Ortga qaytish Chop etish

RAQAMLI MAKONDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIK Yangi qonun fuqarolarni qanday himoya qiladi?

 

«Yangi Özbekiston» gazetasi  ·  2026 yil 21 oktyabr, 218-son  ·  4-sahifa, «Jarayon»


  KUN MAVZUSI 


RAQAMLI MAKONDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIK


Yangi qonun fuqarolarni qanday himoya qiladi?


Raqamli texnologiyalar taraqqiyotini töxtatib bölmaydi. Ular yanada rivojlanadi, yangi xizmatlar, yangi imkoniyatlar va yangi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Biroq ular bilan birga yangi xavf-xatarlar ham paydo böladi.



Bugun raqamli texnologiyalar hayotimizning deyarli barça sohasiga kirib keldi. Endi bankka borib navbat kutiş şart emas. Bir neça soniyada telefon orqali pul ötkaziş mumkin. Kommunal tölovlar, soliqlar, davlat xizmatlari, onlayn savdo, masofaviy ta’lim va hatto tibbiy maslahatlar ham raqamli platformalar orqali amalga oşirilmoqda.


Akrom TOŞPÖLATOV,


Parlament tadqiqotlari instituti direktori, yuridik fanlar doktori


 

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, elektron davlat xizmatlarini kengaytiriş hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Bu jarayon iqtisodiyot samaradorligini oşiriş, davlat xizmatlarining şaffofligini ta’minlaş va aholi uçun qulaylik yaratişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Biroq har qanday yangilikning ikkinçi tomoni ham böladi. Texnologiyalardan nafaqat halol insonlar, balki yomon niyatli kimsalar ham foydalanişni örganmoqda. Ilgari firibgarlik köproq yuzma-yuz muloqot orqali sodir etilgan bölsa, bugun u telefon, internet, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, bank kartalari, elektron hamyonlar va hatto sun’iy intellekt yordamida amalga oşirilmoqda.


Şu bois, raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş bilan bir vaqtda uning huquqiy himoyasini ham kuçaytiriş davlat siyosatidagi ustuvor vazifalardan biriga aylandi.


Ana şu ehtiyojdan kelib çiqib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan “Kiberxavfsizlikni ta’minlaş va raqamli muhitdagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun qabul qilindi hamda Senatga yuborildi. Qonundan asosiy maqsad raqamli muhitda fuqarolarning huquq va manfaatlarini yanada işonçli himoya qiliş, jinoyatlarning oldini oliş hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarning samarali faoliyati uçun zamonaviy huquqiy asos yaratişdan iborat.


Nega aynan bugun bunday çora zarur böldi?


Har kuni yuzlab fuqaro turli aldov va tovlamaçilik usullari qurboni bölib, mablağidan ayrilmoqda. Telefonga kelgan birgina qönğiroq, soxta havola, yolğon xabarnoma (SMS) yoki özini bank xodimi sifatida taniştirgan şaxs bilan bir neça daqiqali suhbat insonning yillab töplagan mablağini yöqotişiga sabab bölişi mumkin.


Keling, hayotda tez-tez uçrab turadigan bir holatni tasavvur qilaylik. Toşkent viloyatida yaşovçi yoşi uluğ ayolga kutilmaganda telefon qönğiroği böladi. Qönğiroq qilgan şaxs özini bank xodimi deb taniştiradi. U ayolning kartasida göyo şubhali operatsiya ötkazilayotganini aytib, mablağni saqlab qoliş uçun SMS orqali kelgan kodni aytişni söraydi. Ayol xavotirga tuşib, kodni aytadi. Bir neça daqiqa ötmasdan hisobidagi barça mablağ boşqa hisoblarga ötkazib yuboriladi. Bu voqeada firibgar na bankka kirdi, na karta öğirladi. U faqat insonning işonçidan foydalandi.


Köpçilik “kiberjinoyat” deganda kompyuterni xakerlik orqali buzib kiriş yoki murakkab xakerlik harakatlarini tuşunadi. Aslida esa bugun kiberjinoyatlarning katta qismi oddiy insonlarni aldaş orqali sodir etilmoqda.


Masalan, “Siz 50 million söm yutdingiz” degan xabar, arzon narxda avtomobil yoki kvartira sotilayotgani haqidagi soxta e’lon, ijtimoiy tarmoqlarda qarindoşining akkaunti buzilib, pul söralgan xabar, özini bank, soliq organi yoki huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimi sifatida taniştirgan şaxslar, investitsiya platformasi yoki kriptovalyuta orqali yuqori daromad va’da qiluvçi firibgarlar insonlarning aldanib qolişiga sabab bölayotir.


Bunday holatlarda kompyuter tizimi emas, inson psixologiyasi “buziladi”. Şuning uçun zamonaviy kiberjinoyatçilik huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammoga aylanib ulgurdi.


Sönggi vaqtlarda huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatida “drop” degan atama tez-tez qöllanmoqda. Oddiy qilib aytganda, “drop” öz bank kartasi, elektron hamyoni yoki bank hisob raqamini boşqa şaxslarga muayyan haq evaziga yoki bepul foydalaniş uçun berib qöyadigan şaxsdir. Köpçilik bunday harakatning oqibati haqida öylamaydi.


Masalan, talaba ijtimoiy tarmoq orqali “karta kerak, oyiga 1 million söm tölaymiz” degan taklifga rozi böladi. U öz kartasini boşqa şaxslarga beradi. Bir neça kundan keyin esa öşa karta orqali önlab firibgarlik mablaği aylantirilgani ma’lum böladi. Natijada jinoyatçilar izini yaşiradi. Jabrlanuvçilar pulsiz qoladi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar esa mablağning haqiqiy egasini aniqlaş uçun köproq vaqt sarflaydi.


Aynan şunday aldov va tovlamaçilik holatlarining oldini oliş maqsadida mazkur qonun bilan samarali huquqiy mexanizmlar joriy etiladi.


Jazoni kuçaytiriş emas, jinoyatning oldini oliş


Yangi qonunni öqir ekanmiz, undagi özgarişlarning aksariyati jinoyat sodir bölişidan avval uning yölini tösişga qaratilganiga guvoh bölamiz. Buning uçun qonunda jinoyatçilarning moliyaviy izlarini tezroq aniqlaş, firibgarlikda foydalanilayotgan bank kartalari aylanmasini çeklaş, raqamli xizmatlardan jinoiy maqsadlarda foydalanişning huquqiy oqibatlarini belgilaş, internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlarga nisbatan huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş, tergov organlariga zamonaviy raqamli dalillar bilan işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş kabi çoralar nazarda tutilgan. Kiritilayotgan özgartirişlar jinoyatning sodir etilişi ehtimolini kamaytirişga xizmat qiladi.


Har bir davr özining huquqiy yeçimlarini talab qiladi. Ötgan asrda qonunlar asosan an’anaviy munosabatlarni tartibga solgan bölsa, bugun raqamli muhit mutlaqo yangi huquqiy yondaşuvlarni taqozo etmoqda.


Şu ma’noda, mazkur qonun alohida jinoyatlarni jazolaşga qaratilgan navbatdagi huquqiy hujjat emas. U raqamli jamiyat şaroitida davlat, fuqaro va biznes örtasida xavfsiz raqamli munosabatlarni şakllantirişga xizmat qiladigan tizimli huquqiy mexanizmdir. Qonunning asosiy vazifasi jinoyatçilar qöllayotgan yangi usullarga huquqiy jihatdan munosib javob berişdir.


Birinçi muhim yangilik: internet orqali sodir etilgan jinoyatlarga huquqiy baho özgaradi. Raqamlaştiriş jarayonining jadallaşuvi natijasida firibgarlik jinoyatlarining salmoqli qismi internet tarmoği va boşqa raqamli platformalar orqali sodir etilmoqda. Fuqaro telefon qönğiroğini qabul qiladi. Telegram orqali havola keladi. Ijtimoiy tarmoqda soxta dökon oçiladi. Internet orqali qarz taklif qilinadi. Natijada jinoyat sodir böladi.


