
Bugun, 10-oktabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshta ustuvor masala bo‘yicha amaliy takliflar bilan chiqdi. Ular orasida savdo aylanmasini kuchaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish.
Ilgari surilgan bu tashabbus global iqtisodiy murakkabliklar fonida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan va har birimizning farovonligimiz uchun muhim qadamdir.
Prezidentimiz nutqida ta’kidlaganidek, o‘tgan yili O‘zbekistonning MDH sheriklari bilan savdo hajmi 11 foizga o‘sgan va joriy yilda ham bu dinamika saqlanib qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi yangi ma’lumotlar buni yaqqol dalilidir: (Daryo.uz manbalariga ko‘ra,) 2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan savdosi 11,8 milliard dollarga yetgan. Bu nafaqat raqamlar, balki haqiqiy imkoniyatlar – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda tartib-taomillarni soddalashtirish, milliy bozorlarga osonroq kirish va davlat xaridlarida ishtirok etish orqali amalga oshadi.
Taklifning asosiy jihatlari quyidagilar:
- Bozorlarni o‘zaro moslashtirish: MDH Iqtisodiy kengashi doirasida tashqi konyunktura o‘zgarishlariga tezkor javob berish mexanizmlarini yaratish.
- Texnik to‘siqlarni kamaytirish: Texnik to‘siqlar va muvofiqlikni baholash hujjatlarini tan olish bo‘yicha bitimlarni tezlashtirish.
Bu choralar savdo oqimlarini yanada kuchaytirib, mamlakatlarimiz iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlaydi. Aytish kyerak, amalda ko‘p narsa o‘zgartiriladi – dehqonlarimiz mahsulotlarini osonroq sotadi, biznes esa yangi bozorlarga chiqadi.
Mazkur takliflarning amalga oshishi bilan MDH doirasidagi hamkorlik yangi bosqichga kiradi.
Parlament tadqiqotlar instituti
bosh ilmiy xodimi
Nuriddin Sotivoldiyev