Ortga qaytish Chop etish

Har bir köçmas mulk obyekti uçun yagona kadastr kaliti joriy etilmoqda

Har bir köçmas mulk obyekti uçun yagona kadastr kaliti joriy etilmoqda

Meksika Senati 2026 yil 14 oktabr kuni “Kadastr va reyestr tizimlarini mustahkamlaş va uyğunlaştiriş töğrisida”gi umumiy qonunni ma’qulladi.

Qonun Federatsiya, ştatlar va munitsipalitetlar örtasidagi hamkorlik asoslarini belgilab, kadastrlar hamda mulk böyiça davlat reyestrlarini modernizatsiyalaş, uyğunlaştiriş va ularning özaro muvofiq işlaşini ta’minlaşga qaratilgan.

Qonun bilan quyidagilar joriy etiladi:

  • Yagona kadastr kaliti – mamlakatdagi har bir köçmas mulk obyekti uçun takrorlanmaydigan identifikator bölib, u Mulk böyiça davlat reyestridagi obyekt yozuvi bilan boğlanadi;
  • Yagona kadastr va reyestr guvohnomasi – köçmas mulk obyektini identifikatsiyalaş va joylaşuvini aniqlaş uçun zarur ma’lumotlarni jamlab, kadastr va reyestr ma’lumotlarini özaro boğlaydigan hujjat;
  • Milliy kadastr rejasi – tizimlar, kartografiya va ma’muriy jarayonlarni modernizatsiyalaşni muvofiqlaştirişga qaratilgan umummilliy yönalişlar va çora-tadbirlar;
  • köçmas mulk töğrisidagi ma’lumotlarni birlaştiradigan, georeferensiyalangan xaritalarni taqdim etadigan hamda onlayn xizmatlar va elektron tölovlarni qöllab-quvvatlaydigan raqamli platformalar.

Qonunga köra, Agrar, hududiy va şaharsozlik rivojlanişi vazirligi kadastr va reyestr sohasidagi vakolatli organ sifatida Milliy statistika va geografiya instituti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Yagona kadastr kaliti va guvohnomasi böyiça yöriqnomalar Agrar, hududiy va şaharsozlik rivojlanişi vazirligi hamda Raqamli transformatsiya va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan işlab çiqiladi. Agentlik texnologik vositalarni yaratiş va boşqariş, şuningdek, kadastr va reyestr tizimlarini standartlaştiriş mezonlarini belgilaş uçun ham mas’ul böladi.

Muhokamalar çoğida hukmron koalitsiya vakillari qonun yangi soliqlar joriy etmasligi va köçmas mulk soliği stavkalarini oşirmasligini, uşbu soliqni undiriş ştatlar va munitsipalitetlar vakolatida qolişini ta’kidladi. Muxolifat vakillari esa kadastr qiymatlarining yangilanişi ayrim mulkdorlar uçun soliq bazasini oşirişi, munitsipalitetlarga qöşimça ma’muriy va texnologik xarajatlar yuklaşi hamda ma’lumotlarning bir joyda jamlanişi bilan boğliq xavflar haqida ogohlantirdi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş 2022 yil 28 noyabrdagi ÖRQ–803-son “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Qonunning 3-moddasiga muvofiq, kadastr raqami yer uçastkasi, bino yoki inşootning Özbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan individual raqami bölib, u obyekt şakllantirilganda beriladi va obyekt yagona huquq obyekti sifatida mavjud bölgan davrda saqlanib qoladi. Kadastr pasporti esa obyekt töğrisidagi umumiy ma’lumotlar va uning kadastr raqamini öz içiga olgan elektron hujjat hisoblanadi.

Demak, Meksikada joriy etilayotgan yagona kadastr kalitiga öxşaş institut mamlakatimizda amalda mavjud. Şu bilan birga, Meksika tajribasidagi kadastr va reyestr ma’lumotlarining özaro muvofiqligini ta’minlaş, georeferensiyalangan raqamli platformalarni rivojlantiriş hamda ma’lumotlar muhofazasiga oid yondaşuvlar kadastr tizimini yanada takomillaştirişda örganilişi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, mamlakatimizda köçmas mulk obyektlarini yagona identifikator asosida hisobga oliş tizimi mavjudligi sababli, bu borada qonunçilikni Meksika yondaşuvi böyiça qayta körib çiqiş zarurati yöq, degan xulosaga keliş mumkin.