
INSTITUT YANGILIKLARI
2026 yil 26 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutida Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvçisi Omon Sattarovning «Bitimni haqiqiy emas deb topiş oqibatlari» mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bölib ötdi. Institut mazkur dissertatsiya böyiça yetakçi taşkilot etib belgilangan.
Institut direktori A. Toşpulatov raisligida ötgan yiğilişda tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, şuningdek, unda ilgari surilgan takliflar muhokama qilindi. Xususan, haqiqiy emas deb topilgan bitimlar yuzasidan taraflarning mulkiy holatini tiklaş, insofli egallovçilarning huquqlarini himoya qiliş, fuqarolik qonunçiligi va sud amaliyotini takomillaştirişga doir masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
💬 Muhokama yakunida tadqiqot natijalari ijobiy baholanib, yetakçi taşkilot xulosasi qabul qilindi. Dissertatsiyani oçiq himoyaga tavsiya etiş töğrisidagi qaror bir ovozdan ma’qullandi.
📸 FOTOLAVHA