
INSTITUT YANGILIKLARI
2026 yil 30–31 oktabr kunlari Anqara şahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boşqarmasi tomonidan «Turkiy dunyo muloqot forumi» xalqaro anjumani ötkaziladi.
«Ğoyadan muloqotga, olğa!» şiori ostida taşkil etilayotgan forum turkiy xalqlar örtasidagi madaniy aloqalar va muştarak tarixiy xotirani mustahkamlaş, Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo va kuzatuvçi mamlakatlar örtasida ommaviy axborot vositalari, kommunikatsiya va teleradioeşittiriş sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan.
Forum dasturidan mintaqaviy barqarorlik, parlament diplomatiyasi, energetika xavfsizligi, strategik kommunikatsiyalar va dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş, şuningdek, turkiy dunyo mamlakatlari örtasida ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bağişlangan muhokamalar örin olgan.
Forumda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktori Akrom Toşpulatov ham iştirok etadi. U 30 oktabr kuni «Turkiy dunyo energetikasining istiqbollari: resurslar, xavfsizlik va hamkorlik imkoniyatlari» mavzusidagi panel muhokamasida qatnaşadi. Uşbu sessiyada energetika resurslaridan foydalaniş, energetik xavfsizlikni ta’minlaş hamda turkiy davlatlar örtasida energetika sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.
💬 Forum turkiy davlatlar örtasidagi muloqotni çuqurlaştiriş, muştarak manfaatlarga daxldor masalalar böyiça fikr almaşiş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini belgilaşga xizmat qiladi.
📸 FOTOLAVHA