
Finlyandiya parlamenti hukumat tashabbusiga ko‘ra kiritilgan ish tashlashlar muddatini 24 soatgacha qisqartirish va noqonuniy ish tashlashlar uchun jarimalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.
Parlament veb-saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2018-2022-yillar oralig‘ida Finlyandiyada ish tashlashlar va boshqa mehnat nizolari tufayli yiliga o‘rtacha 350 mingga yaqin ish kuni (ishchi soniga ko‘ra hisoblangan) yo‘qotilgan. Qonun loyihasiga ko‘ra, mehnat munosabatlarini yaxshilash va Finlyandiyani investisiya uchun ishonchli mamlakatga aylantirish nazarda tutilgan. Shu maqsadda, qonun loyihasida ish tashlashlarning davomiyligi maksimal 24 soat etib belgilanmoqda. Shuningdek, noqonuniy ish tashlashlar uchun jarimalar miqdori oshirilib, 10 000 dan 150 000 yevrogacha etib belgilanmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan Finlyandiyaning yalpi ichki mahsulotini yiliga 10-40 million yevroga oshirish kutilmoqda. Loyihani 199 deputatdan 107 nafari qo‘llab-quvvatladi, 57 nafari bunga qarshi chiqdi. Qonun loyihasi 2024 yilning1 iyulidan kuchga kirishi mumkin.