömita faoliyatiga mos yillik ilmiy-tadqiqot dasturini şakllantiriş, qonun loyihalarini ilmiy-huquqiy ekspertizadan ötkaziş, xorijiy davlatlar qonunçiligi va huquqni qöllaş amaliyotini muntazam örganiş, parlament eşituvlari hamda deputatlik sörovlarini tahliliy materiallar bilan ta’minlaş taklif etildi. Şuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati, jamoatçilik nazorati va ijtimoiy şeriklik mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan tadqiqotlarni kengaytiriş, soha mutaxassislari va olimlar iştirokida ekspertlik hamkorligini yölga qöyiş hamda qömita va Institut örtasidagi işlarni aniq vazifalar, muddatlar va kutilayotgan natijalar asosida taşkil etiş masalalari körib çiqildi.
💬 Uçraşuv yakunida ilmiy tadqiqotlar natijalarini qonunçilik taşabbuslarini tayyorlaş va parlament nazorati jarayonlarida qöllaş, qömita faoliyati uçun zarur tahliliy materiallarni tizimli ravişda taqdim etiş hamda hamkorlik samaradorligini muntazam baholab boriş böyiça işlarni davom ettirişga kelişib olindi.
📸 FOTOLAVHA