


Bugungi kunda milliy parlamentimiz faoliyatini har tomonlama rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Taʼsirchan parlament nazorati mexanizmlari amaliyotga joriy etilmoqda. Qonun ijodkorligi samaradorligi oshmoqda.
Eng muhimi, parlament faoliyatidagi oʻzgarishlarda ilmiy va axborot-tahliliy faoliyatga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Shu bois, Parlament tadqiqotlari institutida “12.00.11 – Parlament huquqi” ixtisosligi boʻyicha 2025-yil 4-chorak uchun ushbu ixtisoslikda ilmiy ish qilish istagidagi koʻplab talabgorlarning arizalari kelib tushdi. Kelib tushgan hujjatlar saralandi va suhbatga taklif etildi.
Joriy yilning 4-sentabr kuni talabgorlarning ilmiy faoliyat olib borishiga oid koʻnikmalari yuzasidan suhbat boʻlib oʻtdi. Talabgorlar tomonidan Davlat byudjeti ijrosi ustidan parlament nazoratini tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishkabi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish takliflari ilgari surildi.
Suhbat yakunlariga koʻra, Komissiya tomonidan muvaffaqiyatli oʻtgan tadqiqotchilar aniqlandi. Ularga ilmiy tadqiqot ishini samarali amalga oshirish hamda muvaffaqiyatli yakunlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.