


Tadbirda Parlament tadqiqotlari instituti direktori Akrom Toshpulatov, institut xodimlari va TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Ajar Ergin xonim hamda mutaxassis Aziza Xusanboyeva ishtirok etdi.
Unda ikki tashkilot o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir avvalida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Parlament tadqiqotlari institutining faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
O‘z navbatidaYesin Ajar Yerginiliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda olib borilayotgan tarixiy islohotlar va uning natijalarini yuqori baholadi.
Institut va TIKA o‘rtasidagi hamkorlik 2018-yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shu vaqt mobaynida qator amaliy ishlar amalga oshirilgan.
Akrom Toshpulatovning so‘zlariga ko‘ra, TIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlik nafaqat parlament faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, balki O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, parlamentarizm sohasida ilg‘or tajribani o‘rganish va ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.