Ortga qaytish Chop etish

2026-yil uchun tayanch doktorantura institutiga 12.00.11 – Parlament huquqi ixtisosligi bo‘yicha qabul e’lon qiladi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI HUZURIDAGI PARLAMENT TADQIQOTLARI INSTITUTI

2026-yil uchun tayanch doktorantura institutiga 12.00.11 – Parlament huquqi ixtisosligibo‘yicha qabul e’lon qiladi:

Ixtisoslik


shifri


 

Ixtisoslik nomi


Ajratilgan kvota


Tayanch doktorantura


Doktorantura


12.00.11


-


Parlament huquqi


2 ta PhD


-


Hujjatlar joriy yilning 5-noyabriga qadar qabul qilinadi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga tayanch doktorantsifatida kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda ixtisoslik bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar;

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTMga (elektron tartibda daraja.ilmiy.uz sayti orqali) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

chet tilini bilish sertifikati IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (B2 darajadan past bo‘lmagan);

ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari.

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Talabgorlarning hujjatlari elektron tartibda https://daraja.ilmiy.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Ma’lumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:

Toshkent sh., Furqat ko‘chasi, 171-uy, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 
2-binosi
,Parlament tadqiqotlari instituti.

Tel.: (78) 238-24-02 

                                                (78) 238-24-16