MAQOLA

Oybek QÖŞBOQOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori
Mehnat bozorida muvozanat qanday ta’minlanadi?
Yangi Özbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson, uning huquq va manfaatlari turibdi. Umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Özbekistonni ijtimoiy davlat deb belgiladi. Asosiy qonunimizning 42-moddasida har kimning munosib mehnat qiliş va işsizlikdan himoyalaniş huquqi mustahkamlangan. Bu huquqni amalda ta’minlaş davlatning eng asosiy vazifalaridan biridir. Prezidentimiz 2 noyabr kuni mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlab ötkazgan yiğilişda şu masalani davlat siyosati darajasida kun tartibiga qöydi.
Yiğilişda asosan xorijda işlayotgan yurtdoşlarimiz haqida söz bordi. Biroq davlatimiz rahbari masalaning ikkinçi tomonini ham çetlab ötmadi. Aytib ötilgan ma’lumotlarga köra, mamlakatimizda uzoq muddat yaşayotgan çet elliklar soni 250 mingga yaqinlaşgan. Ularning 36 ming nafari işlaşga ruxsatnoma olgan, 24 ming nafari talabadir. Prezidentimiz qolganlarning bandligi va daromad manbalari haqida aniq ma’lumot bölişi zarurligini, yangi iş örinlariga esa birinçi navbatda öz fuqarolarimizni joylaştiriş kerakligini ta’kidladi. Bu talab ijtimoiy davlat tamoyilidan bevosita kelib çiqadi.
Sönggi yillarda yurtimiz dunyoga öz eşiklarini keng oçdi. Viza va röyxatga oliş tartiblari soddalaştirildi, şuningdek xorijiy investor va mutaxassislar uçun yangi imkoniyatlar yaratildi. Davlatimiz rahbari yiğilişda oçiqlik siyosatini davom ettirgan holda, bu masalada qat’iy tartib-intizom bölişi kerakligini ta’kidladi. Bu talab davlatimizning aniq pozitsiyasini ifodalaydi.
“Özbekiston – 2030” strategiyasida har bir fuqaroga öz salohiyatini rivojlantiriş uçun barça imkoniyatlarni yaratiş maqsadi belgilangan. Fikrimizça, öz yurtida munosib iş topiş imkoniyati bu maqsadning poydevoridir. Masalani qonun darajasida hal qiliş esa parlament zimmasiga tuşadi. Parlament tadqiqotlari instituti ham xorijdan işçi kuçini jalb qiliş tartibini ana şu nuqtai nazardan örganib çiqdi. Biz oçiqlik siyosatidan voz keçmagan holda içki mehnat bozorini va fuqarolarimizning mehnat huquqlarini qanday himoya qiliş mumkin, degan savolga javob izladik.
Şu kuni Prezidentimiz Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro öquv markazida ham böldi. Markazni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi taşkil etgan. Bu yerda xorijda işlamoqçi bölgan fuqarolar çet tilini va kasbni örganadi, malakasini tasdiqlatadi va işga joylaşişda kömak oladi. Hozir markazda oltita xalqaro loyiha böyiça 240 nafar tinglovçi öqimoqda. Davlatimiz rahbari markazdagi uçraşuvda öz maqsadini oçiq aytdi: “Men yoşlarimizni çet elga oddiy işçi emas, malakali mutaxassis sifatida yubormoqçiman”.
Taşqi mehnat migratsiyasidagi raqamlar ham özgarmoqda. Keltirilgan ma’lumotga köra, sönggi ön yilda çet elda işlayotgan yurtdoşlarimiz soni ikki barobar kamaygan, ular oilalariga yuborayotgan mablağ esa tört barobar köpaygan. Markaziy bank ma’lumotiga köra, hozir xorijda 1,4 millionga yaqin hamyurtimiz mehnat qilmoqda. Yil boşidan buyon 1 million 116 ming nafar fuqaro xorijdan qaytib keldi. Yiğilişda ulardan 250 ming nafarini yil oxirigaça munosib iş bilan ta’minlaş yoki tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş vazifasi belgilandi.