Amalda esa köp hollarda jinoyatning aynan raqamli texnologiyalar orqali sodir etilgani jazo tayinlaşda alohida huquqiy ahamiyat kasb etmas edi. Qonun bilan mazkur yondaşuv qayta körib çiqilib, internet, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanib, jinoyat sodir etiş oğirlaştiruvçi holat sifatida baholanişi belgilangan.



Ikkinçi muhim yangilik: “kartamni vaqtinça işlatib turing” degan gap endi jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Sönggi yillarda firibgarlik natijasida qölga kiritilgan mablağlarning harakat yönalişini aniqlaş hamda ularni ötkazişda foydalanilgan hisobraqamlar va boşqa moliyaviy vositalarni belgilaş huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatidagi eng murakkab vazifalardan biriga aylanmoqda.


Amaldagi usullar şunday işlaydi. Jinoyatçi heç qaçon öz kartasidan foydalanmaydi. U talabalar, işsizlar yoki oson daromad izlayotgan şaxslarga murojaat qilib, ularning bank kartasi yoki elektron hamyonidan foydalanadi.


Masalan, “bir oyga kartangizni ijaraga bersangiz, 2 million söm tölaymiz” degan takliflar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez uçrab turadi. Köpçilik buning jinoyat ekanini anglamaydi. Aslida esa aynan şu karta orqali önlab jabrlanuvçilarning mablaği aylantiriladi.


Qonun mazkur zanjirni uzişga qaratilgan muhim huquqiy mexanizmlarni taklif qilmoqda. Xususan, bank kartalari, hisobvaraqlar va elektron tölov vositalarini jinoiy maqsadlarda boşqa şaxslarga beriş yoki ulardan foydalaniş bilan boğliq munosabatlarga aniq huquqiy baho belgilanmoqda. Bu özgariş, birinçi navbatda, halol fuqarolarni himoyalaşga xizmat qiladi.


Uçinçi muhim yangilik: elektron hamyon va raqamli aktivlar sohasida ham huquqiy aniqlik paydo böladi. Bugun raqamli iqtisodiyot faqat bank kartalaridan iborat emas. Elektron hamyonlar, onlayn tölov platformalari, raqamli aktivlar va kriptovalyuta bilan boğliq operatsiyalar ham tobora ommalaşmoqda. Mazkur jarayon jinoyatçilar uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Masalan, mablağ bank kartasidan elektron hamyonga, undan boşqa mamlakatdagi kriptohamyonga, keyin esa yana boşqa hisobga ötkazilişi mumkin. Bir neça daqiqada pulning haqiqiy harakat yölini aniqlaş juda qiyinlaşadi.


Şu sababli qonun bilan elektron tölov vositalari va ulardan jinoiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq huquqiy mexanizmlar ham takomillaştirildi. Bu özgarişlar raqamli moliya bozorining barqaror rivojlanişi uçun ham muhim.


Törtinçi muhim yangilik: tergovning zamonaviy vositalari kengayadi. Kiberjinoyatlarni tergov qiliş oddiy jinoyatlarni oçişdan tubdan farq qiladi. Agar an’anaviy jinoyatda guvohlar, izlar yoki aşyoviy dalillar asosiy ahamiyatga ega bölsa, raqamli jinoyatlarda elektron ma’lumotlar, IP manzillar, server jurnallari, bank operatsiyalari va raqamli tranzaksiyalar asosiy dalil böladi. Bunday ma’lumotlarni tezkor oliş imkoniyati bölmasa, jinoyatçilar mablağni bir neça daqiqada boşqa davlatlarga ötkazib yuborişi mumkin.


Şuning uçun qonunda ayrim protsessual mexanizmlarni zamonaviy raqamli munosabatlarga moslaştiriş nazarda tutilgan. Bu huquqni muhofaza qiluvçi organlarga kiberjinoyatlarni tezroq foş etiş imkonini beradi.


