MUNOSABAT

Oybek QÖŞBOQOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği
27 oktabr kuni “Köksaroy” qarorgohida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Kasb bayrami arafasidagi bu muloqot an’anaviy tabrik doirasidan ança keng böldi. Ikki oy avval e’lon qilingan yettita milliy dasturning ikkinçisi — “Soğlom va uzoq umr” dasturi ilk bor aniq raqamlar, muddatlar va moliyaviy manbalarga ega amaliy çoralar tizimiga aylandi. Uçraşuvda ilgari surilgan taşabbuslar uçta asosiy yönalişni qamrab oladi. Birinçi yönaliş bemorlarni dori vositalari bilan bepul ta’minlaş va kasalliklarni erta aniqlaşga qaratilgan. Ikkinçi yönaliş şifokorlar malakasini oşiriş, ularning kasbiy maqomini yuksaltiriş va mehnatiga munosib haq tölaşni nazarda tutadi. Uçinçi yönaliş esa soğliqni saqlaş tizimida yagona standartlarni joriy etiş, soğlom raqobatni rivojlantiriş va mahalliy işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaşni qamrab oladi.
Ön yil, ön million, ellik sakkiz ming
Davlatimiz rahbari uçraşuvni soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaşdan boşlar ekan, “inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri” sifatida belgilaganini yana bir bor ta’kidladi. Bu e’tirofning ortida aniq natijalar bor. Keyingi ön yilda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirildi, 58 mingta şifo örni yaratildi. Zamonaviy şifoxonalar soni va xususiy sektor imkoniyatlari kengaygani hisobiga tibbiy xizmatlar hajmi uç barobar oşdi.
Eng muhimi, ilgari faqat xorijda bajariladigan 100 dan ortiq tibbiy amaliyot bugun yurtimizning özida amalga oşirilayotir. Tuğma yurak nuqsonini davolaş, a’zolar transplantatsiyasi, robot yordamidagi jarrohlik va boş miyadagi murakkab operatsiyalar şular jumlasidan. Yaqin ötmişda bunday amaliyotlar uçun çet elga çiqişga majbur bölgan oilalar uçun bu tejalgan vaqt, mablağ va eng asosiysi, qayta uyğongan umiddir.
Mamlakatimiz yetakçisi bu yutuqlarda sohada mehnat qilayotgan 800 mingdan ortiq xodimning bilim va mahorati hal qiluvçi örin tutganini alohida qayd etdi. Kasb bayrami arafasida davlatimiz rahbarining farmoni bilan 83 nafar soha vakili, jumladan, şifokorlar, tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar davlat mukofotlariga sazovor bölgani ham şu e’tirofning amaliy ifodasidir.
Şu bilan birga, uçraşuv maqsadlar hali oldinda ekanini ham körsatdi. “Özbekiston — 2030” strategiyasiga köra, 2025 yil yakunida örtaça umr köriş davomiyligi 75 yil 2 oyni taşkil etgan, 2030 yilga borib uni 78 yoşga yetkaziş vazifasi qöyilgan. 28 avgustda e’lon qilingan ikkinçi milliy dastur esa aholi salomatligi bilan boğliq davlat xarajatlarini beş yilda yalpi içki mahsulotning 5 foiziga yetkaziş, davlat tibbiy suğurtasini har bir xonadonga joriy etiş va dunyoning kamida beşta nufuzli klinikasini mamlakatimizga jalb qilişni nazarda tutadi. Bugungi taşabbuslar aynan şu möljallarga olib boradigan aniq qadamlar sifatida namoyon böldi.
Bemor hamyoni va “oltin soat”
Aholi uçun eng sezilarli yangilik bepul tibbiy yordamning kafolatlangan paketi kengayişidir. Bugun poliklinikalar orqali 69 nomdagi dori vositasi bepul berilmoqda, kelasi yili bu röyxat 73 taga yetkaziladi. Reimbursatsiya dasturi doirasidagi pozitsiyalar esa 2027 yildan 28 tadan 69 tagaça köpayadi. Paketdagi tibbiy tekşiruvlar soni 36 turga yetadi.
