



📅 Bugun, 23-oktabr kuni Parlament tadqiqotlari institutida“Saylovçi işonçi – deputat mas’uliyati: oçiqlik, hisobdorlik va muloqot madaniyati” mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, Parlament tadqiqotlari instituti ilmiy xodimlari hamda huquqşunos olimlar iştirok etdi.
🔹 Tadbirni Parlament tadqiqotlari instituti direktori, yuridik fanlar doktori Akrom Toşpulatov oçib berdi. U deputat va saylovçi örtasidagi işonç parlamentarizm rivojining mustahkam poydevori ekanligini, bu işonç esa oçiqlik va muntazam hisobdorlik orqali şakllanişini ta’kidlab ötdi.
🔹 Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasining a’zosi, yuridik fanlar doktori, professor Şuhrat Yakubov öz ma’ruzasini aralaş saylov tizimida deputatning saylovçi oldidagi mas’uliyati va hisobdorligi masalasiga bağişladi. Ma’ruzaçi bunday tizimda deputat ham saylovçilar, ham partiya oldida mas’uliyat olişini alohida qayd etdi.
🔹 Toşkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Dilafruz Sufiyeva deputatlarning saylov okrugidagi faoliyati mavzusida söz yuritdi. Ma’ruzaçi fuqarolar murojaatlari bilan tizimli işlaş va okrugdagi dolzarb muammolarni qonun ijodkorligiga olib çiqiş deputat faoliyati samaradorligining asosiy mezoni ekanligi haqida söz yuritdi.
Muhokama çoğida siyosiy partiyalar mas’uliyati, murojaatlar bilan işlaş madaniyati va jamoatçilik bilan oçiq muloqot masalalari keng tahlil qilindi. İştirokçilar saylovçilar bilan uçraşuvlarni muntazam ötkaziş hamda raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan samarali foydalan iş böyiça amaliy takliflarni ilgari surdi.
Tadbir yakunida bildirilgan takliflar umumlaştirilib, Institutning tahliliy materiallarida inobatga olinişi qayd etildi. Bunday muloqotlar ilm va amaliyotni yaqinlaştirib, saylovçi bilan deputat örtasidagi özaro işonç köprigini yanada mustahkamlaydi.