Ortga qaytish Chop etish

Turmush o‘rtog‘ining roziligisiz bankdan kredit berilmasligi belgilanmoqda

 Qozog‘istonda joriy yilning 20-mart kuni bo‘lib o‘tgan muhokamalarda kreditlashda tavakkalchiliklarni minimallashtirish, qarz oluvchilarning huquqlarini himoya qilish, moliya bozorini tartibga solish va ijro ishini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan Qonun ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
   Qonunda bank ombudsmaniga faqat bank kreditlari bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan. Shu bilan birga, mikrokreditlar bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish vakolatini beruvchi mikromoliyaviy ombudsman instituti joriy etilmoqda.
Banklar va bank operasiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan turmush o‘rtog‘i (er yoki xotin)ning roziligisiz jismoniy shaxsga bank kreditlari berish taqiqlanmoqda