Mazkur qarorning ahamiyatini davlat tibbiy suğurtasining joriy körsatkiçlari bilan soliştirganda yaqqolroq anglaş mumkin. 2026 yilning töqqiz oyida Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi orqali 26,6 trillion söm yönaltirilgan bölsa, şundan reimbursatsiya dasturiga 248 milliard söm, ya’ni bir foizdan ham kam mablağ töğri kelgan. Demak, suğurta tizimining hududiy qamrovi deyarli töliq ta’minlangan bölsa-da, surunkali kasalliklar uçun ambulator dori ta’minoti uning eng zaif böğini bölib qolayotgan edi. Reimbursatsiya röyxatining qariyb ikki yarim barobar kengayişi aynan şu böşliqni töldirişga, oilalarning dori xarajatlarini kamaytirişga xizmat qiladi.
Ikkinçi milliy dasturning negizi profilaktika orqali salomatlikni asraş modeli ham aniq dasturlar bilan mustahkamlanmoqda. Oşqozon, yöğon içak, prostata va öpka saratonini erta aniqlaş dasturi Samarqand viloyatidan boşlanib, 2028 yildan barça hududlarda joriy etiladi va unga har yili 700 milliard söm ajratiladi. Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollar ösmalari va bolalar onkogematologiyasini erta aniqlaş dasturlari ham davom ettiriladi.
Infarkt va insultni erta aniqlaş hamda davolaş dasturi natijalari esa profilaktikaga kiritilgan mablağ neçoğliq samarali ekanini körsatib turibdi. Andijon, Farğona, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahrida joriy etilgan tizim tufayli beş oy içida bu kasalliklardan erta ölim 15 foizga kamaydi, “oltin soat” içida körsatilgan yordam tufayli 855 nafar yurtdoşimiz erta ölim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolindi. Kelasi yili dasturga 280 milliard söm ajratilib, u barça tuman va şaharlarni qamrab oladi. Bu “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan yurak-qon tomir, onkologik kasalliklar, qandli diabet va sil holatlarining yarmini profilaktik köriklarda aniqlaş maqsadiga erişişning amaliy mexanizmidir.
Oilaviy şifokor: işonç şartnomasi
Tibbiyotning yuzi — poliklinika. Birlamçi böğinning yangi modeli hozirça 28 ta tumanda sinovdan ötkazilmoqda va ularda 7 million aholi oilaviy şifokorlarga biriktirildi. Bemor va tibbiyot xodimining özaro majburiyatlari şartnomalarda aniq belgilandi, yangi laboratoriyalar taşkil etildi, şifokor va hamşiralar qayta tayyorlandi, bemorni davolaşning aniq yönalişlari joriy qilindi. Prezidentimizning ta’kidlaşiça, bu özgarişlar aholining poliklinikalarga işonçini oşirdi. Şu bois 2027 yildan yangi model yana 100 ta tumanda joriy etiladi.
Eslatib ötamiz, 2025 yil may oyida qabul qilingan farmonda aholiga tibbiy yordam körsatişda oilaviy şifokor uluşini 70 foizga, aholining birlamçi böğindan qoniqiş darajasini 85 foizdan yuqoriga yetkaziş maqsadi qöyilgan edi. Sinov natijalariga tayangan holda modelni keng kölamda joriy etişga ötilayotgani islohotlar “avval sinab kör, keyin kengaytir” tamoyili asosida olib borilayotganini körsatadi.
