Ortga qaytish Chop etish

Murojaat qilish huquqini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan dissertatsiya muhokama qilindi.




 

2026-yil 13-oktabr kuni Parlament tadqiqotlari institutida Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil tadqiqotchisi Yuldashov Sodiq Oqbayevichning “Murojaat qilish huquqining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yetakchi tashkilot sifatida Institut direktori o‘rinbosari V.Davlyatov raisligida o‘tgan yig‘ilishda institutning bo‘lim boshliqlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Muhokama davomida murojaat qilish huquqining asosiy huquqlar tizimidagi o‘rni, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari hamda ushbu sohadagi milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan xulosa va takliflar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, dissertatsiya mazmunini yanada boyitishga qaratilgan fikr-mulohaza va tavsiyalar bildirildi.