Ortga qaytish Chop etish

Ta’limdagi sun’iy intellekt – bilimni kuçaytiradimi yoki fikrlaşni susaytiradimi?

MAQOLA

Zafar MUHAMMADOV

Zafar MUHAMMADOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği

Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini har bir öquvçining ehtiyojiga moslaştiriş, murakkab mavzularni sodda va tuşunarli tarzda izohlaş, özlaştiriş darajasiga qarab maşqlar tavsiya etiş hamda öquvçiga tezkor fikr-mulohaza bildiriş imkonini beradi. Şuningdek, u öqituvçilarning darsga tayyorgarlik köriş, öquv materiallarini işlab çiqiş va ayrim takroriy vazifalarni bajarişga sarflaydigan vaqtini qisqartirişi mumkin.

Sönggi yillardagi ilmiy meta-tahlillar sun’iy intellekt vositalaridan foydalaniş muayyan şaroitlarda ta’lim natijalarini yaxşilaşi mumkinligini körsatmoqda. Biroq bu natijalar barça fanlar, yoş guruhlari va ta’lim muassasalariga birdek tatbiq etilmaydi. Hal qiluvçi omil texnologiyaning qanday pedagogik maqsad va usullar asosida qöllanilişidir.

Şu örinda ta’limdagi eng muhim savol yuzaga keladi. Sun’iy idrok öquvçining bilim olişiga yordam beryaptimi yoki uning örniga vazifalarni bajarib, mustaqil fikrlaş ehtiyojini kamaytiryaptimi? Zero, topşiriqni muvaffaqiyatli bajariş bilan bilimni çuqur egallaş har doim ham bir xil natija emas.

Muammoning mohiyati topşiriqni muvaffaqiyatli bajariş bilan bilimni çuqur egallaş örtasidagi farqda namoyon böladi. Sun’iy intellekt öquvçiga vazifani tezroq va sifatliroq bajarişda yordam berişi mumkin. Biroq bu uning mavzuni yaxşiroq tuşungani yoki olgan bilimini mustaqil qöllay olişini anglatmaydi. 2025-yilda e’lon qilingan Angliyadagi randomizatsiyalangan tadqiqot va bilimning uzoq muddat saqlanişiga oid ayrim ilmiy izlanişlar sun’iy intellektga haddan taşqari tayaniş öquvçining faol fikrlaşi hamda örganganlarini eslab qolişiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligidan ogohlantiradi.

Mamlakatimiz uçun ham asosiy vazifa sun’iy intellektdan maktablarda foydalanişning aniq pedagogik va huquqiy mezonlarini belgilaşdir. Har bir vosita qanday ta’limiy maqsadga xizmat qilişi, öquvçilarning qaysi ma’lumotlarini töplaşi, ularning mustaqil fikrlaşiga qanday ta’sir körsatişi va xatolar uçun kim javobgar bölişi oldindan aniqlanişi lozim. Mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantiriş strategiyasi, şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilişga oid qonunçilik, 2026-yilda qabul qilingan qonunçilik özgartirişlari va sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça etika qoidalari umumiy huquqiy asosni şakllantiradi. Endigi vazifa uşbu talablarni ta’lim sohasining öziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy mexanizmlarga aylantirişdir.

Bugun öquvçi murakkab matematik masalaning javobini bir neça soniyada topişi mumkin. Ammo ta’limning haqiqiy natijasi javob qançalik tez olingani bilan emas, öquvçi uni topiş va tuşuniş jarayonida qançalik mustaqil fikrlagani bilan belgilanadi.

Tayyor javob va haqiqiy bilim örtasidagi farq

Tasavvur qilaylik, öquvçiga uyga murakkab algebra masalasi berildi. U masalani sun’iy intellektga kiritadi va bir neça soniyada nafaqat javobni, balki bosqiçma-bosqiç yeçimni ham oladi. Daftar töldiriladi, vazifa bajariladi, hatto yaxşi baho ham olinişi mumkin. Ammo ertasi kuni öqituvçi şunga öxşaş masalani mustaqil yeçişni söraganida, öquvçi nimadan boşlaşni bilmay qoladi.

Bu holat sun’iy intellektning ta’lim uçun zararli ekanini anglatmaydi. Aksinça, u muhim bir farqni oçib beradi. Tayyor natijaga erişiş bilan bilimni mustaqil egallaş bir xil jarayon emas. Öquvçi masalaning yeçimini körişi mumkin, biroq uning mantiğini tuşunmasa, olgan ma’lumotini yangi vaziyatda qöllaşga qiynaladi.