Qonunning asosiy ta’siri firibgarlik usullarini taşkil qilayotgan, boşqalarning kartasidan foydalanayotgan, soxta hisoblar oçayotgan, internet orqali ommaviy aldovlar uyuştirib kelayotgan şaxslarga qaratiladi.


Şu ma’noda, mazkur hujjat raqamli makonda jinoyatdan daromad topişga urinayotgan şaxslar uçun jiddiy ogohlantiriş vazifasini bajaradi.


Heç bir qonun fuqarolarning huquqiy ongi va ehtiyotkorligisiz töliq samara bermaydi. Masalan, qonun bank kartasini boşqa şaxslarga bermaslikni talab qilişi mumkin. Lekin inson oson daromad ilinjida öz kartasini ixtiyoriy ravişda boşqalarga taqdim etsa, eng avvalo, özi xavf ostida qoladi.


Yoki bank heç qaçon SMS orqali kelgan tasdiqlaş kodini söramasligi haqida million marta ogohlantiriş mumkin. Ammo fuqaro işonib kodni aytsa, firibgar uçun eşikni aynan özi oçib bergan böladi. Şuning uçun mazkur qonunni mamlakatimizda raqamli huquqiy madaniyatni şakllantirişga xizmat qiladigan muhim huquqiy hujjat sifatida baholaş maqsadga muvofiq.


Bir qaraşda kiberjinoyatçilik alohida şaxslar örtasidagi firibgarlikdek körinadi. Aslida, uning ta’sir doirasi ança keng. Bugun raqamli texnologiyalar bank tizimi, davlat xizmatlari, elektron tijorat, soliq ma’muriyatçiligi, investitsiyalar, taşqi savdo va moliya bozorlarining asosiy infratuzilmasiga aylangan. Demak, raqamli muhitdagi xavfsizlik endi butun iqtisodiyot barqarorligining ham muhim şartidir.


Dunyo tajribasi şuni körsatmoqdaki, kiberjinoyatçilik oqibatida yetkazilayotgan zarar yildan yilga oşib bormoqda. Xalqaro tahlillarga köra, bu tendensiya saqlanib qolsa, yaqin yillarda kiberjinoyatlar tufayli jahon iqtisodiyoti köradigan zarar trillionlab AQŞ dollariga yetişi mumkin. Bu raqamlar kiberxavfsizlikni milliy iqtisodiy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida köriş zarurligini namoyon etadi.


Tasavvur qilaylik: yoş oila bir neça yil davomida uy xarid qiliş uçun mablağ jamğardi. Internetdagi soxta ipoteka yoki investitsiya taklifiga işonib, butun mablağini firibgarlarga ötkazib yubordi.


Bu yerda faqat bitta bank hisobvaraği böşab qolgani yöq. Oilaning kelajak rejalari keçikadi, bank tizimiga işonç pasayadi, aholi raqamli xizmatlardan ehtiyotkorlik bilan foydalana boşlaydi. Natijada raqamli iqtisodiyotning rivojlaniş sur’atiga ham salbiy ta’sir körsatilişi mumkin. Şuning uçun ham kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş davlat iqtisodiy siyosatining muhim yönalişidir.


Eng muhim kapital — işonç


Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, davlat xizmatlarini raqamlaştiriş va elektron tölov tizimlarini kengaytiriş böyiça izçil işlar bajarilayotir. Bu islohotlarning muvaffaqiyati esa, eng avvalo, aholining işonçiga boğliq.


Agar inson telefon orqali pul ötkazişdan qörqsa, internet dökonlariga işonmasa yoki elektron xizmatlardan xavfsirasa, raqamlaştirişdan kutilayotgan iqtisodiy samaraga erişiş qiyin böladi.


Demak, raqamli iqtisodiyotning eng muhim kapitali texnologiya emas, işonçdir. Mazkur qonun aynan ana şu işonçni mustahkamlaşga xizmat qiladi.