Malaka şifokor maqomining yangi mezoni
Uçraşuvdagi eng tizimli taşabbuslardan biri tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş bilan boğliq. Vazirlar Mahkamasining 19 oktabrdagi qaroriga muvofiq, bu tizim 2027 yil 1 iyuldan ixtiyoriy tartibda işga tuşiriladi, 2030 yil 1 yanvardan esa kasbiy faoliyat bilan faqat davlat röyxatidan ötgan mutaxassislar şuğullanişi mumkin böladi. Röyxatdan ötganlik beş yil amal qiladi, keyin qayta tasdiqlanadi. Eng muhimi, bu talab rağbat bilan uyğunlaştirilmoqda. Röyxatdan ötgan şifokor va farmatsevtlar iş haqiga 7 million söm, örta tibbiyot xodimlariga 3,5 million söm qöşimça tölanadi.
Jahon amaliyotida bu yondaşuv yangilik emas. Masalan, Buyuk Britaniyada şifokorlar 2012 yildan buyon har beş yilda qayta attestatsiyadan ötib, kasbiy malakasini tasdiqlab boradi. Yurtimizda joriy etilayotgan tizimning öziga xos jihati şundaki, u malakani nafaqat talab, balki moddiy rağbat ob’yektiga ham aylantiradi.
Şu mantiq iş haqi tizimida ham kuzatiladi. Bakalavr darajasiga ega hamşiralar uçun 1,5 million söm, magistrlar uçun 2,5 million söm, oilaviy tibbiyot yönalişidagi tor mutaxassislar uçun esa 5,5 million söm qöşimça ustama belgilanmoqda. Birlamçi böğin va tuman şifoxonalari xodimlarining malaka oşiriş xarajatlari töliq davlat hisobidan qoplanadi. Natijada 130 mingdan ortiq tibbiyot xodimi yiliga qariyb 100 milliard sömni öz hamyonida saqlab qoladi. Malaka oşiriş bozoriga xususiy sektor faol jalb etilib, şifokorlar ta’lim muassasasini özlari tanlaş huquqiga ega böladi.
Ma’naviy rağbat ham e’tibordan çetda qolmayapti. Abu Ali ibn Sino nomidagi davlat mukofotini ta’sis etiş taşabbusi ilgari surildi. Joriy yilda ilk bor ötkazilayotgan eng yaxşi tuman şifokori va hamşirasi hududiy tanlovlari ğoliblari 30 million sömdan mukofotlanadi. 2027 yilda hududiy bosqiçda ğolib bölgan 14 nafar şifokorga elektromobil topşiriladi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiluvçi eng yaxşi önta loyiha mualliflariga 200 million sömdan grant ajratiladi. Birlamçi böğin xodimlari bosqiçma-bosqiç maxsus kiyim bilan bepul ta’minlanadi.
Auditoriyadan — bemor yoniga
Mamlakatimizdagi 11 ta davlat oliy ta’lim muassasasi har yili 15 minggaça şifokor tayyorlaydi. Biroq Prezidentimiz oçiq e’tirof etganidek, har bir bitiruvçi işining birinçi kunidan bemorni mustaqil davolaşga tayyor emas. Şu bois 2027 yildan tibbiyot talabalari haftada uç kun bemor bilan işlaşni amalda örganadi, bitiruv kursida esa butun öquv yili davomida klinik amaliyot ötaydi.
Oliy ta’lim taşkilotlarida tor soha mutaxassisligi böyiça rezidentura 2027 yildan bepul böladi, rezidentlarga 3 million söm stipendiya tölanadi. Öqiş muddati yönalişga qarab oilaviy tibbiyotda ikki yildan jarrohlikda beş yilgaça davom etadi. Universitet klinikalari tizimi yölga qöyilib, tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi aynan şu klinikalarda taşxis aniqligi, davolaş samaradorligi va asoratlarni kamaytirişga qaratilgan holda olib boriladi.