UNESCOning generativ sun’iy intellektdan ta’lim va tadqiqotda foydalaniş böyiça qöllanmasida ham texnologiyani inson manfaatlari va pedagogik maqsadlarga böysundiriş zarurligi ta’kidlanadi. Bunday yondaşuvda sun’iy intellekt öquvçining örganiş jarayonini qöllab-quvvatlaydigan yordamçi bölişi kerak.

Bu masala, ayniqsa, bolalar ta’limida muhim ahamiyatga ega. Parlamentlararo ittifoqning 2026-yil oktabrida e’lon qilingan bolalar huquqlari va sun’iy intellektga oid materialida texnologiyaning ta’limni şaxsiylaştiriş va öqituvçilar faoliyatini qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari bilan bir qatorda, unga haddan taşqari tayaniş xavflari ham körib çiqiladi. Xususan, sun’iy intellektdan foydalaniş öquvçilarning yoziş, mustaqil mulohaza yuritiş va muammolarni hal qiliş könikmalarini rivojlantiriş hisobiga bölmasligi lozim.

Şu nuqtayi nazardan, maktablarda sun’iy intellekt savodxonligini şakllantiriş faqat yangi texnologiyadan foydalanişni örgatiş bilan çeklanmasligi kerak. Öquvçi tayyor javobni tanqidiy baholaş, undagi xatolarni aniqlaş, manbalarni tekşiriş va zarur hollarda sun’iy intellektsiz mustaqil qaror çiqarişni ham örganişi zarur. Texnologiya öqituvçining örnini egallamasligi, öquvçini esa fikrlaş jarayonidan çetlaştirmasligi kerak.

Tadqiqotlar nimani körsatmoqda?

Sun’iy intellektning ta’limga ta’siri haqida biryoqlama xulosa çiqarişga hali erta. Mavjud tadqiqotlar muhim bir jihatni körsatmoqda – texnologiya pedagogik maqsadlarga muvofiq qöllanilganda foyda berişi, öquvçining mustaqil fikrlaşini almaştirganda esa xavf tuğdirişi mumkin.

Bunga Angliyada ötkazilgan tadqiqot misol böla oladi. Yetti maktabdagi 14–15 yoşli 405 nafar öquvçi matnlarni uç usulda örgangan, ya’ni an’anaviy konspekt oliş, katta til modelidan foydalaniş yoki ikkala usulni birlaştiriş usulida. Uç kundan keyingi sinovda konspekt olgan yoki uni sun’iy intellekt bilan birga qöllagan guruhlar faqat sun’iy intellektdan foydalanganlarga qaraganda mavzuni tuşuniş va eslab qolişda yaxşiroq natija körsatgan. Şunga qaramay, köpçilik öquvçilar sun’iy intellektni qulayroq va foydaliroq deb hisoblagan.

Bu tajriba muhim xulosaga undaydi. Öquvçiga qulay tuyulgan usul har doim ham bilimni yaxşiroq özlaştirişga xizmat qilmaydi.

Boşqa tadqiqotlar sun’iy intellektning ijobiy imkoniyatlarini ham körsatadi. 2022–2025-yillardagi 68 ta eksperimental va kvazieksperimental tadqiqotni qamrab olgan meta-tahlilda generativ sun’iy intellektning öquv natijalariga örtaça ijobiy ta’siri aniqlangan. Biroq natijalar sezilarli farqlangan. Samaradorlik ta’lim bosqiçi, fan, tadqiqot davomiyligi va pedagogik şaroitga boğliq bölgan.

2026-yilda e’lon qilingan, maktab ta’limiga oid 34 tadqiqotni umumlaştirgan yana bir meta-tahlilda sun’iy intellekt agentlarining bilim va könikmalarga örtaça ijobiy ta’siri qayd etilgan. Ammo yuqori darajadagi fikrlaş könikmalariga ta’siri statistik jihatdan işonçli bölmagan.

Demak, “sun’iy intellekt ta’limni yaxşilaydi” yoki “sun’iy intellekt fikrlaşni susaytiradi” degan keskin xulosalarning har ikkisi ham masalani soddalaştiradi. Asosiy farq texnologiyaning öquvçini mustaqil fikrlaşga undaşi yoki tayyor javobga qaram qilib qöyişidadir.

Şu jihatdan Buyuk Britaniyaning 2026-yilda yangilangan ta’limga möljallangan generativ sun’iy intellekt mahsulotlari xavfsizligi standartlari e’tiborga molik. Ularda tayyor yeçimni darhol taqdim etiş örniga dastlab işora, yönaltiruvçi savol yoki qisman yordam beriş, öquvçini mustaqil urinişga undaş tavsiya etiladi. Şuningdek, fikrlaş vazifalarini sun’iy intellekt zimmasiga haddan taşqari yuklaş xavfini kuzatiş zarurligi ta’kidlanadi.

Imkoniyat va xavf bir xil texnologiyada

Sun’iy intellektning asosiy ustunligi uning moslaşuvçanligidir. U bir öquvçiga mavzuni sodda tilda, boşqasiga murakkabroq misollar orqali tuşuntirişi, qöşimça maşqlar tavsiya etişi, öqituvçiga esa testlar, dars rejalari va öquv materiallarini tayyorlaşda yordam berişi mumkin. UNICEF ham pedagogik samaradorligi dalillar bilan tasdiqlangan AI-repetitorlar, şaxsiylaştirilgan ta’lim, formativ baholaş va öqituvçilarni qöllab-quvvatlaş vositalarining imkoniyatlariga e’tibor qaratadi.

Biroq bu imkoniyatlar muayyan xavflarni ham yuzaga keltiradi. Öquvçi sun’iy intellektdan muntazam ravişda vazifalarni uning örniga bajarişni sörasa, aqliy mehnatning bir qismi texnologiya zimmasiga ötadi. Oliy ta’limdagi ayrim tadqiqotlarda sun’iy intellektga kuçli boğliqlik tanqidiy fikrlaşning pastroq körsatkiçlari bilan boğlangan. Boşqa randomizatsiyalangan tadqiqotda esa ChatGPT yordamida öqigan guruh 45 kundan keyingi bilimni eslab qoliş sinovida an’anaviy usulda ta’lim olgan guruhdan pastroq natija körsatgan. Bu xulosalarni maktab öquvçilariga bevosita tatbiq etib bölmaydi, ammo ular mustaqil fikrlaş vazifalarini texnologiyaga topşiriş xavfini çuqur örganiş zarurligini körsatadi.

Xavflar faqat fikrlaş bilan çeklanmaydi. Sun’iy intellekt tizimlari öquvçilarning savollari, yozma işlari, qobiliyatlari va xulq-atvoriga oid şaxsiy ma’lumotlarni qayta işlaşi mumkin. UNESCO ma’lumotlar maxfiyligini ta’limda generativ sun’iy intellektdan foydalanişning muhim şartlaridan biri deb hisoblaydi. Buyuk Britaniya esa maktablarga öquvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlanmagan sun’iy intellekt vositalariga kiritmaslikni va ulardan modellarni öqitişda foydalanilişi ehtimolini hisobga olişni tavsiya etadi.

Algoritmik tarafkaşlik öquvçining bilim va qobiliyatini notöğri baholaşga, sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan işlar esa akademik halollik mezonlarining buzilişiga olib kelişi mumkin. UNICEF ta’kidlaganidek, raqamli texnologiyalar bolalarning jismoniy faolligi, yuzma-yuz muloqoti, öyinlari va soğlom rivojlanişi uçun zarur boşqa maşğulotlarni siqib çiqarmasligi lozim.

Xalqaro yondaşuvlarning öziga xos jihatlari

Yondaşuv Asosiy yönaliş Özbekiston uçun tajriba
Yevropa Ittifoqi AI Act ta’limga kiriş, öquv natijalarini baholaş va ta’lim yönalişini belgilaşga jiddiy ta’sir qiluvçi ayrim sun’iy intellekt tizimlarini yuqori xavfli deb tasniflaydi. Barça vositalarga bir xil talab qöyiş emas, ularni xavf darajasiga qarab tartibga soliş.
Buyuk Britaniya Maktablar uçun sun’iy intellektdan xavfsiz foydalaniş, ma’lumotlarni himoya qiliş, mahsulot xavfsizligi va joriy etiş jarayonini baholaş böyiça amaliy körsatmalar işlab çiqilgan. Qonunçilik bilan çeklanmay, maktablarda texnologiyani xarid qiliş, qöllaş va nazorat qiliş mezonlarini belgilaş.
Avstraliya Maktablarda generativ sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça milliy yondaşuv xavfsizlik, maxfiylik, tenglik va baholaşning işonçliligini qamrab oladi hamda muntazam yangilanadi. Tez özgarayotgan texnologiyalar uçun talablarni davriy qayta körib çiqiş mexanizmini yaratiş.
OECD va Yevropa Komissiyasi 2026-yilgi sun’iy intellekt savodxonligi ramkasi texnologiyani tuşuniş, uning natijalarini tanqidiy tekşiriş, undan mas’uliyatli va ijodiy foydalanişga e’tibor qaratadi. Öquvçilarga faqat sörov yozişni emas, sun’iy intellekt javoblarini tekşiriş va mustaqil baholaşni ham örgatiş.
Özbekiston 2030-yilgaça sun’iy intellektni rivojlantiriş strategiyasi, ÖRQ-1115-son Qonun, şaxsga doir ma’lumotlar qonunçiligi va 2026-yilgi etika qoidalari umumiy huquqiy asosni şakllantiradi. Umumiy tamoyillarni ta’lim sohasi uçun aniq, ölçanadigan va nazorat qilinadigan amaliy talablarga aylantiriş.

Özbekiston parlamenti uçun amaliy kun tartibi

Özbekistonda masalani “sun’iy intellektni maktabda taqiqlaş yoki ruxsat beriş” tarzida qöyiş yetarli emas. PQ–358-son qaror sun’iy intellekt böyiça bilim va könikmalarni oşirişni davlat strategiyasining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilagan. 2026-yilgi etika qoidalarida esa sun’iy intellekt qarorlari inson nazorati ostida bölişi, şaffoflik, ma’lumotlarni himoya qiliş va kamsitmaslik talablariga rioya etilişi közda tutilgan.

Şu huquqiy poydevor asosida parlament beş yönalişga e’tibor qaratişi maqsadga muvofiq.

Birinçidan, maktablarda qöllanadigan sun’iy intellekt vositalarini xavf darajasiga qarab tasniflaş zarur. Dars rejasini tayyorlaşga yordam beradigan tizim bilan öquvçining bilimini avtomatik baholab, uning keyingi ta’lim yönalişiga ta’sir körsatadigan tizimga bir xil talab qöyilmasligi kerak. Yevropa Ittifoqining xavfga asoslangan yondaşuvi bu borada foydali tajribadir.

Ikkinçidan, yuqori xavfli ta’lim texnologiyalarini joriy etişdan oldin ularning bola huquqlari va şaxsiy ma’lumotlar himoyasiga ta’sirini baholaş tartibini sinovdan ötkaziş mumkin. UNICEF bolalarga ta’sir qiluvçi sun’iy intellekt tizimlarida xavfsizlik, maxfiylik, adolatlilik, tuşuntiriluvçanlik va bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratadi.

Uçinçidan, maktablar uçun sun’iy intellekt mahsulotlarini xarid qilişning milliy standartlarini işlab çiqiş lozim. Ularda faqat zarur ma’lumotlarni yiğiş, bolalar ma’lumotlaridan modellarni qayta öqitişda avtomatik foydalanmaslik, yoşga mos tuşuntirişlar beriş, xatolar haqida xabar qiliş va qarorlarni inson tomonidan qayta körib çiqiş imkoniyatlari nazarda tutilişi mumkin.

Törtinçidan, öqituvçilarni tayyorlaş faqat sun’iy intellekt vositalaridan foydalanişni örgatiş bilan çeklanmasligi kerak. Pedagog qaysi vazifalarda texnologiya yordamidan foydalaniş, qaysi bosqiçlarda esa öquvçining mustaqil fikrlaşini ta’minlaş zarurligini bilişi lozim. OECD va Yevropa Komissiyasining 2026-yilgi yondaşuvi ham sun’iy intellekt savodxonligini bilim, könikma va mas’uliyatli munosabatlar uyğunligi sifatida köradi.

Beşinçidan, parlament nazoratida texnologiyani joriy etiş kölamidan köra uning haqiqiy natijalariga ustuvor ahamiyat berilişi kerak. Oliy Majlis nafaqat qança maktabda sun’iy intellekt qöllanayotganini, balki uning bilim sifati, mustaqil fikrlaş, teng imkoniyatlar va bolalar xavfsizligiga ta’sirini ham baholaşi zarur. Parlamentlararo ittifoqning yondaşuvi ham nazoratni bolalar huquqlari va rivojlanişiga real ta’sir bilan boğlaş muhimligini körsatadi.

Bosqiçma-bosqiç yöl xaritasi va ölçov mezonlari

2027-yil Mavjud sun’iy intellekt vositalarini inventarizatsiya qiliş va dastlabki baholaş
2027–2028-yillar Tanlangan maktablarda tajriba-sinov loyihalarini ötkaziş
2028-yil Mustaqil pedagogik va huquqiy baholaş
2028–2029-yillar Milliy standartlarni işlab çiqiş va öqituvçilarni tayyorlaş
2029–2030-yillar Samarali yeçimlarni bosqiçma-bosqiç kengaytiriş
2030-yildan boşlab Doimiy monitoring va talablarni davriy qayta körib çiqiş

Dastlab maktablarda qaysi sun’iy intellekt vositalari qöllanayotgani, ular qanday ma’lumotlarni qayta işlayotgani va qaysi pedagogik maqsadlarga xizmat qilayotgani aniqlanişi lozim. Keyingi bosqiçda turli hudud va ta’lim şaroitlarini qamrab olgan tajriba-sinov loyihalari ötkazilib, sun’iy intellektdan foydalangan öquvçilarning natijalari taqqoslaş guruhlari bilan soliştirilişi maqsadga muvofiq. UNICEF ham ta’lim texnologiyalarini keng joriy etişdan oldin ularning pedagogik samaradorligi, xavfsizligi va mahalliy şaroitga mosligini dalillar asosida baholaş zarurligini ta’kidlaydi.

Monitoring faqat imtihon baholari bilan çeklanmasligi kerak. Bilimning bir neça haftadan keyin saqlanişi, mustaqil masala yeçiş, fikrni dalillaş va manbalarni tekşiriş könikmalari ham baholanişi zarur. Şuningdek, öqituvçining tejalgan vaqti, sun’iy intellekt xatolari, notöğri yoki kamsituvçi natijalar, şaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bilan boğliq hodisalar, öquvçi va ota-onalar şikoyatlari hamda hududlar va ijtimoiy guruhlar örtasidagi tafovutlar kuzatib borilişi lozim.

Ilmiy dalillarda ham muayyan çeklovlar mavjud. Generativ sun’iy intellektga oid köplab tadqiqotlar qisqa muddatli, iştirokçilar soni nisbatan kam, natijalar esa fanlar va yoş guruhlari böyiça sezilarli farqlanadi. Meta-tahlillardagi yuqori tafovut ham umumiy xulosalarni ehtiyotkorlik bilan talqin qilişni talab etadi. Şu bois Özbekiston maktablari, özbek tilidagi sun’iy intellekt vositalari, şahar va qişloq öquvçilari, alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar hamda bilimning uzoq muddat saqlanişi böyiça mahalliy tadqiqotlar zarur.

Xulosa şuki, sun’iy intellekt ta’lim sifatini öz-özidan na yaxşilaydi, na yomonlaştiradi. U öquvçiga murakkab mavzularni tuşunişda yordam beradigan intellektual tayanç ham, uning örniga fikrlaydigan qulay protez ham bölişi mumkin. Qaysi yöl ustun kelişi texnologiyaning imkoniyatlaridan köra, undan qanday pedagogik maqsadlarda foydalanilişiga boğliq.

Asosiy masala topşiriqni bajariş bilan bilimni egallaş örtasidagi farqni unutmaslikdir. Şu bois sun’iy intellektning samaradorligi bajarilgan vazifalar soni yoki tayyor javoblar sifati bilan emas, balki öquvçining bilimni çuqur özlaştirişi, mustaqil fikrlaşi va uni amalda qöllay olişi bilan baholanişi lozim.

Parlament uçun ham asosiy mezon maktablarga qança sun’iy intellekt vositasi joriy etilgani emas, balki ular haqiqiy bilim, mustaqil tafakkur va teng ta’lim imkoniyatlarini qançalik kengaytirganidir.

❝ Zero, ta’limdagi texnologiyaning vazifasi öquvçi örniga fikrlaş emas, uning fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişdir. ❞

Zafar MUHAMMADOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği