Sun’iy intellekt dinamikasida “dipfeyk” (DeepFake) ning rivojlanishi yuqori darajada kuchaymoqda. Bu esa noto‘g‘ri ma’lumotlarning keng tarqatilishi tufayli aholi fikrini manipulyatsiya qilish imkonini yaratishi mumkin.
Ma’lumot uchun. “Dipfeyk”- sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videomahsulot. Bunda odatda internetdagi ma’lumotlar, tasvirlardan foydalangan holda, sun’iy intellekt yordamida real shaxs nomidan murojaat qilish, reklama maqsadida yoki boshqacha tarzda foydalaniladi.
Ta’kidlanishicha, 2024-yil tarixiy saylovlar yili bo‘lib dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil qiluvchi 50 dan ortiq mamlakatda saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu saylovlarda “dipfeyk” tufayli saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish xavfi mavjud. Bundan tashqari, “dipfeyk” orqali turli siyosatchilarni obro‘sizlantirish, turli partiyalar saylovchilari o‘rtasida nizolar keltirib chiqarish, jamiyatda bo‘linishlar yuz berishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar tarqatish ehtimoli yuqoriligi tegishli choralarni o‘z vaqtida ko‘rishni dolzarb qilib qo‘ymoqda.
Ittifoqning “Sun’iy intellektning demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga ta’siri” deb nomlangan bo‘lajak rezolyusiyasiya qabul qilinishi uchun mart oyida bo‘lib o‘tadigan 148-assambleyada muhokama qilinadi.