Tibbiyot ilmining yangi ufqlari ham belgilandi. Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar böyiça mutaxassislar tayyorlanişi va genetik testlar joriy etilişi, bioetika va biotexnologiyalar sohasining huquqiy asoslari yaratilişi közda tutilmoqda. Bu taşabbuslar bolalar örtasidagi irsiy kasalliklarning oldini oliş böyiça “Özbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadni ilmiy va huquqiy jihatdan ta’minlaşga xizmat qiladi.
Ozodalik, tartib, madaniyat
“Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni körişi kerak”, — dedi davlatimiz rahbari. Şu maqsadda tibbiy ta’lim, quriliş, sanitariya va gigiyena, bemor xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oluvçi “Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari” joriy etiladi. Bu taşabbus may oyida qabul qilingan sifat nazorati böyiça qarorning mantiqiy davomi bölib, davlat va xususiy klinikalar uçun yagona “öyin qoidalari”ni şakllantiradi.
Xususiy tibbiyot bugun sohaning tölaqonli iştirokçisiga aylandi. Xususiy klinikalar soni 2017 yildagi 3,5 mingtadan 9 mingdan oşdi. Stomatologiyada xususiy sektor uluşi 90 foizni, diagnostikada 70 foizni, LOR, urologiya va oftalmologiya yönalişlarida 60 foizni taşkil etmoqda. Ammo hududlar örtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda. Andijon, Farğona, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahridagi xususiy klinikalarning 35–40 foizida statsionar örinlar mavjud bölsa, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarida bu körsatkiç 15 foizdan past.
Bu tafovutni qisqartiriş uçun hokimlar har yili xususiy klinikalar uçun yer uçastkalarini belgilab, e’lon qiladi va ular faqat şu maqsadda, imtiyozli şartlarda auksionga qöyiladi. Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tuğruq majmualari kabi xususiy sektor iştiroki past yönalişlarga ustuvor e’tibor qaratiladi. Har bir hududga kelasi yili kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qiliş vazifasi qöyildi. Iyul oyidan nodavlat klinikalarga davlat tibbiy suğurtasi doirasida yagona tariflar asosida xizmat körsatişga ruxsat berilgani va 2026–2036 yillarga möljallangan tibbiy infratuzilma master-rejalari bilan birgalikda bu çoralar soğlom raqobat muhitini şakllantiradi.
Raqamlaştiriş esa xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda. Prezidentimiz yaqin vaqtda mavjud tizimga sun’iy intellektni qöşib, uni “şifokor va hamşiralarning haqiqiy kömakçisiga aylantiramiz”, dedi. Bunda sun’iy intellekt şifokorning örnini egallamaydi, balki taşxis aniqligini oşiriş va hujjatbozlikni kamaytiriş orqali uning bemor uçun vaqtini köpaytiradi.
70 foizlik marra va sifat imtihoni
Uçraşuvda farmatsevtika tarmoği oldida turgan strategik maqsad — mamlakatimiz ehtiyojining 70 foizini mahalliy işlab çiqariş hisobidan ta’minlaş vazifasi yana bir bor takrorlandi. Keyingi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi işlab çiqariş quvvati işga tuşirildi, “Tashkent Biopharm City” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax viloyatlari va Toşkent viloyatida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari taşkil etildi. Bu zonalarda 1,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda.
Bu marra oson emas. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2025 yilda içki iste’molda mahalliy dorilar uluşi 30 foizdan kam bölgan. Mart oyidagi yiğilişda tarmoq eksporti 220 million dollarga yetgani, biroq uning atigi 14 million dollari dori vositalariga töğri kelişi, ayrim farmatsevtika zonalaridan samarali foydalanilmayotgani tanqidiy tahlil qilingan edi. Şu bois 70 foizlik maqsadga miqdor emas, sifat orqali erişiş muhim. 2027 yil 1 yanvardan dori vositalariga muvofiqlik sertifikatini rasmiylaştirişda milliy GMP sertifikati talab etilişi va Yevropa GMP standartlariga ötiş xarajatlarini davlat tomonidan qisman qoplaş mexanizmlari aynan şunga qaratilgan.
Parlament uçun kun tartibi
Uçraşuvda ilgari surilgan taşabbuslarning köpçiligi qonun ijodkorligi va parlament nazorati bilan bevosita boğliq. Birinçidan, bioetika va biotexnologiyalar sohasining huquqiy asoslarini yaratiş yangi qonunçilik tartibga soliş sohasi demakdir. Genetik testlar, şaxsga doir tibbiy ma’lumotlar va klinik tadqiqotlar kabi masalalar inson huquqlari nuqtai nazaridan puxta işlangan normalarni talab etadi.
Ikkinçidan, hozirda soha 76 ta qonun va 400 dan ortiq qonunosti hujjati bilan tartibga solinadi. 2027 yil dekabrigaça tayyorlanişi rejalaştirilgan Soğliqni saqlaş kodeksida bugun e’lon qilingan taşabbuslar — “Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari”, mutaxassislarni davlat röyxatidan ötkaziş, universitet klinikalari va bemor huquqlari öz ifodasini topişi maqsadga muvofiq.
Uçinçidan, 2027 yilgi Davlat byudjeti loyihasini körib çiqişda saratonni erta aniqlaş (700 milliard söm), infarkt va insult (280 milliard söm) dasturlari, reimbursatsiya röyxatining kengayişi va yangi ustamalar uçun zarur mablağlar aniq aks etişiga e’tibor qaratiş lozim. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2026 yilda soğliqni saqlaş xarajatlari YaIMning taxminan 2,5 foizini taşkil etadi. 5 foizlik möljalga erişiş uçun bu uluşni beş yilda ikki barobar oşiriş talab etiladi. Mahalliy Kengaşlar deputatlari esa xususiy klinikalar uçun yer ajratiş va hududlarga investitsiya jalb qiliş vazifalari ijrosini doimiy nazoratga olişi zarur.
Bugungi uçraşuvning asosiy mazmunini bir jumla bilan ifodalaş mumkin. Tibbiyotda “kasallikni davolaş” davri örnini “salomatlikni asraş” davri egallayotir. Bu özgariş uçta tayançga suyanadi. Birinçisi, bemorga bepul dori va tekşiruvlar doirasi kengayadi, saraton, infarkt va insult kabi xavfli kasalliklar erta aniqlanadi, oilaviy şifokor uning işonçli hamrohiga aylanadi. Ikkinçisi, şifokorning mehnati malaka asosida baholanadi, kasbiy ösişi davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadi, jamiyatdagi obrösi esa Ibn Sino nomidagi mukofot kabi yuksak e’tiroflar bilan mustahkamlanadi. Uçinçisi, yagona standartlar, soğlom raqobat, sun’iy intellekt va mahalliy farmatsevtika sanoati tizimning barqarorligini ta’minlaydi.
Oldinda turgan vazifalar oson emas. Davlat xarajatlarini yalpi içki mahsulotning 5 foiziga yetkaziş, aholining örtaça umr köriş davomiyligini 78 yoşga yetkaziş va mahalliy dori vositalarining uluşini 70 foizga oşiriş izçil moliyalaştiriş, samarali boşqaruv hamda jamoatçilik nazoratini talab etadi. Uçraşuvda ilgari surilgan taşabbuslarning ahamiyati şundaki, ularni amalga oşiriş aniq muddatlar, moliyaviy resurslar va mas’uliyat mexanizmlari bilan boğlangan.
Har qanday islohotning pirovard bahosi bemor yuzidagi tabassum va şifokor közidagi işonç bilan ölçanadi. Şifokor qadrlangan jamiyatda bemor ham qadrlanadi. “Soğlom va uzoq umr” milliy dasturining ma’no-mohiyati ham aynan şunda.
❝ Soğlom inson — soğlom oila, soğlom oila esa milliy yuksalişning eng mustahkam poydevoridir. ❞
Oybek QÖŞBOQOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği