Ortga qaytish Chop etish

DAVLAT TILI MILLIY QONUNÇILIGIMIZ KÖZGUSIDA

  

DAVLAT TILI MILLIY QONUNÇILIGIMIZ KÖZGUSIDA



«Har bir millatning dunyoda borliğini körsatadurğon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yöqotmak millatning ruhini yöqotmakdur.» (Abdulla Avloniy)

Beş million dollarga tuşgan vergul saboği



2017-yilda Amerika Qöşma Ştatlarida köpçilikni hayratga solgan ğaroyib bir sud bahsi öz yeçimini topdi. Sut mahsulotlari işlab çiqaruvçi yirik korxonaning 127 nafar haydovçisi iş beruvçidan qöşimça iş vaqti uçun haq tölanişini talab qilib sudga murojaat qilgan edi. Eng qiziği şundaki, uşbu murakkab mojaroning taqdirini qonun matnidagi oddiygina bitta vergul, aniqroq aytganda esa, öz örniga qöyilmay qolgan tiniş belgisi hal qildi. Sud huquqiy normani ikki xil talqin qiliş mumkinligini e’tirof etdi va matndagi mavhumlikni mehnatkaşlar foydasiga hal etiş töğrisida qaror çiqardi. Oqibatda korxona 2018-yilga kelib haydovçilarga naq beş million dollar miqdorida badal tölaşga majbur böldi.


Mazkur hodisadan söng öşa hudud qonun ijodkorlari hujjat matnini zudlik bilan tuzatib qöyişdi. Hayotiy voqelik bizga juda muhim bir haqiqatni yana bir bor eslatadi. Qonun tilida aslo mayda yoki ahamiyatsiz unsurning özi bölmaydi. Huquqiy hujjatdagi har bir kalom, hatto közga taşlanmaydigan kiçik bir tiniş belgisi ham inson taqdiri va kimningdir qonuniy haq-huquqiga bevosita daxldordir.


Şu ma’noda, yurtimizda har yili 21-oktabr sanasida keng nişonlanadigan Özbek tili bayrami kuni bizni nafaqat ona tilimizning betakror jozibasi bilan faxrlanişga, balki qonunlarimiz tilining aniqligi va ta’sirçanligi haqida çuqurroq muşohada yuritişga undaydi.


Asrlar sinovidan ötgan bebaho xazina



Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça tuzilmasi hisoblangan YUNESKO ma’lumotlariga nazar taşlasak, bugungi kunda yer yuzida yetti mingdan ziyod til mavjud ekanligiga guvoh bölamiz. Afsuski, dunyodagi ta’lim oluvçilarning qariyb qirq foizi özi sözlaşadigan yoki anglaydigan ona tilida bilim oliş imkoniyatidan foydalana olişmaydi.


E’tiborli jihati şundaki, YUNESKO tomonidan 1999-yilda ta’sis etilgan Xalqaro ona tili kuni ham aynan yigirma birinçi sanaga, ya’ni 21-fevralga töğri keladi. Globallaşuv jarayonlari keçayotgan ana şunday murakkab şaroitda özbek tilining jahon hamjamiyatida tutgan örni va mavqeyi alohida e’tirofga loyiqdir. Turli tahliliy hisob-kitoblarga köra, bugun sayyoramizda özbek tilida sözlaşuvçilar soni ellik million nafarga yaqinlaşmoqda. Bu körsatkiç böyiça ona tilimiz turkiy tillar oilasida turk tilidan keyingi faxrli ikkinçi örinni egallab turibdi.


Ona tilimizning naqadar boy va keng imkoniyatlarga ega ekanligini bundan beş asr muqaddam buyuk mutafakkir Alişer Navoiy ilmiy asosda isbotlab bergan edi. Uluğ şoir 1499-yilda bitgan «Muhokamat ul-luğatayn» asarida fors tilida muqobili uçramaydigan yuzta sof turkiy fe’lni misol tariqasida keltiradi. Ular orasida insonning birgina yiğlaş holatini turfa nozikliklari bilan ifodalovçi sözlar borligi kişini hayratga soladi. Masalan, «yiğlamsinmoq» fe’li ovoz çiqarmasdan, iç-içidan ezilib yiğlaşni bildirsa, «siqtamoq» sözi esa öpkasi tölib, höngrab yoş tökişni anglatadi.


Tilimizning yana bir betakror möjizasi uning söz yasaliş xususiyatida namoyon böladi. Özbek tilida qöşimçalar söz özagiga xuddi ipga tizilgan marjon donalari singari uyğunlik bilan ulanib boradi. Deylik, birgina «qonun» özagiga ketma-ket sakkizta qöşimçani qöşiş orqali «qonunlaştirilmaganligidan» degan yaxlit bir sözni hosil qiliş mumkin. Vaholanki, ingliz va boşqa köplab xorijiy tillarda bunday murakkab mazmunni ifodalaş uçun butun boşli gap tuzişga töğri keladi.


Mustaqillikka yöl oçgan öttiz yetti yillik dovon


Ana şunday boy tarixiy merosga ega bölgan ona tilimiz 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan qonun bilan davlat tili maqomiga ega böldi. Tarixiy adolatni tiklagan mazkur hujjat xalqimizning milliy mustaqillik sari taşlagan eng ilk va dadil qadamlaridan biri sifatida tarixga muhrlandi. Oradan roppa-rosa öttiz yil ötib, 2019-yilda Davlatimiz rahbarining tarixiy farmoni bilan uşbu qutluğ sana yurtimizda Özbek tili bayrami kuni deb e’lon qilindi.


2020-yilda esa mazkur bayram maxsus qonun bilan huquqiy jihatdan yanada mustahkamlandi. Ayni şu yili mamlakatimizda 2030-yilga qadar möljallangan davlat tili siyosatining ustuvor yönalişlari aniq belgilab olindi. Tilimizning nufuzi nafaqat mamlakat içida, balki xalqaro maydonda ham yuksaldi. Xususan, 2020-yilda Davlatimiz rahbari Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yuksak minbaridan mustaqil Vatanimiz tarixida ilk marotaba sof özbek tilida nutq sözlab, millionlab yurtdoşlarimiz qalbiga ğurur bağişladi.


Bugungi kunda davlat tilining huquqiy maqomi 2023-yilda umumxalq referendumi orqali yangi tahrirda qabul qilingan Asosiy qonunimizning 4-moddasida qat’iy mustahkamlab qöyilgan. Uşbu konstitutsiyaviy norma davlat tilining ustuvorligini ta’minlaş bilan bir qatorda, diyorimizda istiqomat qiluvçi barça millat va elatlarning ona tillariga hurmat bilan munosabatda bölişni hamda ularning ravnaqi uçun zarur şart-şaroitlar yaratişni ham kafolatlaydi.


 


 


Adolat ölçovini belgilovçi töğri çizğiç



Tilşunos va huquqşunos olimlarning e’tirof etişiça, tilimizdagi «qonun» tuşunçasi arab tiliga qadimgi yunonça «kanon» sözidan kirib kelgan. Uning dastlabki luğaviy ma’nosi «töğri tayoq», ya’ni tekis ölçov çizğiçini anglatadi. Tabiiyki, agar qöldagi çizğiçning özi egri bölsa, uning yordamida tortilgan çiziq ham heç qaçon töğri çiqmaydi.


Fransuz ma’rifatparvari va huquqşunosi Şarl Lui Monteskyo hali 1748-yildayoq qonun matnidagi sözlar har bir inson ongida aynan bir xil tuşunça va tasavvur uyğotişi eng muhim talab ekanligini ta’kidlagan edi. Mutafakkirning yozişiça, qadimgi Rimning maşhur «Ön ikki jadval» qonunlari şu qadar lönda, aniq va sodda tilda bitilgan ediki, hatto yoş bolalar ham ularni qiynalmasdan yod olganlar.


Bugun milliy qonunçiligimiz ham aynan ana şu hayotiy tamoyil asosida takomillaşib bormoqda. Mamlakatimizda barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari davlat tilida tayyorlanadi va qabul qilinadi. Agar hujjatning boşqa tildagi tarjimasi bilan özbek tilidagi matni örtasida biror tafovut yuzaga kelsa, ustuvorlik davlat tilidagi matnga beriladi.


Qonunçilik talabiga köra, huquqiy matn lönda, sodda va ravon tilda bayon etilişi, unda badiiy öxşatişlar, majoziy iboralar va kinoyalarga mutlaqo yöl qöyilmasligi şart. Zero, hazrat Navoiy lirikasini ming bir taşbeh bezab tursa, qonun tilida ularning birortasi ham bölmasligi talab etiladi. Qonunçiligimizda yana bir insonparvar qoida mavjud bölib, unga binoan fuqaro bilan davlat idoralari örtasidagi munosabatlarda qonun hujjatida uçraydigan har qanday bartaraf etib bölmas noaniqlik inson foydasiga talqin qilinadi.


Xalqqa yaqinlaşgan qonun tili va jahon tajribasi



Huquqiy hujjatlar tilini xalqqa yaqinlaştiriş va soddalaştiriş bugun butun dunyoda ustuvor tendensiyaga aylangan. Misol uçun, Şvetsiyada 2009-yilda maxsus Til töğrisidagi qonun qabul qilingan bölib, unga köra davlat idoralari qöllaydigan rasmiy til puxta sayqallangan, sodda va barça uçun tuşunarli bölişi şart ekanligi belgilangan. Ayni şu qonun davlat taşkilotlari zimmasiga öz sohasiga oid atamalarni tizimli ravişda işlab çiqiş va ularni yagona me’yor asosida qöllaş mas’uliyatini ham yuklaydi.


Amerika Qöşma Ştatlarida esa 2010-yilda Ravon yoziş töğrisidagi qonun kuçga kirgan bölib, uşbu hujjat davlat muassasalaridan oddiy fuqaro oson anglay oladigan va kundalik hayotda bemalol qöllay biladigan aniq matnlar yaratişni qat’iy talab etadi.


Yevropa Ittifoqi tizimida esa iş yuritiş yigirma törtta rasmiy tilda amalga oşiriladi. Ittifoq doirasida qabul qilinadigan barça qonun hujjatlari ana şu rasmiy tillarning barçasida e’lon qilinadi va har bir tildagi matn teng huquqiy kuçga ega hisoblanadi. Mazkur tartib hali 1958-yilda qabul qilingan birinçi rasmiy nizom bilan yölga qöyilgan edi.


Demak, ilğor jahon tajribasi ham yagona bir haqiqatni tasdiqlamoqda. Qonun tilining aniqligi va atamalar uyğunligi jamiyatda huquq ustuvorligini ta’minlaşning eng mustahkam poydevoridir.


Aniq sözda aks etgan ustuvor adolat



Özbek tili bayrami şunçaki qutlov va tantanalar kuni emas, balki har birimizni ona tilimizga, aytayotgan va yozayotgan har bir sözimizga yuksak mas’uliyat bilan yondaşişga çorlaydigan muhim sanadir.


Şu nuqtayi nazardan, kelgusida milliy qonunçiligimizdagi barça huquqiy atamalarning yagona raqamli izohli luğatini yaratiş va uni keng jamoatçilik uçun oçiq manba sifatida taqdim etiş bu boradagi işlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişi şubhasizdir.


Donişmand xalqimizda «Avval öyla, keyin söyla» degan purma’no hikmat bor. Xalq taqdiriga daxldor bölgan qonun ijodkorligi jarayonida esa uşbu naqlning ahamiyati ikki karra ortadi. Zero, qonunda söz qançalik aniq va tuşunarli bölsa, jamiyatda adolat ham şunçalik mustahkam qaror topadi.


Safayev Javohir Omanbayevich
Konstitutsiyaviy huquq va parlamentarizm sohasida tadqiqotlar bo‘limi boshlig'i