Ortga qaytish Chop etish

JIZZAX – DUNYO IŞONÇ MAYDONIDA

MAQOLA

Oybek QÖŞBOQOV

Oybek QÖŞBOQOV
Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori

Viloyat ilk bor mustaqil xalqaro kredit reytingiga ega böldi

Yangi Özbekistonda hududlarni kompleks rivojlantiriş, har bir viloyatning öziga xos salohiyatini töliq işga soliş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan. Bu sa’yharakatlar natijalari endi xalqaro moliya hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi 2026 yil 16 oktabrda Jizzax viloyatiga xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytinglarini “BB−” darajasida berdi, prognoz “Barqaror”. Viloyat tarixida ilk bor mustaqil xalqaro kredit bahosini oldi.

Xalqaro kredit reytingi hududning moliyaviy holati, majburiyatlarini öz vaqtida bajara oliş qobiliyati va iqtisodiy barqarorligiga mustaqil agentlik tomonidan berilgan bahodir. Xorijiy investor biror hududga mablağ kiritişdan oldin, avvalo, mana şu körsatkiçlarga e’tibor qaratadi. Şu ma’noda, Fitch bahosi Jizzaxning jahon miqyosidagi öziga xos “taşrif qoğozi” vazifasini ötaydi.

Viloyat reytingi mamlakatimiz suveren reytingi bilan uzviy boğliq. Fitch 2026 yil 3 iyunda Özbekistonning suveren reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga özgartirgan edi. Agentlik bunda islohotlar izçilligi, byudjet taqçilligi rejadagidan kamligi, inflyatsiya pasayişi va xalqaro zaxiralar ösişini asosiy omil sifatida körsatgan. Xalqaro amaliyotda hududiy hokimiyat organlari reytingi odatda davlat reytingidan yuqori bölmaydi. Jizzaxning suveren darajadan bir poğona pastda turişi tabiiy va asosli natijadir.

E’tiborli jihati, agentlik viloyatning moliyaviy profilini “AA” deb baholagan. Fitch metodologiyasida bu körsatkiç hudud qarz yukining joriy daromadlarga nisbatan qançalik yengilligini aks ettiradi. “AA” esa şkalaning yuqori poğonalaridan biri. Demak, viloyat moliyasi bugun mustahkam asosga ega.

Fitch tahlilçilari Jizzax iqtisodiyoti respublika örtaça körsatkiçidan tezroq ösayotganini qayd etgan. Rasmiy statistika ham buni tasdiqlaydi. 2025 yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti 8,2 foiz ösib, Namangan viloyati bilan birga mamlakatdagi uçinçi eng yuqori natijani körsatdi. Şu davrda mamlakatimiz yalpi içki mahsuloti 7,7 foiz ösgan.

Davlatimiz rahbari raisligida 2026 yil 30 yanvarda ötkazilgan yiğilişda viloyatda sönggi yillarda erişilgan natijalar atrofliça tahlil qilindi. Unda qayd etilişiça, sanoatning hudud iqtisodiyotidagi uluşi 9,1 foizdan 18,8 foizga oşgan, qişloq xöjaligi uluşi esa 50 foizdan 36 foizga tuşgan. Sanoat işlab çiqarişi 1,9 barobar, xizmatlar 1,6 barobar, eksport 1,8 barobar ösgan. Viloyatga 1,4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan, eksportçi korxonalar soni 160 taga yetgan.

Eng muhimi, islohotlar samarasi odamlar hayotida öz aksini topmoqda. Mazkur davrda işsizlik darajasi 4,9 foiz bandga, kambağallik 5,8 foiz bandga qisqargan. Bu raqamlar ortida yangi iş örinlari, barqaror daromad manbaiga ega bölgan minglab oilalar turibdi.

Prezidentimizning 2026 yil 30 yanvardagi “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori viloyat taraqqiyotining yangi bosqiçini belgilab berdi. Hujjatga köra, ikki yil davomida yalpi hududiy mahsulotni yiliga örtaça 8,5 foiz, sanoat işlab çiqarişini 7,8 foiz, bozor xizmatlarini 13,2 foiz östiriş közda tutilgan. 5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, 2026 yilda eksport hajmi 500 million dollarga yetkaziladi.

Qaror doirasida umumiy qiymati qariyb 2,56 milliard dollarlik 99 ta loyiha amalga oşiriladi. Ulardan 39 tasi toğli, 60 tasi çöl hududlarda joylaşgan. Avtomobil sanoati kooperatsiyasi asosida kamida 200 turdagi avtokomponent işlab çiqariş yölga qöyiladi. Jizzax şahri va Şarof Raşidov tumani oraliğida Yangi Jizzax şaharçasi hamda 10 kilometrli halqa yöl barpo etiladi.

Ijtimoiy yönalişdagi vazifalar ham aniq belgilangan. 2026 yilda viloyatda işsizlik darajasini 3 foizga, kambağallikni 2,8 foizga tuşiriş, Jizzax şahri va oltita tumanni kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilingan. Çekka mahallalarda ijtimoiy obyektlar, yöllar, içimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş uçun 2026-2027 yillarda 40 million dollar ekvivalentidagi mablağ yönaltiriladi.

Xalqaro reyting hududga töğridan töğri sarmoya olib kelmaydi, ammo investorlar uçun işonç eşigini oçadi. Endi Jizzaxning moliyaviy holati töğrisidagi ma’lumot xalqaro moliya institutlari, xorijiy kompaniyalar va banklar uçun umume’tirof etilgan tilda taqdim qilinmoqda. Bu yirik investitsiya loyihalari böyiça muzokaralarda viloyatning mavqeini mustahkamlaydi.

Reyting hududga yangi mas’uliyat ham yuklaydi. Agentlik bahoni muntazam qayta körib çiqadi. Erişilgan darajani saqlaş va kelgusida oşiriş uçun mahalliy byudjet şaffofligini ta’minlaş, mablağlardan samarali foydalaniş va qarz olişda qat’iy intizomga amal qiliş talab etiladi. Mamlakatimiz suveren reytingi oşgan taqdirda viloyat uçun ham yuqoriga harakatlaniş imkoniyati paydo böladi.

Jizzaxning xalqaro kredit reytingini olgani yurtimizdagi hududiy islohotlarning amaliy samarasidir. Uzoq yillar agrar viloyat sifatida tanilgan hudud bugun sanoat, eksport va investitsiyalar markazlaridan biridir.

❝ Endi asosiy vazifa xalqaro işonçni yangi investitsiyalar, yangi iş örinlari va aholi turmuş farovonligiga aylantirişdan iborat. ❞

Oybek QÖŞBOQOV,
Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori

Manba: "Yangi Özbekiston" gazetasi, № 223 (1822), 2026 yil 28 oktabr, çorşanba