Ortga qaytish Chop etish

Qonun ijodkorligida sunʼiy intellekt – xalqaro tajriba va Özbekiston istiqbollari

MAQOLA

Zafar MUHAMMADOV

Zafar MUHAMMADOV
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Strategik rejalaştiriş va yiğma axborot-tahlil bölimi boşliği

Ba’zan qonun loyihasi parlamentda muhokama qilinayotgan paytdayoq u tartibga solişi kerak bölgan munosabatlarning özi özgarib ulguradi. Texnologiyalar şu qadar tez rivojlanmoqda. Xöş, sun’iy intellekt qonunçilikka bu poygada ortda qolmaslikka yordam bera oladimi? Bundan ham muhimroq savol bor, ya’ni algoritm taklif qilgan yeçim huquqiy jihatdan qançalik asosli va unga tayanib qabul qilingan qaror uçun kim javob beradi?

Bugun davlatlar bir-biri bilan boğliq ikki vazifani baravar hal qilişiga töğri kelmoqda. Bir tomondan, sun’iy intellekt rivoji tufayli paydo bölayotgan yangi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soliş kerak. Ikkinçi tomondan, ayni şu texnologiyadan qonunlar sifatini oşiriş uçun foydalaniş lozim. Birinçisi qonunçilikni zamon talablariga moslaştirişni, ikkinçisi esa parlamentning an’anaviy iş uslublarini takomillaştirişni taqozo etadi.

Lekin qonun ijodkorligida tezlik heç qaçon öz-özidan maqsad bölmagan. Qonun inson huquqlariga, iqtisodiy munosabatlarga, davlat boşqaruviga bevosita ta’sir körsatadi. Sun’iy intellekt bergan xulosa juda ravon yozilgan bölişi mumkin. Ammo, avvalo, boşqa narsani söraş kerak, ya’ni bu xulosa işonçli dalillarga tayanganmi va uni mustaqil tekşirib köriş mumkinmi?

Yetti ölçab, bir kes

Xalqimizning bu hikmati qonun ijodkorligiga ayniqsa mos keladi. Har bir loyiha uzoq yölni bosib ötadi. Avval muammo çuqur örganiladi, manfaatdor tomonlarning fikri tinglanadi, amaldagi qonunçilik tahlil qilinadi. Keyin yangi normalarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari baholanadi va şundan sönggina loyiha keng muhokamaga qöyiladi. Tezroq bölsin deb bu bosqiçlardan birortasi yuzaki ötkazib yuborilsa, qonun sifatiga putur yetişi muqarrar.

Şu bilan birga, qonunçilik hujjatlari yil sayin köpayib, ularni özaro muvofiqlaştiriş tobora murakkablaşib bormoqda. Yangi loyihani amaldagi qonunlar bilan soliştiriş, takrorlanayotgan yoki bir-birini inkor etadigan normalarni topiş, hujjatning turli tahrirlaridagi özgarişlarni kuzatib boriş köp vaqt va maşaqqatli mehnatni talab qiladi. Sun’iy intellekt aynan şu yerda, ya’ni ma’lumot izlaş, uni tizimlaştiriş va dastlabki tahlil qilişda qöl kelişi mumkin.

Masalan, tizim loyihadagi normalarni amaldagi qonunçilik bilan taqqoslab, mazmunan öxşaş qoidalarni topadi va ularning manbasini körsatadi, bir-biriga zid kelişi mumkin bölgan normalarga esa mutaxassis e’tiborini qaratadi. Faqat şuni unutmaslik kerakki, ikki normaning öxşaşligi hali ularning takrorlanayotganini bildirmaydi. Algoritm topgan har qanday nomuvofiqlik ham huquqiy kolliziya degani emas. Oxirgi sözni baribir vakolatli mutaxassis aytadi.

Xorijiy parlamentlar qanday yöl tutmoqda?

Parlamentlararo ittifoq (IPU) 2026-yil oktabr oyida e’lon qilgan töplamda oltita mamlakat parlamenti va palatalarida sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça 21 ta amaliy tajriba jamlangan. Ular qonun loyihalarini tayyorlaş va tahlil qilişdan tortib tuzatişlarni guruhlaş, huquqiy ma’lumot izlaş, hujjatlarni tarjima qiliş va majlis stenogrammalarini tayyorlaşgaça bölgan işlarni qamrab oladi. Töplamning qiziq tomoni şundaki, unda texnologiyalar imkoniyatlari bilan bir qatorda ularni joriy etişda duç kelingan qiyinçiliklar va inson nazoratini ta’minlaş yöllari ham tahlil qilingan.

Çili Deputatlar palatasining tajribasi e’tiborga molik. U yerda sun’iy intellektga asoslangan normativ-huquqiy yordamçi deputatlar va parlament xodimlariga amaldagi qonunçilikdan kerakli normani tez topib beradi. Savol oddiy tilda yoziladi, tizim esa tegişli qonun normalarini manbasi bilan birga javob sifatida qaytaradi. Xizmatdan parlamentning içki portali orqali ham, WhatsApp messenjeri orqali ham foydalaniş mumkin. Tizim faqat ma’lumot izlaydi va taqdim etadi. Normani talqin qiliş va uning asosida huquqiy qaror çiqariş esa insonning işi.

Çilida yana bir vosita qöllaniladi. U qonun loyihasini amaldagi qonunçilik bilan soliştirib, mavjud normalar bilan ziddiyat, takrorlaniş yoki huquqiy böşliq yuzaga kelişi mumkin bölgan joylarni belgilab beradi, bu holatlarga huquqiy baho berişni esa vakolatli mutaxassisga qoldiradi.

Italiya Deputatlar palatasi esa boşqa masalaga e’tibor qaratgan. Loyihaga tuzatişlar köp kelib tuşganda ularni saralaşning özi alohida iş bölib qoladi. Şu bois bu yerda sun’iy intellekt yordamida tuzatişlarni mazmuniga köra guruhlaydigan va ovoz beriş ketma-ketligini belgilaşga kömaklaşadigan yeçimlar işlab çiqilgan. Natijada hujjatlarga işlov beriş va muhokamalarni taşkil etiş ança yengillaşadi. Ammo tuzatişning huquqiy mazmunini baholaş, protsessual qarorlarni tasdiqlaş va siyosiy tanlov qiliş parlamentning vakolatli sub’yektlari zimmasida qolaveradi.

Braziliya Deputatlar palatasida sun’iy intellekt parlament hujjatlari va tuzatişlarni mazmuniga qarab tasniflaydi, katta hajmdagi ma’lumotlar orasidan keraklisini tez topib beradi, deputatlarning qonun ijodkorligi faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan qöllab-quvvatlaydi. Har bir parlamentning öz yöli, öz yeçimi bor. Lekin ularning barçasida bitta qoida amal qiladi. Sun’iy intellektga aniq vazifa beriladi, u çiqargan natijani esa inson tekşiradi va baholaydi.

Qonunçilikni sun’iy intellekt yordamida takomillaştiriş mumkinmi?

Birlaşgan Arab Amirliklari bu borada ança oldinga ketdi. Mamlakatda 2025-yilda qonunçilik va huquqiy tartibga soliş jarayonlarini sun’iy intellekt yordamida takomillaştiriş taşabbusi ilgari surildi va şu maqsadda Regulatory Intelligence Office taşkil etildi. Uşbu idora amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qiliş, ularning dolzarbligini baholaş va qonunçilikni yangilaş böyiça takliflar işlab çiqişda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişi nazarda tutilgan. Boşqaça aytganda, Amirliklarda sun’iy intellekt matn tayyorlaşga kömaklaşadigan vosita bilan çeklanib qolmaydi. Unga huquqiy tartibga soliş tizimining özini tahlil qiliş va takomillaştiriş vazifasi ham yuklatilmoqda.

Har qanday taşabbus kabi, bu ham vaqt ötib amaliy natijasiga qarab baholanadi. Hozirça esa javob kutayotgan savollar oz emas. Sun’iy intellekt taklif qilgan özgarişlar qanday tartibda tekşiriladi? Ularning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini kim baholaydi? Algoritmning xato yoki yetarliça asoslanmagan tavsiyasi normativ-huquqiy hujjatga kirib qolmasligi uçun qanday kafolat bor? Nazarimizda, bu savollarga javob topiş qonun ijodkorligini tezlaştirişdan kam ahamiyatga ega emas.

Yevropa Ittifoqi tajribasi masalaning boşqa tomonini körsatadi. Ittifoq 2024-yilda Sun’iy intellekt töğrisidagi reglamentni (AI Act) qabul qilib, sun’iy intellekt tizimlarini xavf darajasiga qarab tartibga solişning huquqiy asoslarini yaratdi. Talablarni amalda qöllaş boşlanganida esa texnik standartlar, nazorat mexanizmlari va institutsional tayyorgarlik bilan boğliq muammolar çiqib qoldi. Natijada 2026-yil 8-iyulda 2026/1744-sonli reglament (Digital Omnibus on AI) qabul qilindi. Ayrim talablar soddalaştirildi, yuqori xavfli sun’iy intellekt tizimlariga oid qoidalarning qöllaniş muddatlari qayta belgilandi. Demak, qonunni qabul qiliş bilan iş bitmaydi. Norma işlaşi uçun texnik standartlar, institutsional mexanizmlar va malakali kadrlar ham tayyor bölişi kerak.

Silliq matn ortidagi xato

Taşqi körinişi puxta matn ortida qanday xato yaşirinişi mumkinligini 2026-yil aprel oyida Janubiy Afrika Respublikasida röy bergan voqea yaqqol körsatdi. Hukumat jamoatçilik muhokamasiga qöygan milliy sun’iy intellekt siyosati loyihasining adabiyotlar röyxatida aslida mavjud bölmagan manbalarga havolalar topildi. Tekşiruvlardan söng 26-aprel kuni aloqa va raqamli texnologiyalar vaziri Solli Malatsi hujjat loyihasi qaytarib olinişini e’lon qildi. Vazir vaziyatni oçiq tan oldi: “Bu şunçaki texnik nuqson emas, bu xato siyosat loyihasining yaxlitligi va işonçliligiga putur yetkazdi”.

Texnologiya yordamida tayyorlangan matn qançalik ravon va asosli körinmasin, undagi har bir fakt, iqtibos va manba mustaqil tekşirilişi şart. Huquqiy va siyosiy qarorga asos böladigan hujjatda bittagina soxta havola ham keltirilgan barça dalillarga soya solişi mumkin.

Muammoning ildizi şundaki, sun’iy intellekt ba’zan mavjud bölmagan qonun hujjatlari, sud qarorlari yoki ilmiy tadqiqotlarni haqiqiy manba sifatida keltiradi va buni juda işonarli qilib bajaradi. Mutaxassislar bu holatni “gallyutsinatsiya” deb ataşadi. Agar şunday “manba” qonun loyihasini asoslovçi materiallarga kirib qolsa, keyingi huquqiy tahlil va xulosalar ham omonat poydevorga quriladi.

Yana bir xavf mutaxassislarning sun’iy intellekt xulosalariga haddan taşqari işonib qolişi. Tizim bergan tahlil mantiqan izçil va puxta körinsa, uni yana bir bor tekşiriş köpinça esdan çiqadi. Oqibatda inson nazorati nomigagina qolib, qoğozdagi rasmiyatçilikka aylanadi.

Axborot xavfsizligi masalasi ham bor. Hali e’lon qilinmagan qonun loyihalari, xizmat hujjatlari yoki şaxsga doir ma’lumotlar yetarliça himoyalanmagan taşqi sun’iy intellekt xizmatlariga yuklansa, ular oşkor bölişi va ruxsatsiz foydalanilişi xavfi tuğiladi.

Şunday ekan, parlament faoliyatida sun’iy intellektni joriy etiş dasturiy ta’minot örnatiş bilan tugamaydi. Tizim qaysi manbalarga tayanadi, xulosalari qanday tekşiriladi, natijani kim tasdiqlaydi, xato çiqsa, uni tuzatişga kim mas’ul – bularning barçasi oldindan aniq belgilab qöyilişi lozim. Texnologik imkoniyatlar, huquqiy mas’uliyat va inson nazorati örtasidagi muvozanat şundagina saqlanadi.

Özbekistonda-çi?

Mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş va ulardan foydalanişning huquqiy hamda taşkiliy asoslari bosqiçma-bosqiç yaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş strategiyasi tasdiqlandi. Undan keyin qabul qilingan hujjatlarda sohaning ustuvor yönalişlari, taşkiliy çora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça vazifalar belgilab berildi.

Bu yöldagi muhim qadamlardan biri 2026-yil 21-yanvardagi ÖRQ-1115-son Qonun böldi. U bilan “Axborotlaştiriş töğrisida”gi Qonunga sun’iy intellektdan foydalanişga doir normalar kiritildi. Ulardan biri mavzumizga bevosita daxldor. Inson huquq va erkinliklariga taalluqli yuridik ahamiyatga ega qarorni faqat sun’iy intellekt tizimining xulosasiga tayanib qabul qilişga yöl qöyilmaydi. Töğri, bu norma parlamentda sun’iy intellektdan foydalanişning barça tartib-taomillarini belgilab bermaydi. Ammo texnologiyadan foydalanişda inson nazorati va mas’uliyatini ta’minlaşning muhim huquqiy asoslaridan biri aynan şu norma.

Parlamentning özida bu iş Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşining 2026-yil 13-apreldagi 1941-V-son qarori bilan aniq rejaga aylandi. Qaror bilan Qonunçilik palatasi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça 2026–2029-yillarga möljallangan iş rejasi tasdiqlandi. Şuningdek, Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tuzilmasida Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş loyiha ofisini taşkil etiş nazarda tutildi. Loyiha ofisi aynan bizning institutimizda taşkil etilişi bizga ham alohida mas’uliyat yuklaydi.

Rejada qonun loyihalarini amaldagi qonunçilik bilan avtomatik taqqoslaydigan, ehtimoliy huquqiy ziddiyatlarni aniqlaydigan, hujjatning turli tahrirlari örtasidagi farqlarni körsatib beradigan hamda yangi normalarning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini baholaşga yordam beradigan texnologik yeçimlar işlab çiqiş belgilangan.

Albatta, rejaga kiritilgan vazifa hali bajarilgan iş degani emas. Bu yeçimlar qançalik samarali ekani tizimlarning aniqligi, axborot xavfsizligi, natijalarning mutaxassislar tomonidan tekşirilişi va eng asosiysi, qonunlar sifatiga amalda qanday ta’sir körsatişiga qarab baholanadi. Endi asosiy iş belgilangan taşkiliy va texnologik çoralarni aniq, ölçasa böladigan va barqaror natijalarga aylantiriş.

Örnatiş boşqa, foydalaniş boşqa

Tizimni örnatiş, sinovdan ötkaziş, mavjud axborot infratuzilmasiga moslaştiriş, xodimlarni undan foydalanişga örgatiş joriy etişning taşkiliy tomoni. Tizimdan qonun loyihalarini ekspertizadan ötkaziş, huquqiy xulosa tayyorlaş yoki parlament qarorlarini asoslaşda foydalaniş boşlanganda esa butunlay boşqa huquqiy savollar tuğiladi. Bunday holda sun’iy intellekt tayyorlagan tahliliy materiallarning huquqiy maqomi, ularni rasmiy hujjatlarga kiritiş tartibi, inson nazorati va javobgarlik çegaralari oldindan aniq belgilangan bölişi lozim.

Tasavvur qilaylik, sun’iy intellekt loyihadagi biror normani amaldagi qonunçilikka zid deb topdi. Huquqşunos uçun bu “e’tibor ber” degan ogohlantiriş, xolos. Uni rasmiy huquqiy ekspertiza xulosasi deb bölmaydi. Nomuvofiqlik haqiqatan ham huquqiy kolliziyami, u nimadan kelib çiqqan va qanday oqibatlarga olib kelişi mumkin. Buni vakolatli mutaxassis aniqlaydi. Uni bartaraf etiş böyiça taklif ham huquqiy va amaliy jihatdan asoslangan bölişi kerak. Yakuniy qarorni esa qonunçilikda belgilangan sub’yekt qabul qiladi va uning uçun mas’uliyatni ham özi zimmasiga oladi.

Oldinda turgan beş vazifa

Birinçidan, qonun ijodkorligiga ixtisoslaşgan milliy huquqiy yordamçi tizimni rivojlantiriş zarur. U Lex.uz va boşqa rasmiy huquqiy manbalarga tayanib, kerakli qonun normasini tez topişi, manbasini aniq körsatişi va amaldagi tahririni tekşiriş imkonini berişi lozim. Yana bir muhim şart. Tizim özbek tilidagi huquqiy hujjatlar bilan lotin yozuvida ham, kirill yozuvida ham birdek yaxşi işlaşi kerak. Hujjatlar ikki yozuvda yuritilayotgan bizning şaroitimizda bu masala alohida ahamiyatga ega.