Bugun xorijiy investor mamlakatning soliq siyosati yoki bozor hajmi bilan birga kiberxavfsizlik darajasini ham baholaydi. Çunki har qanday zamonaviy işlab çiqariş, bank tizimi, logistika markazi yoki fintex kompaniyasi öz faoliyatida raqamli texnologiyalarga tayanadi. Agar mamlakatda elektron operatsiyalarni himoya qiluvçi huquqiy mexanizmlar yetarli bölmasa, investorning tavakkalçiligi ortib boradi. Şu nuqtai nazardan, kiberjinoyatçilikka qarşi samarali qonunçilik investitsiya muhitining ham muhim tarkibiy qismidir.


Rivojlangan davlatlar tajribasida ham raqamli muhitda sodir etiladigan jinoyatlarga nisbatan huquqiy çoralar bosqiçma-bosqiç kuçaytirilmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqida axborot tizimlariga qarşi jinoyatlar, şaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy egallaş, elektron tölov vositalari orqali firibgarlik va raqamli identifikatsiya vositalaridan jinoiy maqsadlarda foydalaniş uçun javobgarlikka oid umumiy huquqiy standartlar şakllantirilgan.


AQŞda elektron moliyaviy firibgarlik, bank kartalari ma’lumotlarini öğirlaş, elektron aloqa vositalari orqali firibgarlik hamda kiberjinoyatlar federal darajada oğir jinoyat sifatida baholanadi.


Singapur, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi raqamli iqtisodiyoti yuqori rivojlangan mamlakatlarda esa elektron tölov tizimlari xavfsizligiga milliy iqtisodiy xavfsizlikning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida qaraladi.


Bu misollar şuni körsatadiki, raqamli iqtisodiyot qançalik rivojlansa, uni himoya qiluvçi huquqiy mexanizmlar ham şunçalik mustahkam bölişi lozim.


Biznes uçun ham muhim


Ayrimlar “bu qonun faqat jinoyatçilarga qarşi qabul qilinmoqda”, deb öylaşi mumkin. Aslida esa uning bevosita manfaatdorlari orasida tadbirkorlar ham bor.


Onlayn savdo platformalari, tölov taşkilotlari, marketpleyslar, elektron xizmat körsatuvçi kompaniyalar, logistika operatorlari va fintex loyihalari xavfsiz raqamli muhitsiz barqaror rivojlana olmaydi.


Firibgarliklar köpaysa, birinçi navbatda, biznesning özi zarar köradi. Mijozlar işonçini yöqotgan bozor uzoq muddatli rivojlana olmaydi. Şuning uçun mazkur qonun raqobat muhitini ham himoya qiladi.


Qonunni tahlil qilar ekanmiz, yana bir muhim jihat e’tiborni tortadi. Unda jinoyatning oldini olişga xizmat qiluvçi mexanizmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu zamonaviy huquq siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir. Çunki har qanday firibgarlikdan keyin pulni qaytariş oson emas. Ammo uning sodir bölişiga imkon bermaslik köp jihatdan samaralidir.


Aynan şu nuqtai nazardan qaraganda, bank kartalari aylanmasini tartibga soliş, elektron tölov vositalari bilan boğliq munosabatlarni aniq huquqiy qoidalar asosida belgilaş hamda raqamli muhitda jinoyat sodir etişning huquqiy oqibatlarini kuçaytiriş profilaktikaning muhim vositasiga aylanadi.


Qonun mamlakatimizdagi keng kölamli raqamli islohotlarning mantiqiy davomi sifatida baholanişi lozim. Çunki davlat bir tomondan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirar ekan, ikkinçi tomondan uning xavfsizligini ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlarni ham takomillaştirib borişi tabiiy. Bu esa “raqamlaştiriş — huquqiy muhofaza — jamoat işonçi” zanjirining barqaror işlaşini ta’minlaydi.


Huquq taraqqiyotdan ortda qolmasligi kerak. Bu — huquqiy davlat qurişning eng muhim talablaridan. Jamiyatda yangi munosabatlar paydo bölar ekan, ularni tartibga soladigan huquqiy mexanizmlar ham zamon bilan hamqadam rivojlanib borişi zarur. Biz ana şunday tarixiy bosqiçda turibmiz.


Bugun raqamli iqtisodiyotni şakllantiriş va rivojlantiriş, davlat boşqaruvi tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillaştiriş, elektron davlat xizmatlari kölami va sifatini oşiriş, şuningdek, innovatsion yeçimlarni amaliyotga keng tatbiq etiş mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor strategik yönalişlari qatoriga kiritilgan. Bu özgarişlar odamlarning kundalik turmuş tarzini yengillaştirmoqda. Davlat xizmatlarining oçiqligi va samaradorligini oşirmoqda. Tadbirkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ammo raqamlaştirişning haqiqiy samarasi texnologiyalardan xavfsiz foydalaniş imkoniyati bilan belgilanadi.


Köpinça kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi sifatida qabul qilinadi. Aslida esa raqamli xavfsizlikni ta’minlaşda har bir fuqaro, har bir taşkilot va har bir davlat organining öz örni bor. Banklar zamonaviy himoya tizimlarini joriy etadi. Telekommunikatsiya operatorlari axborot xavfsizligini ta’minlaydi. Davlat organlari huquqiy mexanizmlarni takomillaştiradi. Ta’lim muassasalari raqamli savodxonlikni oşiradi. Ommaviy axborot vositalari aholini ogohlantiradi. Fuqarolar esa şaxsiy ma’lumotlari va moliyaviy resurslariga mas’uliyat bilan munosabatda böladi.


Mana şu zanjirning biror böğini zaiflaşsa, butun tizimning samaradorligi pasayadi. Şu bois, kiberxavfsizlikni ta’minlaş umummilliy vazifaga aylanmoqda.


Heç qanday qonun har bir insonning telefoni yonida turib, uni firibgardan himoya qila olmaydi. Heç qanday huquqiy norma insonning örniga qaror qabul qilmaydi. Heç qanday davlat organi fuqaro öz ixtiyori bilan firibgarga yuborgan SMS kodni qaytarib bera olmaydi. Şuning uçun raqamli xavfsizlikning birinçi va eng muhim şarti huquqiy madaniyatdir.


Eng katta natija nimada?


Bu savolga javobni oldi olingan jinoyatlar soni bilan baholaş töğriroq böladi. Agar yangi huquqiy mexanizmlar natijasida fuqarolar bank kartalarini boşqalarga bermay qöysa, internet firibgarligi qurbonlari kamaysa, raqamli xizmatlarga işonç ortsa, tadbirkorlar elektron tijoratdan xavfsiz foydalansa, bank tizimi barqarorligi mustahkamlansa, tergov organlari kiberjinoyatlarni tezroq foş eta olsa, demak, qonun özining asosiy vazifasini bajargan böladi. Çunki zamonaviy huquqning eng muhim mezoni xavfni kamaytirişdir.


Raqamli iqtisodiyot ham, elektron davlat xizmatlari ham, sun’iy intellekt texnologiyalari ham, fintex sohasi ham, axborot tizimlari ham, eng avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilişi lozim.


Mazkur qonun aynan şu maqsadga xizmat qiluvçi huquqiy islohotlardan biridir. U raqamli taraqqiyotni çeklamaydi. Aksinça, uning xavfsiz rivojlanişi uçun huquqiy kafolatlarni kuçaytiradi. Eng muhimi, uşbu qonun fuqarolarning şaxsiy mulki, moliyaviy xavfsizligi va raqamli huquqlarini himoya qilişga qaratilgan. Bu esa har bir insonning davlatga, qonunga va raqamli xizmatlarga işonçini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.


Raqamli texnologiyalar taraqqiyotini töxtatib bölmaydi. Ular yanada rivojlanadi, yangi xizmatlar, yangi imkoniyatlar va yangi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Biroq ular bilan birga yangi xavf-xatarlar ham paydo böladi. Şunday ekan, huquq ham taraqqiyot bilan birga harakat qilişi şart.


Qonun ana şu ehtiyojning huquqiy ifodasidir. U raqamli makonda jinoyatçilikka qarşi kuraşişning samarali mexanizmlarini şakllantiriş, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş hamda yangi Özbekistonda xavfsiz raqamli muhitni barpo etişga xizmat qiladi.