Ortga qaytish Chop etish

Jinoiy daromadlarni legallaştirişning oldini oliş maqsadida benefitsiar mulkdorlar reyestri takomillaştirilmoqda

Jinoiy daromadlarni legallaştirişning oldini oliş maqsadida benefitsiar mulkdorlar reyestri takomillaştirilmoqda

2026 yil 14 oktabr kuni Avstriya Milliy kengaşi Yevropa Ittifoqining jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş böyiça 6-direktivasi hamda Jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş töğrisidagi reglamentini milliy qonunçilikka tatbiq etişga qaratilgan qonunçilik özgarişlarini ma’qulladi.

Hujjat “Benefitsiar mulkdorlar reyestri töğrisida”gi qonun, “Yiğimlar töğrisida”gi qonun hamda “Moliya bozorida jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunga özgartirişlar kiritişni, şuningdek, 2027 yilgi “Benefitsiar mulkdorlar reyestri töğrisida”gi yangi qonunni qabul qilişni nazarda tutadi. Reyestrda jamiyatlar, jamğarmalar va trastlarning benefitsiar mulkdorlari töğrisidagi ma’lumotlar jamlanadi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • benefitsiar mulkdorlarni reyestrga avtomatlaştirilgan tartibda kiritiş;
  • reyestrdan beriladigan köçirmalarda sanksiyalar bilan boğliq holatlar töğrisidagi ma’lumotlarni aks ettiriş;
  • qonuniy manfaatdorlik mavjud bölganda reyestr ma’lumotlari bilan tanişiş töğrisidagi sörovlarni tezkor körib çiqiş hamda ma’lumotnomalar va qarorlarni avtomatlaştirilgan tartibda beriş;
  • reyestr organiga joylarda tekşiruvlar ötkaziş vakolatini beriş, bunda tekşiruvlar Firibgarlikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (moliya politsiyasi) tomonidan amalga oşiriladi.

Şuningdek, reyestr organi tanişiş töğrisidagi sörovlar böyiça ön ikki iş kuni içida qaror qabul qilişi, mazkur qarorlar esa butun Yevropa Ittifoqi hududida amal qilişi belgilanmoqda.

Qonun Avstriya xalq partiyasi, Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, “Yangi Avstriya va Liberal forum” partiyasi va Avstriya ozodlik partiyasi fraksiyalari tomonidan qöllab-quvvatlandi. “Yaşillar” fraksiyasi esa taklif etilayotgan çoralar yetarli emasligini qayd etib, qarşi ovoz berdi. Xususan, ular jurnalistlar uçun reyestrdan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş, yiğimlarni kamaytiriş va reyestrni köçmas mulk huquqlari reyestri bilan boğlaşni taklif qilgan. Avstriya ozodlik partiyasi vakillari esa loyihani qöllab-quvvatlagan holda, isbotlaş majburiyatining tadbirkorlar zimmasiga ötkazilişi va reyestr organi tomonidan tekşiruvlar ötkazilişini tanqid qildi.

Moliya vazirligi davlat kotibi Barbara Aybinger-Midlning ta’kidlaşiça, Avstriya benefitsiar mulkdorlar reyestri böyiça namunali tizimga ega bölib, Yevropa talablari soxta korxonalarga qarşi kuraşni kuçaytiriş maqsadida tatbiq etilmoqda.

Şu kuni Milliy kengaş Moliya bozori nazorati organi mustaqilligini kuçaytirişga qaratilgan qonunni ham qabul qildi. Unga köra, Moliya bozori nazorati organi boşqaruvi a’zolari va xodimlari nazorat ostidagi taşkilotlarga işga ötişida “soviş davri” joriy etiladi, kredit taşkilotlari esa ekologik, ijtimoiy va boşqaruv (ESG) xatarlarini tizimli ravişda aniqlaşi va boşqarişi lozim böladi.

Benefitsiar mulkdorlar reyestriga oid qonun 15 oktabr kuni körib çiqiş uçun Federal kengaşga yuborildi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Yurtimizda jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş masalalari 2004 yil 26 avgustdagi 660-II-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oşiruvçi taşkilotlar mijozni lozim darajada tekşiriş doirasida yuridik şaxs bölgan mijozning mulkdorini yoki uni nazorat qiluvçi şaxsni ta’sis hujjatlari asosida, mulkçilik va boşqaruv tuzilmasini örganiş orqali identifikatsiyalaşi lozim.

Şu bilan birga, Yuridik şaxslarning şaffofligi va haqiqiy benefitsiar mulkdorlarini aniqlaş töğrisidagi xalqaro standartning 24-tavsiyasida vakolatli organlar yuridik şaxslarning benefitsiar mulkdorlari töğrisidagi aniq va dolzarb ma’lumotlardan öz vaqtida foydalana olişini ta’minlaş talab etiladi.

Avstriya tajribasi asosida quyidagi masalalarni örganiş mumkin:

  • benefitsiar mulkdorlar töğrisidagi ma’lumotlarni yagona elektron reyestrda jamlaş va ularni avtomatlaştirilgan tartibda kiritiş;
  • reyestr ma’lumotlarini sanksiyalar röyxatlari bilan boğlaş;
  • qonuniy manfaatdorlikka ega şaxslarning reyestr ma’lumotlari bilan tanişiş tartibi va muddatlarini aniq belgilaş;
  • taqdim etilgan ma’lumotlarning işonçliligini joylarda tekşiriş mexanizmini joriy etiş.

Bunday yondaşuv soxta korxonalar orqali jinoiy daromadlarni legallaştiriş xavfini kamaytiriş hamda xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlaşga xizmat qilişi mumkin.