Ikkinçidan, sun’iy intellektdan foydalaniş tartibini vazifaning xavf darajasiga qarab belgilaş kerak. Huquqiy hujjatni izlaş yoki uning qisqaça mazmunini tayyorlaş boşqa, qonun loyihasining huquqiy va ijtimoiy oqibatlarini baholaş boşqa, ularning mas’uliyat darajasi bir xil emas. Şuning uçun inson nazorati va tekşiruv tartiblari tizimning vazifasiga, u işlov beradigan ma’lumotlarning xususiyatiga va tayyorlangan xulosalarning qonun ijodkorligi jarayoniga ta’siriga mos bölişi lozim.

Uçinçidan, loyihalardagi huquqiy ziddiyat va takrorlanişlarni barvaqt aniqlaş muhim. Sun’iy intellektning eng katta ustunliklaridan biri ham şunda. U katta hajmdagi normativ-huquqiy hujjatlarni qisqa vaqtda soliştirib, nomuvofiqliklarni topişga yordam beradi. Ammo yuqorida aytganimizdek, tizim belgilagan har bir tafovut yoki öxşaşlik huquqiy kolliziya yoki asossiz takrorlaniş degani emas. Şu bois har bir holatni mutaxassis tekşirişi va asosli xulosa bilan tasdiqlaşi şart.

Törtinçidan, şaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillaştiriş lozim. Qonun ijodkorligida sun’iy intellekt qanday maqsadda işlatilgani, tizim qaysi huquqiy manbalarga tayangani, uning xulosasini kim tekşirgani va yakuniy qarorni qaysi vakolatli sub’yekt qabul qilgani belgilangan tartibda qayd etib borilsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Bunda, tabiiyki, oçiqlik davlat va xizmat sirlarini, şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş hamda axborot xavfsizligi talablari bilan uyğunlaştirilişi kerak.

Beşinçidan, kadrlar masalasi. Hatto eng ilğor tizim ham uning xulosalarini tanqidiy baholay oladigan, huquqiy manbalarni mustaqil tekşiradigan va texnologiyaning çeklovlarini tuşunadigan mutaxassislar bölmasa, kutilgan natijani bermaydi. Şuning uçun parlament xodimlarining kasbiy va texnologik salohiyatini oşiriş, huquqşunoslar, tahlilçilar va axborot texnologiyalari mutaxassislarini bir jamoa bölib işlaşga örgatiş, ularning bilim va könikmalarini muntazam yangilab boriş zarur.

Qonun sifati – asosiy mezon

Sun’iy intellekt samaradorligi haqida gap ketganda, odatda, qança vaqt tejalgani va iş qançalik tezlaşgani hisoblab çiqiladi. Qonun ijodkorligi uçun buning özi kamlik qiladi. Bu yerda texnologiya huquqiy xatolarni qançalik erta aniqlaşga yordam bergani, normalarning aniqligi va özaro muvofiqligi qay darajada ta’minlangani, loyihaning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari qançalik puxta baholangani ham hisobga olinişi kerak.

Xorijiy tajribadan çiqadigan xulosa şuki, natija uç narsaning uyğunligiga boğliq. Birinçisi, texnologik imkoniyatlar, aniq institutsional qoidalar va malakali inson nazorati. Bizning maqsadimiz ham sun’iy intellektni iloji boriça köproq jarayonga “tiqiştiriş” bölmasligi kerak. Asosiy vazifa – uning imkoniyatlarini milliy qonunçilik tizimiga, parlamentning konstitutsiyaviy vakolatlariga va qonun ijodkorligining amaliy ehtiyojlariga moslaştiriş.

Sun’iy intellekt qonun ijodkorining örnini egallamaydi va egallamasligi ham kerak. Uning vazifasi – deputatlar va mutaxassislarga murakkab huquqiy ma’lumotlarni çuqurroq tahlil qiliş, xatolarni barvaqt payqaş va puxta asoslangan qarorlar qabul qilişda kömaklaşiş.

Maqola boşida tilga olganimiz hikmatni yana bir bor eslaylik: yetti ölçab, bir kesiş kerak. Jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan, huquqiy jihatdan puxta va amalda samarali işlaydigan qonun şunday yaratiladi.

❝ Sun’iy intellekt ana şu “ölçaş”ni tezroq va aniqroq qilişga yordam bersa, öz vazifasini bajargan böladi. ❞

Zafar MUHAMMADOV,
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Strategik rejalaştiriş va yiğma axborot-tahlil bölimi boşliği