Ortga qaytish Chop etish

Sport va jismoniy faoliyatni targ‘ib qiluvchi xayriyalar uchun soliq imtiyozlarini berish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi

10-aprelda Parlament majlisida “Daromad solig‘i to‘g‘risida”gi qonunning 57-bandiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunchilik tashabbusi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qonun loyihasiga binoan, sport yoki jismoniy faoliyatni rivojlantirish uchun qilingan xayriya uchun soliq imtiyozlari  berish nazarda tutilgan bo‘lib, amaldagi qonunchilikda fan va san’at sohalarini rivojlantirish hamda Finlyandiyaning madaniy an’analarini saqlashga qaratilgan xayriyalar uchun soliq imtiyozlari mavjud.

Qonun loyihasi bilan yaqin yillarda sport va jismoniy tarbiya sohasiga davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘larning sezilarli darajada qisqarishiga olib kelishi hamda mamlakatning kichik va o‘rta biznes vakillarining mazkur yo‘nalishda ko‘proq xayriya qilishiga erishish kutilmoqda.