Ortga qaytish Chop etish

Moldova qonunchiligiga “femitsid” tushunchasi kiritilmoqda

Parlament tomonidan birinchi o‘qishda “femitsid” tushunchasini qonunchilikka kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilindi.

“Femitsid” tushunchasi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning eng yomon shaklini ta’riflaydi. Loyihaga ko‘ra, femisid alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilanmoqda va genderga asoslangan adovat tufayli ayolni qasddan o‘ldirishni ifodalaydi.

Shuningdek psixologik zo‘ravonlik tushunchasi qayta ko‘rib chiqilib, ushbu tushuncha bilan kiberzo‘ravonlik xam qamrab olinmoqda.

Bundan tashqari, zo‘ravonlikni oldini olishning uchta asosiy tamoyillari mustahkamlanmoqda:

·inson qadr-qimmatini hurmat qilish;

·inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish;

·tezkorlik.

Ma’lumot uchun:  2022-yilda dunyo bo‘yicha 89 mingtadan dan ziyod ayollar genderga asoslangan adovat asosida qotillik qurboni bo‘lgan, ularning 49 mingga yaqini esa erlari yoki birgalikda yashovchi erkaklar tomonidan o‘ldirilgan.