Ortga qaytish Chop etish

Gruziya parlamenti faoliyati va vakolatlari bilan bog‘liq bir qator masalalar o‘z yechimini topdi

Prosessual masalalar va reglament qo‘mitasi “Gruziya Parlamenti Reglamentiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Loyihaga ko‘ra, quyidagilar aniq belgilanmoqda:

parlament raisi o‘rinbosari va qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozmiga nomzodlar ko‘rsatish muddatlari va ularni saylash tartibi;

Gruziya Bosh prokurorining tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifining asosliligini o‘rganish va ko‘rib chiqish tartibi;

Gruziya fuqarosini lobbist sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;

parlament Byurosining qarorini parlament tomonidan bekor qilinishi tartibi;

parlamentning sobiq deputatlarining parlament binosiga kirish huquqi;

tashabbuskor guruhlar tomonidan kiritilgan qonun loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlarni veb-saytga joylashtirish tartibi.

Shuningdek, deputat yordamchilarining aniq sonini belgilash, parlamentda ko‘pchilik yetakchisi uchun parlament raisi o‘rinbosari bilan bir xil mehnat sharoitlarini belgilash taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, qo‘mita yig‘ilishida navbatdagi yalpi majlis o‘tkaziladigan hafta davomida qonun loyihasini qo‘mitada ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yilmasligi, qonun loyihalarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish tartibi, shu jumladan “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi va “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ko‘rib chiqish tartibini belgilash taklif etilmoqda.

Parlament nazorati mexanizmlarining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovlarini yuborishni tartibga solish, Bosh vazirning yillik hisobotini eshitish, mansabdor shaxsni yalpi majlisga taklif etish tartibi takomillashtirilmoqda.

Yig‘ilish so‘nggida qo‘mita a’zolari loyihada belgilangan o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatladi.