


Mazkur qonun loyihasi parlament tomonidan qabul qilinsa, veyplarni ishlab chiqarish, import qilish va sotish taqiqlanadi. Biroq, ularni faqatgina dorixonalardan terapevtik mahsulot sifatida sotib olishga ruxsat beriladi. Chunki veyplar ashaddiy chekuvchilarning nikotinga qaramligini davolash va chekishni tashlashiga yordam berishida ishlatilishi mumkin.
Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra yoshlarning zararli odatlarga bo‘lgan qaramligini oldini olish uchun veyplarni terapevtik mahsulot sifatida tartibga solinishi ko‘proq samarali bo‘ladi.
Avstraliya hukumati tomonida parlamentga kiritilgan va “jamiyat salomatligiga tahdid” deb baholangan maxsulot yangi qonun kuchga kirganidan so‘ng, elektron sigaretlarga eng qattiq cheklovlar o‘rnatilgan davlat bo‘ladi.