Ortga qaytish Chop etish

Tadqiqotchilarning takliflari muhokama qilinmoqda

Joriy yilning 23-iyun kuni Parlament tadqiqotlari institutida Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchilarining takliflari muhokamasi tashkil etildi.

Tadqiqotchilar tomonidan iqtisodiy sudlarda davlat bojlarini undirishning nazariy va amaliy muammolari, huquqbuzarliklarining ijtimoiy profilaktikasini takomillashtirish, jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqish kabi masalalarga oid takliflar muhokama qilindi.

Tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilayotgan tadqiqot ishining ahamiyati, dolzarbligi, sohadagi mavjud muammolar, ularning ilmiy-nazariy yechimlariga bag‘ishlangan g‘oya va konsepsiyalar ilgari surildi, shuningdek, sohani rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama yakunida mustaqil izlanuvchilarga takliflarni shakllantirishda, ilmiy tadqiqotni samarali, puxta amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.