Ortga qaytish Chop etish

"Germaniya uchun muqobillik" (AfD) parlament fraksiyasi ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqishga chaqirmoqda

AfD parlament guruhi deputatlari Federal hukumatni sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent uchun maxsus belgi joriy etishga va sun’iy intellekt yordamida matn yaratuvchi ilovalar tomonidan foydalanilgan ma’lumotlarning manbalarini ko‘rsatishlari tartibini o‘rnatishga chaqirmoqda. 

Deputatlarning fikriga ko‘ra, yolg‘on, plagiat yoki mualliflik huquqi kafolatlari bo‘yicha sun’iy intellekt bilan ishlashda aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish va sun’iy intellektga asoslangan vositalarning imkoniyatlari va xavfini o‘rganish, bu bo‘yicha milliy tadqiqot dasturini boshlash lozim.

Ta’kidlanishicha, boshqa masalalar qatorida, bu sun’iy intellektga asoslangan dasturlarning o‘quv jarayoni va dizayniga qanday ta’sir qilishi yoki ta’limda chatbotlardan qanday foydalanish mumkinligini o‘rganadi.

Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda sun’iy intellektdan foydalanishni cheklash va mazkur texnologiyadan foydalanish masalalari “o‘quv dasturlariga kiritilishi hamda yoshga mos ravishda bo‘lishi” kerak.