Ortga qaytish Chop etish

Yer qa’ridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni garovga qöyiş imkoniyati bekor qilinmoqda

Yer qa’ridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni garovga qöyiş imkoniyati bekor qilinmoqda

Joriy yilning 15 oktabr kuni Qirğiziston Jogorku Keneşi “Qirğiz Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.

Qonun loyihasi bilan yer qa’ridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni garovga qöyiş imkoniyatini bekor qiliş nazarda tutilmoqda. Amaldagi tartibga köra, litsenziat yer qa’ridan foydalaniş huquqini “Garov töğrisida”gi qonun talablariga muvofiq, garov şartnomasi asosida uçinçi şaxsga garovga qöyişga haqli.

Qonun loyihasiga ilova qilingan tuşuntiriş xatida qayd etilişiça, litsenziyalarni garovga qöyişni rasmiylaştiriş va nazorat qilişning aniq tartibi mavjud emasligi natijasida litsenziyalar ularni oliş uçun ötkazilgan tanlov tartib-taomillarida iştirok etmagan va davlat oldida bevosita javobgar bölmagan uçinçi şaxslar ixtiyoriga ötib qolişi mumkin. Bu esa strategik resurslarni boşqariş ustidan nazoratni yöqotiş xavfini oşiradi.

Bundan taşqari, qonun loyihasida quyidagi çora-tadbirlar nazarda tutilmoqda:

  • texnogen hosilalarning huquqiy maqomi va ularning reyestrini belgilaş;
  • qum-şağal aralaşmasi va qumoq tuproqlarni qazib olişning litsenziyalaş tartibiga ötiş;
  • yer qa’ridan foydalaniş huquqini beriş uçun elektron auksionlarni joriy etiş;
  • konlarni loyihalaştiriş va özlaştiriş muddatlarini moslaşuvçan tarzda belgilaş.

Qonun loyihasi mualliflarining ta’kidlaşiça, hujjat yer qa’ridan foydalanişni litsenziyalaş mexanizmlarini takomillaştiriş, huquqiy aniqlikni mustahkamlaş, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş hamda mamlakatning barqaror rivojlanişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan.

Qonun loyihasini parlamentda ikkinçi öqişda körib çiqiş rejalaştirilgan.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Özbekiston Respublikasining “Yer qa’ri töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, yer qa’rini geologik jihatdan örganiş va foydali qazilmalarni kavlab oliş uçun ruxsatnomaga ega bölgan şaxs, agar garovga oluvçi ruxsatnomada nazarda tutilgan şartlarni bajariş majburiyatini öz zimmasiga olsa, mazkur ruxsatnomada nazarda tutilgan öz huquqlarini garovga berişga haqli.

Şuningdek, mazkur Qonunning 111-moddasida yer qa’ridan foydalaniş sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomada nazarda tutilgan huquqlardan boşqa şaxs foydasiga voz keçiş tartibi belgilangan.

Şu bilan birga, yer qa’rini geologik jihatdan örganiş va foydali qazilmalarni kovlab olişga doir ruxsatnomalarni garovga qöyiş amaliyotini örganiş, mavjud huquqiy va amaliy muammolar aniqlangan taqdirda esa bunday imkoniyatni çeklaş yoki bekor qiliş masalasini körib çiqiş maqsadga muvofiq.