Teskari yönalişdagi oqim esa kuçaymoqda. 70 dan ortiq davlat fuqarolari uçun 30 kungaça vizasiz tartib joriy qilindi, röyxatga oliş qoidalari soddalaştirildi. Natijada respublikamizda vaqtinça röyxatdan ötgan çet el fuqarolari soni 2022 yilda 1 759 984 nafar bölgan bölsa, 2024 yilda 2 828 359 nafarga yetdi. Yiğilişda keltirilgan ma’lumotga köra, işlaşga ruxsatnoma olgan xorijliklarning 80 foizi quriliş, quriliş materiallari işlab çiqariş, töqimaçilik va xizmat körsatiş sohalarida band. Ularning aksariyati yuqori malaka talab etilmaydigan lavozimlarda işlamoqda.
Şu ikki ma’lumotni yonma-yon qöysak, öylantiradigan manzara hosil böladi. Bir tomonda iş izlayotgan yuz minglab yurtdoşlarimiz bor. Ikkinçi tomonda esa malaka talab etmaydigan örinlarning bir qismini xorijliklar egallab turibdi.
Masalaning ijtimoiy tomoni ham bor. Xorijdan qaytgan har bir yurtdoşimiz ortida oila va farzandlar turibdi. Öz yurtida munosib iş topa olmagan fuqaro yana çet elga yöl olişga majbur bölişi mumkin. Davlatimiz rahbari yiğilişda xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz haqida “Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz!” dedi. Şunday ekan, ular vatanga qaytganda ham davlat e’tiborida bölişi, avvalo, munosib iş bilan ta’minlanişi kerak. Şu ma’noda içki mehnat bozorini himoya qiliş ijtimoiy adolat va barqarorlik masalasidir.
Hozir yurtimizda çet ellik fuqaroni işga olmoqçi bölgan iş beruvçi unga tasdiqnoma, ya’ni iş ruxsatnomasi rasmiylaştiradi. Iş beruvçi buning uçun Davlat xizmatlari markaziga yoki onlayn platformaga murojaat qiladi. Yuqori malakali va malakali mutaxassislarga tasdiqnoma 3 yilgaça, boşqa toifalarga 1 yilgaça beriladi. Hujjat faqat unda körsatilgan iş beruvçi va lavozim uçun amal qiladi. Oddiy lavozimlar uçun yiğim 30 bazaviy hisoblaş miqdoriga teng bölib, 2026 yil 1 sentabrdan u 13,2 million sömni taşkil etadi. Malakali kadrlar, pedagog va şifokorlar uçun yiğim ança past.
Xullas, amaldagi tizim “ruxsat ber va keyin nazorat qil” tamoyiliga asoslanadi. Qonunçiligimiz iş beruvçidan çet ellik xodimni olişdan oldin içki bozordan nomzod izlaşni talab qilmaydi. Bitta korxona neçta xorijlikni işga olişi mumkinligi, ularning ştatdagi uluşi yoki soha va hududlar böyiça yillik kvota belgilanmagan. Umumiy ovqatlaniş, çakana savdo kabi sohalar uçun ham biror çeklov yöq.
Yana bir böşliq iş haqi bilan boğliq. Tasdiqnoma berilayotganda xorijlikka taklif qilingan maoş şu kasbdagi mahalliy xodimnikidan kam emasligi tekşirilmaydi. Bu esa arzon işçi kuçi hisobiga mahalliy nomzodni raqobatdan siqib çiqariş xavfini tuğdiradi. Iş haqini soliştiriş uçun esa xorijliklarning haqiqiy daromadi haqida işonçli ma’lumot kerak böladi. Oddiy lavozimlar uçun yiğim esa barça soha va hududlar uçun bir xil. Korxonada xorijliklar uluşi oşgani sari yiğim miqdori özgarmaydi, undan tuşgan mablağ mahalliy kadrlarni tayyorlaşga yönaltirilmaydi.
Nazorat mexanizmlari ham kutilgan samarani bermayapti. Tasdiqnomasiz işlaş holatlari uçrab turibdi, ammo bu sohada ma’muriy jazo qöllanilgan şaxslar soni juda oz. 2022 yilda ular atigi 3 nafar, 2023 va 2024 yillarda esa bittadan bölgan. Davlatimiz rahbari yiğilişda uzoq muddatga kelgan xorijliklarning yaşaş va iş joyini kuzatib boradigan monitoring platformasini bir oy içida işga tuşirişni topşirdi. Bu platforma ularning bandligi va daromad manbalari haqida töliqroq ma’lumot berişi kutilmoqda.
Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan örganilgan 20 ta davlatning deyarli barçasida içki mehnat bozorini himoya qilişning aniq qoidalari amal qiladi. Xorijda asosan uç xil vosita qöllaniladi. Ayrim davlatlar iş beruvçidan avval mahalliy nomzod izlaşni talab qiladi. Boşqalari mahalliy va xorijiy xodimlar nisbatini belgilaydi. Uçinçi guruh davlatlar esa milliy kvota joriy qilgan.
Masalan, qöşni Qozoğistonda iş beruvçi ruxsatnoma söraşdan oldin böş iş örnini Elektron mehnat birjasiga joylaştiradi va 15 kalendar kun kutadi. Ruxsatnoma olgan korxonada rahbar xodimlarning kamida 70 foizi, mutaxassis va işçilarning kamida 90 foizi mahalliy fuqarolar bölişi şart. Bu talab 20 nafargaça xodimi bor kiçik korxonalarga nisbatan qöllanilmaydi. Xorijlikni ruxsatnomada körsatilmagan lavozimda işlatgan iş beruvçiga 12 oy davomida yangi ruxsatnoma berilmaydi.
Gruziya ham şu yöldan bordi. 2026 yil 1 martdan u yerda iş beruvçi böş örinni murojaat qilişdan kamida 10 iş kuni oldin mehnat bozori axborot tizimiga joylaştiradi. Kuryerlik, yölovçi taşiş va turistik gid xizmatlarida xorijliklar uçun kvota nolga teng qilib belgilangan. Ruxsatsiz işlaganlik uçun iş beruvçiga ham, muhojirning öziga ham 2 000 laridan jarima solinadi.
Turkiyada korxonada har bir xorijlik xodimga kamida 5 nafar Turkiya fuqarosi töğri kelişi kerak. Xorijlikning maoşi esa lavozimiga qarab eng kam iş haqidan 5 barobargaça yuqori bölişi talab qilinadi. Rossiyada Hukumat har yili tarmoqlar böyiça çet ellik xodimlarning yöl qöyiladigan uluşini belgilaydi. 2026 yilda bu uluş qurilişda 50 foiz, alkogol, tamaki va dori vositalarining ixtisoslaşgan çakana savdosida hamda bozorlarda nol foiz qilib belgilangan. Hudud rahbarlari esa patent asosida işlaydigan xorijliklarni ayrim sohalarga jalb qilişni taqiqlaşi mumkin. Joriy yilda bunday taqiqlar 52 ta hududda amal qilmoqda.
Fors körfazi davlatlari bu masalada yanada qat’iy. Saudiya Arabistonida soha, kasb va korxona hajmiga qarab mahalliy kadrlar uçun 30 foizdan 70 foizgaça majburiy uluş belgilangan. Talab bajarilmasa, korxonaga xorijlik xodimlar uçun ruxsatnoma yoki viza berilmaydi. Birlaşgan Arab Amirliklarida 50 va undan ortiq xodimi bor kompaniyalar 2026 yil oxirigaça ştatidagi BAA fuqarolari uluşini 10 foizga yetkazişi şart. Har bir töldirilmagan örin uçun ularga yiliga 120 ming dirham yiğim hisoblanadi. Malayziyada esa iş beruvçi xorijlikni işga oliş uçun mahalliy xodimni işdan böşata olmaydi. Ştat qisqarganda avval şu lavozimdagi xorijliklar bilan şartnoma bekor qilinadi.
Şu bilan birga, köpçilik davlatlar malakali mutaxassis bilan oddiy işçiga bir xil munosabatda bölmaydi. Yaponiyada yuqori malakali mutaxassislar ballar tizimi orqali soddalaştirilgan tartibda qabul qilinadi, örta malakali işçilar uçun esa 19 ta soha böyiça kvota amal qiladi. Germaniya malakali mutaxassislar uçun ustuvorlik tekşiruvini bekor qilgan, kvota asosida keladiganlar uçun esa uni saqlab qolgan. Polşa 2025 yil 1 iyundan umumiy mehnat bozori tekşiruvidan voz keçdi. Uning örniga tumanlar darajasida ruxsatnoma berilmaydigan kasblar röyxati va teng iş haqi talabi joriy etildi. Bu misollar yangi talablarni raqamli şaklda, asosan malaka talab etilmaydigan lavozimlarga qaratib, bosqiçma-bosqiç joriy etiş kerakligini körsatadi.
Örganiş natijalariga tayanib, bir qator özgarişlar taklif etiladi. Ularning maqsadi yangi iş örinlariga birinçi navbatda öz fuqarolarimizni joylaştiriş haqida Prezidentimiz ta’kidlagan ustuvorlikni aniq huquqiy mexanizmlarga aylantirişdir. Takliflar oçiqlik siyosatini saqlagan holda unga tartib olib kiradi. Avvalo, iş beruvçi çet ellik xodimni jalb qilişdan oldin içki mehnat bozorida munosib nomzod izlaşi kerak. Bu jarayon onlayn platforma orqali avtomatik tarzda keçişi, uning muddati esa 10 kundan 15 kungaça bölişi lozim. Muddat qisqa va jarayon raqamli bölsa, iş beruvçiga ortiqça ma’muriy yuk tuşmaydi, mahalliy nomzodlar esa birinçi navbatda körib çiqiladi.
Şuningdek, yuqori malakali mutaxassislar bilan maxsus malaka talab etmaydigan ijroçi lavozimlarni bir-biridan aniq ajratiş zarur. Menejment, axborot texnologiyalari va investitsiya loyihalari mutaxassislari, xorijiy investorlar uçun hozirgi qulay tartib saqlanib qolişi kerak. Ofitsiant, sotuvçi, xizmatçi kabi standart körsatma asosida işlaydigan lavozimlar uçun esa içki bozorni himoya qiluvçi talablar qöllanilişi mumkin.
Umumiy ovqatlaniş, çakana savdo kabi sohalar uçun sohaviy kvota mexanizmini joriy etiş ham maqsadga muvofiq. Korxonadagi xorijiy xodimlarning eng yuqori uluşini Vazirlar Mahkamasi mehnat bozori holatidan kelib çiqib har yili belgilaşi mumkin. Rossiya, Qirğiziston, Qozoğiston, Janubiy Koreya va Singapurda şunday tartib amal qiladi.
Oddiy lavozimlar uçun tasdiqnoma yiğimini ham qayta körib çiqiş kerak. Yiğim sohaga va korxonadagi xorijliklar uluşiga qarab oşib boradigan şkala asosida belgilansa, tuşumning bir qismi mahalliy kadrlarni kasbga tayyorlaş va qayta tayyorlaşga yönaltirilsa, bu vosita içki bozorga xizmat qila boşlaydi. Masalan, Singapurda xizmat körsatiş sohasida xorijliklar uluşiga qarab oyiga 450 dan 800 Singapur dollarigaça yiğim undiriladi. Bundan taşqari, xorijlikka taklif etilayotgan iş haqi va mehnat şaroitlari şu kasb va hududdagi mahalliy xodimnikidan kam bölmasligi tasdiqnoma beriş paytida avtomatik tekşirilişi lozim.
Qoidabuzarlik uçun javobgarlik ham aniq bölişi kerak. Tasdiqnoma şartlarini buzgan yoki xorijlikni tasdiqnomasiz işlatgan iş beruvçiga 12 oy davomida yangi tasdiqnoma berilmasligini, javobgarlik esa har bir noqonuniy jalb qilingan xodim böyiça hisoblanişi taklif etiladi. Qozoğiston, Gruziya, Belarus va Qatarda şunday yondaşuv qöllaniladi.
Amaldagi tasdiqnomalar sonini soha, hudud, kasb va fuqarolik kesimida har çorakda e’lon qilib boriş ham zarur. Davlatimiz rahbari topşirgan monitoring platformasi bu işda qöl keladi. Yangi talablarni joriy etişdan oldin ularning investitsiya muhitiga ta’sirini baholaş, tadbirkorlar bilan muhokama qiliş va talablarni dastlab umumiy ovqatlaniş, çakana savdo hamda maişiy xizmat sohalarida joriy etiş ma’qul.
Bu özgarişlar tadbirkorlik erkinligiga daxldor. Konstitutsiyaning 21-moddasiga köra, insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq çeklanişi mumkin. Şu sababli asosiy qoidalarni qonunda, aniq foiz va muddatlarni esa Hukumat qarorida belgilaş töğri böladi. Buning uçun Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi va boşqa manfaatdor idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzib, tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş maqsadga muvofiq.
Biroq huquqiy asos yaratiş işning yarmi, xolos. Parlament bu jarayonda nazorat vakolatidan ham töliq foydalanişi kerak. Prezidentimiz yiğilişda bir qator aniq topşiriqlar berdi. Xorijdan qaytgan 250 ming fuqaroni yil oxirigaça munosib iş bilan ta’minlaş yoki ularning tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş şular jumlasidandir. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari bu topşiriqlar ijrosini parlament va deputatlik nazorati orqali kuzatib borişi, mas’ul vazirlik va hokimliklar axborotini eşitişi mumkin. Şundagina qabul qilingan qarorlar fuqarolarimiz hayotida seziladi.
Taklif etilayotgan çoralar xorijiy investor va yuqori malakali mutaxassis uçun hozirgi tartibni murakkablaştirmaydi. Ular asosan malaka talab etilmaydigan lavozimlarga qaratilgan. Bu yondaşuv fuqarolarimiz, ayniqsa yoşlarning işga joylaşiş imkoniyatini kengaytiradi. Milliy kadrlar tayyorlaşga bölgan talab ham ortadi.
“Intil” markazidagi uçraşuvda Prezidentimiz çet tili va kasb örgatişni maktabdan boşlaş zarurligini aytdi. Yiğilişda esa 20 ta texnikumni xorijiy iş beruvçilar talablariga moslab qayta taşkil etiş topşirildi. Bizningça, xuddi şunday yondaşuv içki bozor uçun ham kerak. Bugun xorijliklar köproq işlayotgan quriliş, töqimaçilik va xizmat körsatiş sohalari uçun ham öz yoşlarimizni iş beruvçilar bilan hamkorlikda tayyorlaş mumkin.
Davlatimiz rahbari yiğilişda “Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!” dedi. Bu talab xorijga ketayotgan yurtdoşlarimizga qanday taalluqli bölsa, mamlakatimizga kirib kelayotgan işçi kuçiga ham şunday taalluqli. Taklif etilayotgan tartib yuqori malakali mutaxassis va investor uçun eşikni oçiq qoldiradi, oddiy iş örinlari uçun esa iş beruvçini avval öz fuqaromizni izlaşga majbur qiladi.
Konstitutsiyamiz Özbekistonni ijtimoiy davlat deb belgilagan ekan, fuqaroning öz yurtida munosib mehnat qiliş huquqi davlat siyosatining markazida turişi tabiiy. Oçiqlik siyosati va içki mehnat bozorini himoya qiliş bir-biriga zid kelmaydi.
❝ Yurtimizga kirib kelayotgan sarmoya va bilim ham, yaratilayotgan har bir yangi iş örni ham avvalo xalqimiz farovonligiga xizmat qilişi kerak. Davlatimiz rahbari 2 noyabrdagi yiğilişda belgilab bergan yönaliş ham aynan şunga qaratilgan. ❞
Oybek QÖŞBOQOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori