




Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutida Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Jahongir Şirinov hamda qömita a’zolari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Unda qömitaning qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasidagi faoliyatini ilmiy-tahliliy jihatdan ta’minlaş, şuningdek, Institut bilan hamkorlikni amaliy ehtiyojlar asosida rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va “Özbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaşda korrupsiyaga qarşi kuraşiş hamda sud-huquq sohasidagi qonunçilikni takomillaştiriş muhim örin tutadi. Bu jarayon qonun loyihalarining ilmiy asoslanganligini, huquqni qöllaş amaliyotiga muvofiqligini va xalqaro standartlarga uyğunligini ta’minlaşni talab etadi.
Institut direktori Akrom Toşpulatov parlament faoliyatini ilmiy-tahliliy jihatdan qöllab-quvvatlaş doirasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtalib, axborot-tahliliy materiallar va ilmiy-huquqiy xulosalar tayyorlaş, xorijiy davlatlar tajribasini örganiş hamda ilmiy tahlil natijalarini parlament amaliyotiga tatbiq etişning ahamiyatini ta’kidladi.
Qömita raisi Jahongir Şirinov esa qonun loyihalarini körib çiqişda çuqur ilmiy tahlil va xolis ekspertiza natijalariga tayaniş deputatlarning qonunçilik faoliyati samaradorligini oşiriş, qabul qilinayotgan qarorlarning puxtaligi va asoslanganligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi.
Uçraşuvda Institut va qömita hamkorligini ikki asosiy yönalişda kuçaytiriş taklif etildi:
Uçraşuv yakunida hamkorlikni muntazam va tizimli asosda taşkil etiş, ustuvor tadqiqot yönalişlarini qömitaning amaliy vazifalari bilan muvofiqlaştiriş hamda ilgari surilgan takliflarni amalga oşiriş böyiça kelişib olindi.