Ortga qaytish Chop etish

Iş örni – avvalo öz fuqaromizga: milliy mehnat bozorini himoya qiliş – davr talabi

MAQOLA

Salimboy ĞAYRATOV

Salimboy ĞAYRATOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti yetakçi ilmiy xodimi

Milliy mehnat bozorini himoya qiliş davr talabi

Özbekiston global mehnat bozorining faol iştirokçisiga aylanib bormoqda. Iqtisodiyot ösib, turmuş darajasi oşgani sari yurtimizning xorijliklar uçun jozibadorligi ham ortmoqda. Bugun mamlakatimizda uzoq muddat yaşayotgan çet elliklar soni 250 mingga yaqinlaşdi.

Öz mehnat bozorini himoya qiliş rivojlangan davlatlarda ham keng tarqalgan amaliyotdir. Şu bois davlatimiz rahbari poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarga bağişlab ötkazilgan yiğilişda yangi iş örinlarini yaratişda, avvalo, özbekistonlik fuqarolarni iş bilan ta’minlaş zarurligini ta’kidladi. Demak, gap xorijiy işçi kuçini jalb qilişdan voz keçiş haqida emas, balki bu jarayonda milliy manfaatlarni hisobga olgan holda aniq tartib örnatiş haqida bormoqda.

Masala nega dolzarb?

Buni, avvalo, statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi. Işsizlik darajasi sönggi yillarda izçil pasayib, 2026-yilning III çoragida 4,5 foizni taşkil etdi. Biroq bu hamon taxminan 700 ming nafar iş izlayotgan fuqaro demakdir.

Har yili mehnat bozoriga qariyb 600 ming nafar yoş kirib kelmoqda, 2030-yilga borib bu körsatkiç 1 millionga yaqinlaşadi. Iqtisodiyotda esa yiliga taxminan 300 ming yangi iş örni yaratilmoqda va bu yoşlarning faqat yarmini qamraydi. Raqobat keskinligini hh.uz platformasi ma’lumotlari ham körsatadi. 2026-yilning II çoragida bitta böş iş örniga örtaça 18,4 nafar nomzod töğri kelgan.

Bunga taşqi mehnat migratsiyasi ham qöşiladi. Bugun 1,2 million nafar yurtdoşimiz 40 ga yaqin davlatda mehnat qilmoqda.

Şu bilan birga, mamlakatimizda uzoq muddatdan buyon yaşayotgan xorijiy fuqarolarning 36 ming nafari mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsatnoma olgan, 24 ming nafari talaba. Prezidentimiz qolgan xorijiy fuqarolarning maşğuloti va daromad manbalari haqida ham aniq ma’lumotlar şakllantirilişi zarurligini alohida ta’kidladi.

Asosiy muammo şundaki, işlaşga ruxsat olganlarning 80 foizi quriliş, quriliş materiallari, töqimaçilik va xizmat körsatiş sohalarida yuqori malaka talab qilmaydigan işlarda band. Mavjud ma’lumotlar xorijiy işçi kuçining asosiy qismi yuqori texnologiyali va malakali mutaxassislar taqçil bölgan tarmoqlarga nisbatan mahalliy fuqarolar ham bajara oladigan iş örinlariga köproq jalb etilayotganini körsatadi.

Noqonuniy mehnat faoliyati ham jiddiy muammolardan biri bölib qolmoqda. Xususan, 2026-yil 1-may holatiga köra, soliq tölayotgan xorijiy fuqarolarning qariyb törtdan uç qismi, ya’ni 26,6 ming nafari mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tasdiqnomasiz işlagan.

Natijada quyidagi holat yuzaga kelmoqda. Bir tomonda 700 ming nafar iş izlayotgan va 1,2 million nafar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşimiz, ikkinçi tomonda içki bozordagi oddiy iş örinlarini egallayotgan xorijiy işçi kuçi. Bunday şaroitda mehnat bozorini himoya qiliş tanlov emas, zaruratdir.

Içki mehnat bozori xorijda qanday himoya qilinadi?

Xorijiy tajriba şuni körsatadiki, mahalliy mehnat bozorini himoya qiliş mexanizmlari asosan qonun darajasida belgilanadi va uç yönalişda namoyon böladi.

Birinçi mexanizm – içki mehnat bozorida nomzod izlaş majburiyati. Qozoğiston, Gruziya, Janubiy Koreya, Belarus, Ozarbayjon, Germaniya, Qatar, Ummon va Xitoyda iş beruvçi böş iş örni uçun dastlab içki bozordan nomzod izlaşi şart. Masalan, Janubiy Koreyada iş beruvçi xorijlik işçiga ruxsat söraşdan oldin bandlik markazi orqali 3 kundan 7 kungaça mahalliy fuqarolarni böş iş örni haqida e’lon beriş orqali işga olişga harakat qilişi lozim. Qozoğistonda esa kvota söragan iş beruvçi mutaxassisni nega mamlakat içidan topa olmaganini asoslaşi kerak. Mahalliy kadrni qayta tayyorlab işga oliş mumkin bölsa, ariza rad etilişi mumkin.

Ikkinçi mexanizm – çet ellik xodimlar uluşini çeklaş. Rossiya, Qozoğiston, Singapur, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Ummon va Polşada çet ellik xodimlarning yöl qöyiladigan uluşi belgilangan. Qozoğistonda ruxsatnoma rahbarlar orasida mahalliy kadrlar kamida 70 foiz, mutaxassislar va malakali işçilar orasida kamida 90 foiz bölgandagina beriladi. Singapurda esa çegara tarmoqlarga qarab tabaqalaştirilgan. Çet ellik işçilar uluşi xizmat körsatişda 35 foiz, işlab çiqarişda 60 foiz, qurilişda 83,3 foizdan oşmasligi kerak.

Uçinçi mexanizm – ruxsatnomasiz mehnat uçun qat’iy javobgarlik. Singapurda ruxsatnomasi yöq xorijlikni işga olgan iş beruvçiga birinçi marta 5 mingdan 30 ming Singapur dollarigaça (4-23 ming AQŞ dollari atrofida) jarima yoki 12 oygaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi (yoxud ikkalasi) qöllanadi. Qozoğistonda bunday huquqbuzarlik uçun iş beruvçiga 100 dan 700 gaça oylik hisob körsatkiçi miqdorida jarima solinadi.

Muhimi, bu mexanizmlar oçiqlikni inkor etmaydi. Ular asosan mahalliy kadrlar bilan töldiriş mumkin bölgan iş örinlariga qaratilgan, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiliş imkoniyati esa saqlanib qoladi.

Qonunçilikka qanday özgartişlar kiritiş lozim?

Bizningça, milliy mehnat bozorini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş uçun quyidagi huquqiy mexanizmlarni joriy etiş maqsadga muvofiq.

Birinçidan, böş iş örinlarini töldirişda Özbekiston fuqarolariga ustuvorlik beriş mexanizmini qonun bilan mustahkamlaş. Çet ellik xodimni jalb qilişdan oldin iş beruvçi böş iş örni haqidagi ma’lumotni mahalliy vakansiyalar bazasiga (ish.mehnat.uz) joylaştirib, belgilangan muddat davomida fuqarolarimiz orasidan nomzod izlaşi şart bölsin. Munosib nomzod topilmagan taqdirdagina tasdiqnoma berilişi lozim. Yuqori malakali va malakali mutaxassislarni bu talabdan ozod qiliş esa investorlar va kadrlar tanqis sohalar uçun xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş imkoniyatini saqlab qoladi.

Ikkinçidan, çet ellik xodimlarning yöl qöyiladigan uluşini har yili hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida belgilaş. Bu uluş hududiy mehnat bozori holati va fuqarolarni ustuvor iş bilan ta’minlaş zaruratiga boğlanişi kerak. Işsizlik yuqori hududlarda pastroq, kadrlar tanqis tarmoqlarda yuqoriroq. Umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatişning ayrim yönalişlari kabi mahalliy kadrlar yetarli sohalarda xorijiy işçi kuçini jalb qiliş çeklanişi, kadrlar tanqis tarmoqlar esa ustuvor deb belgilanişi mumkin.

Uçinçidan, ştat qisqarganda fuqaroga ustunlik beriş. Xodimlar soni yoki ştati qisqartirilganda malakasi va mehnat unumdorligi teng bölsa, işda qoliş uçun imtiyozli huquq Özbekiston fuqarosiga berilişi lozim.

Törtinçidan, raqamli nazoratni kuçaytiriş. Prezidentimiz topşiriği bilan bir oyda işga tuşiriladigan, xorijliklarning yaşaş va iş joyini kuzatuvçi monitoring platformasini soliq, röyxatga oliş va tasdiqnomalar bazalari bilan integratsiya qiliş esa soliq tölayotgan, ammo tasdiqnomasi yöq xorijliklarni avtomatik aniqlaş imkonini beradi.

Eng muhimi, bu mexanizmlar qonun darajasida (masalan, Mehnat kodeksi va “Aholini iş bilan ta’minlaş töğrisida”gi Qonunda) mustahkamlanişi zarur. Qonun darajasidagi tartibga soliş iş beruvçilar uçun barqaror va aniq huquqiy tartibni yaratadi.

Milliy mehnat bozorini himoya qiliş xalqaro hamkorlik va oçiqlikdan voz keçişni anglatmaydi. Aksinça, aniq va şaffof qoidalar halol iş beruvçilar, investorlar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar uçun ham işonçli muhit yaratadi.

❝ Taklif etilayotgan mexanizmlar yurtimizda yaratilayotgan har bir yangi iş örni, avvalo, öz fuqarolarimiz uçun imkoniyat bölişini ta’minlaydi, yurtdoşlarimizning xorijda iş izlaş zaruratini kamaytirişga xizmat qiladi va Prezidentimiz ilgari surgan oçiqlik hamda tartib-intizom tamoyillarini uyğun tarzda amalga oşiriş imkonini beradi. ❞

Salimboy ĞAYRATOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti yetakçi ilmiy xodimi